Laboratoriya mashg’ulotlari mavzulari-1 Oksid va asoslarga xos tajribalar
Download 24.38 Kb.
|
Laboratoriya mashg 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2 – tajriba. Asosli oksid va gidroksidning hosil bo‘lishi Reaktivlar
- 3 – tajriba. Mis (II)-oksidining olinishi Reaktivlar
- Topshiriq
- 5 – tajriba. Kislotali oksidlarni olinishi Asbob va reaktivlar
- 6 – tajriba. Amfoter oksidlarning xossalari Reaktivlar
- Topshiriqlar: 1. Tegishli reaksiya tenglamalarini yozib, xulosalar chiqaring. 2. Amfoter oksidlarni xossalarini bayon qiling. 7-tajriba
- Ish bajarilish tartibi.
- 8 – tajriba. Alyuminiy gidroksidni olinishi va xossalari Reaktivlar
Laboratoriya mashg’ulotlari mavzulari-1 Oksid va asoslarga xos tajribalar 1 – tajriba. Oksidlarni suvda eruvchanligi Reaktivlar: mis(II)-oksidi, kalsiy oksidi, fenolftalienning 1% li spirtdagi eritmasi. Ish bajarilish tartibi. Ikkita probirka olib, ularning har biriga 2-3 ml distirlangan suv quying va 1 tomchidan fenolftalienning spirtdagi eritmasidan tomizing. So‘ngra birinchi probirkaga mis (II)-oksidi kukuni, ikkinchisiga kalsiy oksidi (so‘ndirilmagan oxak)ning bir kichik bo‘lagini tashlang. Probirkalarda sodir bo‘lgan xodisalarni kuzating. Topshiriqlar: 1. Qaysi probirkadagi oksid suvda eriydi? 2. Tegishli reaksiya tenglamasini yozing va xulosa chiqaring. 2 – tajriba. Asosli oksid va gidroksidning hosil bo‘lishi Reaktivlar: Mg metalli lentasi, fenolftalien eritmasi, distirlangan suv. Ish bajarilish tartibi. Magniy metalli lentasini temir qisqich bilan olib, gaz gorelkasida (yoki spirt lampachasida) chinni kosacha ustiga qo‘yib yondiring. Magniy yonib bo‘lgandan keyin kosachada qolgan oq rangli MgO ning kukunini 1-2 ml suvda eritib, hosil bo‘lgan eritmani toza probirkaga quying. So‘ngra eritmaga 1 tomchi fenolftalien eritmasidan tomizing. Eritma rangini o‘zgarishini kuzating. Topshiriqlar: 1. Magniy oksidi va magniy gidroksidining hosil bo‘lish reaksiya tenglamasini yozing va tegishli xulosalar chiqaring. 2. Magniy oksidi misolida asosli oksidlarning kimyoviy xossalarini bayon qiling. 3 – tajriba. Mis (II)-oksidining olinishi Reaktivlar: mis (II)-sulfat, natriy gidroksid eritmalar. Ish bajarilish tartibi. Toza probirkaga mis (II)-sulfat eritmasidan 2-3 ml quying, uning ustiga shuncha natriy gidroksid eritmasini qo‘shing. Natijada Cu(OH)2 ning havo rang cho‘kmasi hosil bo‘ladi. Cho‘kmani ajratib olib, uni chinni kosachada oxistalik bilan qizdirilsa qora rangli mis (II)-oksid hosil bo‘ladi. Topshiriq: Mis (II)-gidroksidning hosil bo‘lishi va uning parchalanish reaksiya tenglamasini yozib xulosa chiqaring. 4 - tajriba. Asosli oksidlarning kislotalar bilan ta’siri Reaktivlar: magniy oksidi, mis(II)-oksidi, 10% li H2SO4 . Ish bajarilish tartibi. Ikkita probirka olib, ularga 2 va 3-tajribalardan hosil qilingan MgO va CuO dan oz miqdorda aloxida soling va ularning har birini ustiga 2-3 ml 10% li H2SO4 eritmasidan qo‘shing. Probirkalarda sodir bo‘ladigan xodisalarni kuzating. Topshiriqlar: 1. CuO va MgO larni sulfat kislota bilan reaksiya tenglamasini yozing va xulosa chiqaring. 2. Qora rangli CuO ning kislotada erib, havo rang eritma hosilbo‘lishini izoxlang. 5 – tajriba. Kislotali oksidlarni olinishi Asbob va reaktivlar: kipp apparati, oxaktosh, kalsiy karbonat, natriy karbonat, Na2SO3 kristallari, HCl (yoki H2SO4) eritmalari. Ish bajarilish tartibi. a) Karbonat angidrid marmar, oxaktosh yoki kalsiy karbonatga xlorid kislota ta’sir ettirib olinadi. Bu jarayon Kipp apparatida olib boriladi. Kipp apparatidan ajralib chiqayotgan SO2 gazini oxakli suv orqali o‘tkazing va yonib turgan gugurtni tuting. Sodir bo‘lgan xodisani kuzating. b) Ikkita probirka olib, ularning biriga Na2CO3 , ikkinchisi Na2SO3 kristallaridan oz miqdorda soling va ularning har birini ustiga HCl (yoki H2SO4) eritmasidan qo‘shing. Ikkala probirkada gaz ajralib chiqishini kuzating. Topshiriqlar: 1. Karbonat va sulfit angidridlarni hosil bo‘lishi, SO2 ni oxakli suv bilan reaksiya tenglamalarini yozing va kuzatilgan xodisalarni izoxlang. 2. SO2 gazining havoga va vodorodga nisbatan zichligini aniqlang. 6 – tajriba. Amfoter oksidlarning xossalari Reaktivlar: ZnO (yoki Al2O3) kukunlari, kons. HCl va NaOH eritmalari. Ish bajarilish tartibi. Ikkita probirka olib, ularning har biriga oz miqdorda ZnO (yoki Al2O3) soling. So‘ngra birinchi probirkaga konsentrlangan HCl , ikkinchisiga esa konsentrlangan ishqor (NaOH yoki KOH) eritmasidan qo‘shing. Oksidlarning kislota va ishqorlarda ershini kuzating. Topshiriqlar: 1. Tegishli reaksiya tenglamalarini yozib, xulosalar chiqaring. 2. Amfoter oksidlarni xossalarini bayon qiling. 7-tajriba. Asoslarning olinishi Reaktivlar: AgNO3 , CuSO4 , NiSO4 , ZnCl2 , AlCl3 , FeSO4 , FeCl3 , NH4Cl o‘yuvchi kaliy yoki o‘yuvchi natriy eritmalari. Ish bajarilish tartibi. Sakkizta probirka tayyorlang va ularga 2-3 ml dan quyidagi tuzlarning eritmalarini quying : 1 - AgNO3; 2 - CuSO4; 3-NiSO4; 4-ZnCl2; 5 - AlCl3; 6-FeSO4; 7-FeCl3 va 8 - NH4Cl .So‘ngra, har qaysi probirkaga bir necha tomchi NaOH yoki KOH eritmasidan qo‘shing. Natijani kuzating. Topshiriqlar: 1. Har bir probirkalarda sodir bo‘ladigan xodisani kuzating va ish daftariga yozib xulosa chiqaring. 2. Tegishli reaksiya tenglamalarini yozing. 8 – tajriba. Alyuminiy gidroksidni olinishi va xossalari Reaktivlar: alyuminiy xlorid (yoki Al2(SO4)3), NaOH , HCl (yoki H2SO4) eritmalari. Ish bajarilish tartibi. Probirkaga alyuminiy xlorid eritmasidan 5-6 ml soling va uning ustiga to cho‘kma hosil bo‘lguncha ishqor (NaOH) eritmasidan tomizing. Hosil bo‘lgan cho‘kmani suyuqligi bilan chayqatib ikkita probirkaga teng bo‘ling. Birinchi probirkaga kislota (HCl yoki H2SO4) ikkinchisiga esa ishqor eritmasidan qo‘shing. Ikkiala probirkalardagi cho‘kmaning erishini kuzating. Topshiriqlar : 1. Cho‘kmaning kislota va ishqorda erish sababini tushintiring. Sodir bo‘lgan reaksiyalar tenglamalarini yozing. 2. Amfoter gidroksidlarning xossalarini keltiring. Download 24.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling