1. Yallig‘ qaytaruvchi eritish pechida misli shixta qorishmasini eritish texnologiyasi


Download 0.61 Mb.
bet10/11
Sana18.06.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1556477
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Davron Ruziyev 5-20

Yallig‘ qaytaruvchi eritishda yoqilg‘i sarfi va chiquvchi gazlar tarkibini hisoblash:
Yallig‘ qaytaruvchi eritishda yoqilg‘i sifatida kukunsimon ko‘mir, mazut yoki tabiiy gaz ishlatiladi. Yoqilg‘ilarni yoqish uchun boyitilgan kislorod bilan puflash natijasida ro‘y beradi. Issiqlik sarfini kamaytirish maqsadida, pechdan chiqayotgan gazlarning issiqligidan foydalaniladigan rekuperatorlarda pechga berilishi kerak bo‘lgan kislorodga boy havoni 200 – 400° C gacha qizdirib beriladi.
Kislorodga boyitilgan havo tarkibida kislorodning miqdori 24 – 30% ni tashkil etadi. Havoli puflash bilan kislorodga boyitilgan havoli puflashni taqqoslasak unda 1,15 – 1,25% yoqilg‘i sarfini kamayishini ko‘ramiz.
Shixtani eritish davrida yoqilg‘i sarfi uning erish sharoitlariga ham bog‘liq bo‘ladi.
Turli xil tarkibli 1kg shixtani eritish uchun kerakli issiqlik miqdori, agar issiqlikdan foydalanish ko‘rsatgichini 100% deb olsak unda 250 dan 600 gacha kkal issiqlik sarflanadi.
Tabiiy gaz yonishining xisobi: Xomashyo shixtalarini eritishda tabiiy gaz sarfi va tarkibini hamda chiquvchi gazlarning miqdorini hisoblashimiz kerak. Tabiiy gazning kimyoviy tarkibi qo‘yidagicha: H2S – 0,17%, CO2 – 0,7%, CH4 – 88,5%, C2H6 – 6,17%, N2 4,46%. Eritish paytida dissotsiatsiyalanish hisobiga 100 kg shixtadan 10.7 kg erkin oltingugirt ajralib chiqadi. Hisobotni 100 kg shixta bo‘yicha olib boramiz. Gazning yonish issiqligini topamiz. Uni hisoblash uchun qo‘yidagi formuladan foydalaniladi:
= 30,21CO + 25,81N2 + 85,89CH4 + 142,86C2H4 + 170C2H6 +55,34H2S.
Bizning gaz tarkibi bo‘yicha kerakli sonlarni topamiz.
= 55,34•0,17+85,89•88,5 + 170•6,17 = 9,4 + 7601+ 1048,9 = 8659,6 kkal/m3.
Havo miqdorini va chiquvchi gazlarning hajmi hamda tarkibini aniqlash uchun havoning ortiqchalik koeffitsientini  = 1,1 deb qabul qilamiz.
Qo‘yidagi reaksiyalar borish uchun kerak bo‘ladigan havo miqdorini nazariy aniqlaymiz:
CH4 + 2O2 = CO2 +2H2O;
2C2H6 +7O2 = 4CJ2 + 6H2O;
2H2S + 3O2 = 2O2 + 2H2O.
100 m3 tabiiy gaz yonishi uchun kerak bo‘ladigan kislorod miqdori, m3:

CH4 yonishi uchun…………. 100•0,885•2= 177


C2H6 yonishi uchun………….(100•0,0617•7) : 2 = 21,6
H2S yonishi uchun…………….(100•0,0017•3) : 2 = 0,26
Jami kerak bo‘ladigan kislorod miqdori 198,86 m3. Albatta havo tarkibiga azot ham kirishi xammaga ma’lum:
(198,86 : 21) •79 = 748,1,m3.
100 m3 gazni yoqish uchun keak bo‘ladigan havoning nazariy sarfi:

198,86 + 748,1 = 946,96 m3.


Yoqilg‘ini yonishi natijasida hosil bo‘ladigan gazlar nazariy sarfi, m3:

CO2….. 0,7 + 0,885•100 + 0,0617•100•2=101,54


H2O….. 0,885•100,0•2 + 0,0617•100,0•3 + 0,0017•100 = 195,67
SO2….. 0,0017•100,0 = 0,20
N2…... 4,46 + 748,10 =752,56,

Erkin oltingugirtni yoqish uchun qo‘yidagi miqdorda kislorod talab qilinadi:
12,6 kg = (12,6 ∙ 22,4) : 32 = 8,80 m3.
Havo tarkibida azot borligini inobatga oladigan bo‘lsak unda kislorod bilan keladigan azot miqdori.
8,80 ∙ 79 : 21 = 33,2 m3.
Havoning ortiqcha sarflanish koefffitsientini  = 1,1 inobatga oladigan bo‘lsak. Jami kerak bo‘ladigan kislorod miqdori:
1,1 ∙ (198,86 + 8,80) = 228,4 m3,
bo‘nga mos ravishda kislorod bilan keladigan azot miqdori.:
228,4 ∙ 79 : 21 = 859,2 m3.
Jami havo miqdori:
228,4 +859,2 = 1087,6 m3.
Havoning ortiqchalik sarfi inobatga olgan xolda pechdan chiqayotgan gazlar tarkibi qo‘yidagicha. Ammo bu gazlar tarkibida shixta gazlari inobatga olinmagan.

M3 (xajmi.) m3 (xajmi.)
CO2…………… 101,54 8,62 N2…………….. 863,7 73,00
H2O…………….195,67 16,60 O2………………20,74 1,76
SO2 ………………0,20 0,02
Tabiiy gaz sarfi va shixtani yallig‘ eritish jarayonining issiqlik balansi:
Eritish jarayoning issiqlik balansini tuzish uchun qo‘yidagilarni qabul qilamiz. Chiqayotgan gazlar xarorati 1300, shteyn harorati 1150, chiqindi shlaklarining harorati 1280 ga teng deb olamiz. Hisoblashni 100kg boyitma bo‘yicha olib boramiz. Tuzilgan material balansga mos ravishda (7- jadval), 100kg boyitmaga 13.0 kg oxak beriladi. Buni inobatga olsak shixtaning umumiy massasi 113 kg ni tashkil qiladi. Bu shixtaning massasi quruq ulchangan. Shixta tarkibida 5 % nam bo‘lsa unda shixtaning umumiy massasi:
113,0 : 0,95 = 118,9 kg.
Shuncha miqdordagi shixtani eritish uchun sarflanadigan gaz hajmi X m3.
 = 1,1 ni inobatga olgan xolda 1m3 gazni yoqish uchun kerak bo‘ladigan havo miqdorini topamiz:
X1087,6 : 100 = 10,88X m3.
Gaz tarkibiga shixtadagi suv bug‘i, oxakning parchalanishidan ajralgan uglerod 4 oksidi hamda oltingugirtning oksidlanishi tufayli ajraladigan gaz o‘tadi. Bu gazlarning miqdorlari qo‘yidagicha:
kg m3
SO2 ………………..13,4+13,4=26,8 26,8:64∙22,4=9,36
CO2 ……………………5,2 5,2∙22,4 : 44= 2,6
H2O……………………. 5,9 5,9∙22,4: 18= 7,4

Chiqayotgan gazlar tarkibi, m3:


CO2 …………..X∙1,015+ 2,6 N2 ………..X∙8,637
H2O…………. X∙1,960+ 7,4 O2 ………X∙0,207
SO2 …………. X∙0,002+ 9,36

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling