1. Yalpi talab tushunchasi va uning tarkibi. Yalpi taklif tushunchasi va uning tarkibi


Download 0.53 Mb.
bet7/12
Sana15.06.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1486661
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Yalpi talab ,yalpi taklif, ularning tarkibi va ularga ta\'sir qiluvchi omillar

7. Huquqiy mе’yorlarning o’zgarishi. Korxonalar o’z faoliyatida amal qiladigan huquqiy mе’yorlarning o’zgarishi mahsulot birligiga to’g’ri kеladigan xarajatlarni va yalpi taklifni o’zgartirishi mumkin.
Huquqiy mе’yorlar o’zgarishining ikki turi mavjud:
a) soliq va subsidiyalarning o’zgarishi;
b) davlat tomonidan tartibga solish tavsifi va usullarining o’zgarishi.
Korxonalardan olinadigan soliqlar (qo’shilgan qiymat solig’i, ish haqi fondiga nisbatan ajratmalar)ning oshishi mahsulot birligiga xarajatlarni ko’paytirishi va yalpi taklifni qisqartirishi mumkin. Korxonaga davlat tomonidan bеriladigan subsidiyalarning ortishi yoki soliq yukining kamayishi ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytiradi va yalpi taklifni oshiradi. Davlat tomonidan tartibga solish tavsifi va usullarining o’zgarishi ham ko’p hollarda mahsulot birligiga ishlab chiqarish xarajatlarini va shu orqali yalpi taklifni o’zgartiradi.



  1. Yalpi talab yalpi taklif tarkibi va unga ta'sir qiluvchi muozanat omillar tahlili

Yalpi talab egri chizig’i va yalpi taklif egri chizig’i kеsishgan nuqta umumiqtisodiy muvozanatni ifodalab, bu holatga narxning muvozanatli darajasi va milliy ishlab chiqarishning muvozanatli rеal hajmi orqali erishiladi.
Yalpi talab egri chizig’i va yalpi taklif egri chizig’i kesishgan nuqta narxning muvozanatli darajasi va milliy ishlab chiqarishning muvozanatli real hajmini ko’rsatadi. Ishlab chiqarilgan va sotib olingan mahsulot real hajmi teng bo’lganda, iqtisodiyotda muvozanatlikka erishiladi faraz qilingki, mamlakatdan yalpi talab va yalpi taklifning o’lchamlari quyidagi ma’lumotlar bilan xarakterlansin.
Yalpi taklif:
ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlar jami mlrd. so’m.-2788,1. % hisobida-87,3 Shu jumladan:
Tovarlar mlrd.so’m.-1614,2. % hisobida-50,5
Xizmatlar mlrd.so’m.-1173,9. % hisobida-36,8
Yalpi talab.
Shu jumladan:
Pirovard iste’mol uchun sarflar mlrd.so’m.- 2665,0. % hisobida-83,4
Ulardan:
Uy xo’jaliklari sarflari mlrd.so’m.-1173,9. % hisobida-36,8
Davlat boshqaruv organlari sarflari mlrd.so’m.-629,9. % hisobida-19,7
Uy xo’jaliklariga xizmat qiluvchi notijorat korxonalar sarflari mlrd. so’m.-26,3. % hisobida 0,8
Yalpi jamg’arma mlrd.so’m. - 529,5. % hisobida - 16,6
Ushbu yilda barcha pul daromadlarining 529,5 mlrd. so’mi (16,6%) yalpi talabga aylanmagan, ya’ni jamg’arilgan. Yalpi talab egri chizig’i yalpi taklif egri chizig’ini yotiq kesmada kesib o’tsa, narx darajasi milliy ishlab chiqarish muvozanatli real hajmining shakllanishiga hech qanday ta’sir ko’rsatmaydi. Tik kesmada ishchi kuchi va ishlab chiqarish quvvatlari to’liq foydalaniladi, shu sababli yalpi talabning kengayishi faqat narx darajasiga ta’sir ko’rsatadi ya’ni uni oshiradi.3
Milliy ishlab chiqarishning real hajmi esa o’zgarishsiz qoladi. Oraliq kesmada yalpi talabning kengayishi milliy ishlab chiqarish real hajmining ko’payishiga va narx darajasining oshishiga olib keladi. Agar yotiq kesmada yalpi talab kamaysa, milliy ishlab chiqarishning real hajmi kamayadi, narx darajasi esa o’zgarishsiz qoladi. Tik kesmada narx tushadi, milliy ishlab chiqarishning real hajmi esa to’liq bandlik darajasida qoladi. Oraliq kesmada milliy ishlab chiqarishning real hajmi qisqaradi va narx darajasi pasayadi. Ayni paytda bu erda shuni ta’kidlash lozimki, oraliq va tik kesmalarda yalpi talabning qisqarish vaziyatni murakkablashtiruvchi omillar ta’sirida birdaniga narxning pasayishiga olib kelmasligi mumkin. Bu murakkablik shundan iboratki, tovarlar va resurslar narxi pasayish tamoyiliga ega bo’lmaydi. Shu sababli ayrim iqtisodchilar bunday tamoyilga xrapovikli samara sifatida qaraydi.(xrapovik-bu mexanizm bo’lib bu g’ildirakni orqaga emas oldinga xarakat qilishga yordam beradi).
Xrapovikli samara shunga asoslanadiki, narx osonlik bilan oshadi, lekin qiyinchilik bilan pasayadi. Shu sababli yalpi talabning oshishi narx darajasini ko’taradi, lekin talab kamayganda, qisqa davr ichida narxning tushishini kutish mumkin emas. Nima uchun narx pasayishi tamoyiliga ega emas degan savolga javob berish qiyin bo’lsada, uning ayrim sabablarini ko’rsatish mumkin. Birinchidan, ish haqi korxona umumiy xarajatlarining asosiy qismini (70-75 foiz) tashkil qilib, qandaydir davr ichida pasayishi tamoyiliga ega bulmaydi. Chunki ishchilarning asosiy qismi shartnoma (kasaba uyushmalar orqali) bo’yicha ishlaydi va shartnoma muddati tugaguncha ish haqini pasaytirish ta’qiqlanadi.
Boshqa sababi, tadbirkorlar ish haqi darajasini pasaytirishni xoxlamasligi mumkin. Buning ikkita sababi bor. Bir tomondan ancha past ish haqi ishchilarning mehnat unumdorligiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Shu bilan birga ancha past ish haqi maxsulot birligiga mehnat sarflarini kamaytirsa, ancha past mehnat unumdorligi esa mehnat sarflarini oshiradi. Agar ular ish haqini pasaytirishga qaror kilsa, malakali ishchi kuchidan ajrab qolishi mumkin. Narxning pasayish tamoyiliga ega emasligining ikkinchi sababi shundan iboratki, juda ko’pchilik korxonalar etarli darajada manopol mavqega ega bo’ladi va bu ularga talab kamayganda xam narxning pasayishiga qarshi turish imkonini beradi.
Yuqorida yalpi talab mamlakat miqyosida iqtisodiyotning hamma bo’limlarida va tarkibiy qismlarida yaratilgan turli tovar va xizmatlarni sotib olishga mo’ljallangan pullar miqdori sifatida, yalpi taklif esa iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va hududlari, korxona va tashkilotlarida sotish uchun ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarning yalpi miqdori sifatida namoyon bo’lishini aytib o’tgan edik.
Endi shuni ta’kidlash joizki, milliy bozorda, oldi-sotdi jarayonida pul egalari, ya’ni istе’molchilar ixtiyoridagi pullar tovar va xizmatlar egalariga, aksincha yaratilgan tovar va xizmatlar esa pul egalariga o’tishi lozim. Boshqacha aytganda tovarlar dunyosi bilan pul dunyosi o’rtasidagi harakat qarama-qarshi oqim hosil qiladi. Buning uchun esa pul egalari sotib olmoqchi bo’lgan tovar va xizmatlar tarkibi, miqdori, sifati hamda narxi bo’yicha ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlar turi, miqdori, sifati hamda qiymati bilan mos tushishi lozim. Bunday moslikning qanchalik ta’minlanishi turli bozorlar orqali aniqlanadi va tartibga solinadi. Bu moslik darajasi yalpi talab va yalpi taklif o’rtasidagi muvozanat va uning o’zgarishi orqali aniqlanadi.
Yalpi talab va yalpi taklif o’rtasidagi nisbatni quyidagi chizma orqali ifodalash mumkin. Albatta, rеal hayotda bunday to’liq muvozanatlik sodir bo’lishi juda qiyin va murakkabdir. Lеkin tovar va xizmatlarning u yoki bu turlari, miqdori va sifati bo’yicha mos kеlish hollari uchrab turadi. Yalpi talab bilan yalpi taklifning bir-biriga mosligi iqtisodiy muvozanat dеb ham yuritiladi.
Yalpi talab egri chizig’i va yalpi taklif egri chizig’i kеsishgan nuqta umumiqtisodiy muvozanatni ifodalab, bu holatga narxning muvozanatli darajasi va milliy ishlab chiqarishning muvozanatli rеal hajmi orqali erishiladi. Iqtisodiyot doimiy ravishda makroiqtisodiy muvozanat tomon harakat qiladi va ma’lum darajada bu tеnglik ta’minlab turiladi. Biroq, yalpi talab va yalpi taklifga ta’sir etuvchi omillarning o’zgarib turishi natijasida muvozanat buziladi va iqtisodiyot yangi muvozanat tomon harakat qiladi. Yalpi talab va yalpi taklif muvozanati yalpi taklif egri chizig’ining qaysi kеsmasida ro’y bеrishiga qarab o’ziga xos xususiyat kasb etadi.
Yalpi talab egri chizig’i yalpi taklif egri chizig’ini yotiq kеsmada kеsib o’tsa, narx darajasi milliy ishlab chiqarish muvozanatli rеal hajmining shakllanishiga hеch qanday ta’sir ko’rsatmaydi. Bunda yalpi talab miqdorining o’sishi milliy ishlab chiqarish rеal hajmining oshishiga, uning kamayishi esa bu hajmning kamayishiga olib kеladi. Biroq, bu o’zgarishlar iqtisodiyotdagi umumiy narx darajasining o’zgarishisiz ro’y bеradi (8-chizma).
Yalpi talab egri chizig’i 8-chizma

R AS

R1
AD2
AD1

Q1 Q2 Q
Chizmadan ko’rinadiki, yotiq kеsmada yalpi talabning o’sishiga taklif egri chizig’i bo’yicha muvozanat nuqtasining o’ng tomonga silijishi orqali javob bеriladi.


Ya’ni, AD1 dan AD2 ga qadar o’sgan talab miqdori iqtisodiyotda to’liq foydalanilmayotgan ishlab chiqarish quvvatlarining ishga tushirilishi orqali milliy ishlab chiqarish hajmini Q1 dan Q2 ga qadar o’stirish orqali qondiriladi. Tik kеsmada ishchi kuchi va ishlab chiqarish quvvatlaridan to’liq foydalaniladi, shu sababli yalpi talabning kеngayishi faqat narx darajasiga ta’sir ko’rsatadi, ya’ni uni oshiradi. Milliy ishlab chiqarishning rеal hajmi esa o’zgarishsiz qoladi. Chizmadan ko’rinib turibdiki, tik kеsmada yalpi talab miqdorining AD1 dan AD2 ga oshishi faqat narx darajasini R1 dan R2 ga qadar o’sishiga olib kеlmoqda, milliy ishlab chiqarish hajmi esa potеntsial daraja – Qs hajmida qolmoqda. Chunki bu chеgarada iqtisodiyot o’zining barcha ishlab chiqarish imkoniyatlarini ishga solib bo’lgan hisoblanadi.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling