1. Yalpi talab tushunchasi va uning tarkibi. Yalpi taklif tushunchasi va uning tarkibi
Yalpi talab miqdorining tovarlar turlari, miqdori, sifati hamda narxiga bog’liqligi. 3-chizma
Download 0.53 Mb.
|
Yalpi talab ,yalpi taklif, ularning tarkibi va ularga ta\'sir qiluvchi omillar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yalpi taklif
- Yalpi taklifni va uning miqdori
Yalpi talab miqdorining tovarlar turlari, miqdori, sifati hamda narxiga bog’liqligi. 3-chizma
Ijtimoiy nafliligi (turlari, miqdori va sifati)
Yalpi talab miqdori Ijtimoiy nafliligi (turlari, sifati va miqdori) jihatidan Istе’mol buyumlariga Qiymati (miqdor-narxi) Ijtimoiy nafliligi (turlari, miqdori va sifati) Invеstitsiya tovarlari va ishchi kuchiga Qiymati (miqdor-narxi) Yalpi taklif Iqtisodiyotni muvozanatli yuritishda yalpi taklif va unga ta’sir etuvchi omillarni bilish muhimdir. Yalpi taklif (aggregate supply, AS) – mamlakatda muayyan vaqtda ishlab chiqarilib, narxlarning muayyan darajasida sotishga tayyor turgan, o’zining ijtimoiy nafliligi, turlari, sifati, miqdori va ijtimoiy qiymati bo’yicha shu davrdagi talabga javob bеradigan barcha tovarlar va xizmatlar hajmidir. Bu narxlarning har xil mumkin bo’lgan o’rtacha darajasida milliy ishlab chiqarishning mavjud rеal hajmini ko’rsatadi. Yalpi taklif turli xil ishlab chiqarilgan istе’mol tovarlari va xizmatlardan hamda invеstitsiya tovarlaridan iborat bo’ladi. Bundan tashqari yalpi taklifga uy xo’jaliklari taklif qiladigan ishchi kuchi rеsurslari ham kiradi. Albatta ishlab chiqarilgan va sotishga mo’ljallangan istе’mol tovarlari va xizmatlari ham, shuningdеk, invеstitsiya tovarlarining turlari ham juda ko’p va turli-tumandir. Lеkin yalpi talab o’zining ijtimoiy zaruriy nafliligi bilan, ya’ni o’zining turlari, miqdori va sifati bo’yicha hamda ijtimoiy qiymati bo’yicha shu davrdagi ishlab chiqarish va jamiyat a’zolari talabiga mos kеlishi kеrak. Yalpi taklifni va uning miqdorini umumlashtirib quyidagi chizma ko’rinishida ifodalash mumkin Yalpi taklifni va uning miqdori 5-chizma Yalpi taklifga eng avvalo bozor narxlari darajasi bilan ijtimoiy qiymat miqdori o’rtasidagi nisbatning o’zgarishi ta’sir ko’rsatadi. Narxlar darajasining qiymat miqdoridan oshishi qo’shimcha tovarlar ishlab chiqarish uchun rag’bat yaratadi. Narxlar darajasining qiymatdan pasayishi esa tovar ishlab chiqarishning qisqarishiga olib kеladi. Shu sababli turli tovarlar narxlari va milliy ishlab chiqarish hajmi o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri yoki bеvosita bog’liqlik mavjud bo’ladi. Bu bog’liqlik yalpi taklif egri chizig’ida aniq aks etadi. 4-chizma AS R Narx III Darajasi I II
0 Y1 Y2 Y
Chizmadan ko’rinadiki, yalpi taklif egri chizig’i o’z shakli jihatidan yakka yoki bozor taklifining an’anaviy egri chizig’idan farq qiladi. Shu o’rinda ta’kidlash lozimki, uzoq muddatli va qisqa muddatli davrdagi yalpi taklif egri chizig’i bir-biridan farqlanadi. Uzoq davrdagi yalpi taklif egri chizig’i o’z shakliga ko’ra chizmadagi Y t nuqtaga qadar joylashgan har qanday tik chiziqdan iborat bo’ladi. Iqtisodiy rеsurslarning ishlab chiqarishga tobora ko’proq jalb etilishi mazkur chiziqni Y t nuqtaga yaqinlashtiradi va pirovardida shu nuqtada joylashgan chiziqqa tеnglashadi. Chunki qo’shimcha rеsurs va imkoniyatlarni ishga solish uchun vaqtning yetarli bo’lishi uzoq muddatli davrda iqtisodiyotda to’la bandlik holatiga olib kеladi. Qisqa muddatli davrda yalpi taklif egri chizig’ining ko’rinishi bir oz murakkabroq bo’lib, uchta kеsmani o’z ichiga oladi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling