1. Yallig‘ qaytaruvchi eritish pechida misli shixta qorishmasini eritish texnologiyasi
Download 0.61 Mb.
|
Davron Ruziyev 5-20
Temir va boshqa birikmalar haqida: Yuqorida ko‘rib chiqilgan temir-mis sulfidlaridan tashqari, mis boyitmasida pirrotin Fe7S8 ham uchrab turadi.
Neytral yoki qaytarilish atmosferasida birikma qizdirilsa, 6000C dan yuqori haroratda pirit quyidagi kimyoviy reaksiya orqali ajraladi: FeS2 = FeS + ½ S2 10000C haroratga yetganda pirit to‘liq ajraladi. O‘sha havo atmosferasida temir sulfidi (FeS) murakkab birikma bo‘lib, deyarli ajralmaydi. Temir sulfidlari oksidlantiruvchi atmosferada qizdirilsa, oksid holatigacha oksidlanadi (Fe2O3 – gematit va Fe3O4 – magnetit). Gematit 15600C da eriydi, lekin havo atmosferasida 1350–13800C oralig‘ida yengil ajraladi, ya’ni: 3Fe2O3 = 2Fe3O4 +½ O2 Magnetit murakkab kimyoviy birikma bo‘lib, neytral va oksidlantiruvchi atmosferalarda 15900C da suyuq holatga ajralmasdan, o‘z kimyoviy ko‘rinishini o‘zgartirmasdan o‘tadi. Temir oksidi FeO (vyustit) o‘ta murakkab birikma, neytral atmosferada qizdirilsa, umuman o‘zgarmaydi. Oksidlantiruvchi atmosferada yuqori oksid holatlarga, masalan, magnetit holiga oson o‘tadi. Mis boyitmasida mavjud bo‘lgan rux, qo‘rg‘oshin va boshqa metall birikmalarining o‘zgarishini qisqacha ko‘rib chiqamiz. Rux sulfidi ZnS qisman oksidlanadi, qisman parchalanadi, qisman esa reaksiyaga kirib, erkin metallik holiga o‘tadi: ZnS + 2ZnO = 3Zn + SO2 Yallig‘ eritish pechida rux jarayon mahsulotlarida quyidagicha taqsimlanadi: shteynga 45,5%; gaz va changga 5,55%, toshqolga 50 %. Mis boyitmasida ko‘pincha qo‘rg‘oshin sulfidi Pb uchraydi. Yallig‘ pechda eritish davrida qo‘rg‘oshin quyidagicha taqsimlanadi: shteynga 30%, toshqolga 59,6 %, chang va gazlarga 10,4 %. Mis boyitmasida ko‘pincha margimush, surma, vismut va kamyob metallar bo‘ladi. Ularning kimyoviy aylanishlarini batafsil o‘rganish uchun, birinchi navbatda, jarayon mahsulotlari ichra taqsimlanishlari ko‘rib chiqiladi, %:
Kamyob metallarning taqsimlanishi, %:
Bekorchi va ikkilamchi jins minerallari bo‘lmish kremnezem SiO2, glinozem Al2O3, kalsiy oksidi CaO va boshqalar, deyarli o‘zgarmagan holda, toshqol tarkibiga to‘liq o‘tadi. Qurama tizmasida mis-molibden koni alohida joylashgan, biroq uning yonginasida rux-qo‘rg‘oshinli kon ham bor. Misli ashyolar tarkibida ruxning paydo bo‘lishi bejiz emas. Rux sulfidi yuqori erish haroratiga ega bo‘libgina qolmay, uning zichligi ham ancha kamdir. Rux ko‘proq shteyn tarkibiga o‘tadi. Shixta tarkibida ruxning ko‘payishi shteyn zichligining kamayishiga olib keladi. Toshqol chegarasidagi fazalar oralig‘idagi taranglik kamayishi ro‘y beradi. Bu o‘z navbatida toshqol tarkibida misning ko‘proq yo‘qolishiga bog‘liq. Umuman olganda, ruxning shteyn va toshqolga taqsimlanishi misning shteyn, FeO ning toshqol tarkibida ko‘payishiga olib keladi. Rux oksid holida jarayonga unchalik salbiy ta’sir ko‘rsatmasa-da, biroq sulfid holidagi ruxning shixta tarkibida ko‘p bo‘lishi toshqolda erigan oltingugurtli birikmalarning ko‘payib ketishi hisobiga rangli metallarning mexanik yo‘qolishi ortib boradi, bu esa misning toshqol bilan ko‘proq tashlanma joyga chiqib ketishiga olib keladi. O‘rtacha 5% gacha rux oqova gaz orqali chang hisobiga uchib ketadi. Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinatidagi xomashyo tarkibida qimmatbaho metallar: oltin, kumush, kadmiy, indiy, germaniy, talliy, selen, tellur, osmiy, reniy va boshqa rangli va nodir metallar mavjudki, ular eritish mobaynida shteyn, toshqol, gaz va chang tarkibiga o‘tib, quyidagicha taqsimlanadi: oltin va kumush zichligi boshqa metallarga qaraganda ancha og‘ir bo‘lganligi uchun ham asosan shteyn tarkibiga o‘tadi. Reniy, asosan, chang tarkibida bo‘lib, oqova gaz bilan uchib chiqadi. Nodir metallardan selen bilan tellurning 65–70% shteynga o‘tsa, 20% atrofida metallar oqova gaz tarkibida uchib ketadi, qolgan gaz miqdori toshqolga o‘tadi, qolgan metallar: indiy, germaniy, talliy o‘rtacha teng yarmi toshqolda bo‘lsa, qolganlari toshqol va gaz tarkibida bo‘ladi. Bu nodir metallar o‘zi kam bo‘lganligi uchun ham ularni qayta ishlash yoki ajratib olish unchalik yuqori iqtisodiy samara bermaydi. Biroq reniy va osmiylarni nihoyatda kam miqdorda bo‘lsa ham ajratib olish eng dolzarb muammolardan biridir. Bu kamyob metallar mustaqil respublikamiz xalq xo‘jaligiga eng kerakli metallardandir. Unchalik murakkab bo‘lmagan gidrometallurgiya usuli bilan har ikkala metalni ham Olmaliq mis eritish zavodida qo‘shimcha sex ochib, ajratib olish mumkin. Tanlab eritish va oddiy ekstraksiya usuli bilan sulfat kislotasi sexidagi texnologik eritmani qayta ishlash unchalik ko‘p kapital mablag‘ talab qilmaydi. Mis eritish mobaynida unga yo‘ldosh bo‘lgan barcha unsurlarni qayta ishlash yo‘li bilan ajratib olish, ularni kompleks qayta ishlash davr talabi ekanligini bugungi bozor iqtisodiyoti ko‘rsatib turibdi. Konlar tarkibida asosiy metallarning kamayib borishi, elektr va atom texnikasining misli ko‘rilmagan darajada rivojlanishi nodir metallarga bo‘lgan ehtiyojning ortib borayotganligidan dalolat bermoqda. Bu borada Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinatida ham umidli kompleks tadbirlar rejalashtirilmoqda. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling