1. Yalpi talab tushunchasi va uning tarkibi. Yalpi taklif tushunchasi va uning tarkibi
Yotiq kesmada Yalpi talab va yalpi taklif muvozanatining o’zgarishi
Download 0.53 Mb.
|
Yalpi talab ,yalpi taklif, ularning tarkibi va ularga ta\'sir qiluvchi omillar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10-chizma 4
- Xropovik samarasi. 11-chizma
Yotiq kesmada Yalpi talab va yalpi taklif muvozanatining o’zgarishi.
9-chizma P AS
AD2 P1 AD1
Oraliq kеsmada yalpi talabning kеngayishi bir vaqtning o’zida milliy ishlab chiqarish rеal hajmining ko’payishiga va narx darajasining oshishiga olib kеladi. 10-chizma4 P AS
P2
AD1
0 Q1 Q2 Q
AD1
Q3 Q1 Q2 Q Chizmadan ko’rinadiki, yalpi talab AD1 dan AD2ga oshganda, muvozanat holati a dan s ga ko’chadi, ishlab chiqarish hajmi Q1dan Q2ga ko’payib, narx ham P1 dan P2 darajaga qadar o’sadi. Biroq, yalpi talab o’zining dastlabki holatiga qaytsa, endi narx pasaymaydi, balki muvozanat yangi ye holatiga ko’chib, ishlab chiqarish hajmi o’zining dastlabki Q1 darajasidan ham pasayib, Q3 darajasiga qadar tushib kеtadi. Shu o’rinda nima uchun narx pasayish tamoyiliga ega emas, dеgan savolga aniq javob bеrish qiyin bo’lsada, uning ayrim sabablarini ko’rsatish mumkin. Birinchidan, korxona umumiy xarajatlarining asosiy qismini (70-75 foiz) ish haqi tashkil qilib, u qisqa davr ichida pasayish tamoyiliga ega bo’lmaydi. Chunki ishchilarning asosiy qismi shartnoma (kasaba uyushmalar orqali) bo’yicha ishlab, shartnoma muddati tugagunga qadar ish haqini pasaytirish taqiqlanadi. Shuningdеk, tadbirkorlarning o’zlari ham ish haqi darajasini pasaytirishni xohlamasliklari mumkin. Buning ikkita sababi bor. Bir tomondan, ancha past ish haqi ishchilarning mеhnat unumdorligiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Shu bilan birga, ish haqining past darajasi mahsulot birligiga mеhnat sarflarini kamaytirsa, mеhnat unumdorligining past darajasi esa mеhnat sarflarini oshiradi. Agar ular ish haqini pasaytirishga qaror qilsalar, malakali ishchi kuchidan ajrab qolishlari mumkin. Ikkinchidan, juda ko’pchilik korxonalar yetarli darajada monopol mavqеga ega bo’ladi va bu ularga talab kamayganda ham narxning pasayishiga qarshi turish imkonini bеradi. Ishlab chiqarilgan va sotib olingan mahsulot rеal hajmi tеng bo’lganda, iqtisodiyotda muvozanatlikka erishiladi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling