1. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining maqsad va vazifalari


Download 23.43 Kb.
Sana21.02.2023
Hajmi23.43 Kb.
#1219163
Bog'liq
Elektron hukumat amaliy mashg\'ulot savollariga javoblar


1.Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining maqsad va vazifalari.
Portaldan foydalanish uchun fuqaro, maxsus identifikatsiya tizimi – www.ID.uz da ro’yxatdan o’tishi zarur bo'ladi.
Foydalanuvchi www.ID.uz ma’lumotlari orqali www.my.gov.uz da ham o’z shaxsiy kabinetiga ega bo’ladi. Shaxsiy kabinetda, zaruriy ma’lumotlarni kiritib, tahrirlab olish kerak. Chunki, davlat idorasiga murojaat etishda, murojaatchining shaxsi aniq va to'g'ri bo’lishi muhim. Ko’pincha saytlardagi boshqa nom yoki taxallus bilan ro’yxatdan o’tish maqsadga muvofiq emas. Shaxsiy kabinetda, murojaatchi, o’z murojaatining ko’rib chiqilishi bosqichi haqida yangilanib turadigan ma’lumotlarga ega bo'ladi. Shuningdek, soliq, aloqa, hamda kommunal xizmat tashkilotlaridagi shaxsiy hisob-varaqalar raqamlarini kiritib, ulardan kelgusida foydalanishga zamin yaratishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali doirasida, shu jumladan, “bir darcha” tamoyilida faoliyat ko‘rsatadi. Yagona portal orqali interaktiv davlat xizmatlarini ko‘rsatish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 728-sonli qarorida keltirilgan O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali to‘g‘risida nizomiga muvofiq ro‘yxatdan o‘tish va avtorizatsiya qilish jarayonlaridan o‘tgan foydalanuvchilar uchun amalga oshiriladi.
Yagona portal maqsad va vazifalari:
Portalning maqsadi – yagona portal davlat organlari tomonidan ko‘rsatiladigan, shu jumladan pulli asosda ko‘rsatiladigan interaktiv davlat xizmatlaridan erkin foydalanishning yagona nuqtasi hisoblanadi.
Yagona portal zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish asosida interaktiv davlat xizmatlari olishda foydalanuvchilarning shart-sharoitlarini rivojlantirish va imkoniyatlarini kengaytirish uchun mo‘ljallangan.
Yagona portal, foydalanuvchilarga davlat organlari tomonidan ko‘rsatiladigan bir tomonlama, ikki tomonlama va tranzaktsion shakldagi interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini beradi. Interaktiv davlat xizmatlari Yig‘ma reestri 2013-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish kompleks dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi. Yig‘ma reestrga kiritilgan interaktiv davlat xizmatlari majburiy tartibda Yagona portal orqali berilishi kerak.
Ахbоrоt ta`minoti vа tuzilmаviy mа’muriyatchilik – Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator “UZINFOCOM” yagona portalni qo`llab-quvvatlaydi.
Me'yoriy hujjatlar bazasi quyodagilar:
– "Elektron hukumat to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni;
– O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 sentyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasi yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 728-sonli qarori;
– O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 17 dekabrdagi "Internet tarmog`ida O`zbekiston Respublikasining Hukumat portalini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi 259-son qarori;
– O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 23 avgustdagi “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro hamkorligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 181-son qarori.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari 20 dan ortiq xizmat turlarini taqdim etadi.
2.Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ro’yxatdan o’tish.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun sizga pasport ma’lumotlari kerak bo‘ladi. Belgilangan joylarni to‘ldirilgach, “Keyingi” tugmasini bosish bilan shaxsiy ma’lumotlaringiz avtomatik ravishda yuklanadi.
Agar siz tizimga Mobil-ID orqali kirmoqchi bo‘lsangiz telefon raqamingizga Mobile-ID xizmati ulangan bo‘lishi zarur.
“Spot” Mobil-ID nimaligi va tizimdan qanday foydalanish mumkinligi haqida qo‘llanma taqdim etgandi.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun joriy yildan boshlab BHMning 2%i (6000 so‘m) miqdorida bir martalik to‘lov undiriladi.
Shaxsiy sahifangizni ochganingizdan keyin tizimda mavjud barcha xizmatlardan bemalol foydalanishingiz mumkin. Xizmatlarning ayrimlari pullik ayrimlari esa bepul amalga oshiriladi.
Qidiruv funksiyasi orqali o‘zingizga kerak bo‘lgan xizmatni qidirib topishingiz mumkin.
3.Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida jismoniy shaxslarga necha turdagi xizmatlar ko’rsatiladi? Ular qaysi sohalarni qamrab oladi?
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida 380 ta xizmat joriy qilingan bo’lib, jismoniy shaxslarga 20 dan ortiq xizmat turlari ko’rsatiladi.
4.Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan tashqari qaysi davlat idoralari rasmiy veb saytlarida qanday xizmatlardan foydalanish mumkin?
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan tashqari Davlat soliq qo’mitasining my.soliq.uz, Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun fo.birdarcha.uz, Elektron litsenziyalash uchun license.gov.uz, va xaridlarni amalga oshirish uchun e-auksion.uz, xarid.uz kabi bir qancha veb saytlardan foydalanish mumkin.
5.Mamlakat va uning hududlari iqtisodiy rivojlanishi bo’yicha statistic ma’lumotlar qaysi manzildan olinishi mumkin?
Stat.uz dan olish mumkin.
Download 23.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling