1. Yaponiya demografiyasi, joylashuvi, ekologiyasi va boshqa sanoat sohalari o’rni


Download 315.31 Kb.
bet5/10
Sana08.01.2022
Hajmi315.31 Kb.
#251190
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Xudoyberdiyev Javohir IH-51

Yaponiya inflatsiya darajasi.

Yaponiyada inflatsiya ko‘rsatkichi

Tinch okean sanoat mintaqasi iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan rayon bo‘lib hisoblanadi. Bu mintaqa Tokio qo‘ltig‘idan Osaka qo‘ltig‘igacha cho‘ziladi. Aslida Tokaydo megalopolisini tashkil qilgan bu hududning relyefi nisbatan tekis. Bu tekislik Tinch okeani bo‘ylab o‘rtacha 15 — 65 km. li tor yo‘nalishda 600 km. dan ortiq masofaga cho‘zilgan.

Yaponiyaning asosiy sanoat rayoni hisoblangan bu hudud mamlakat umumiy maydonining 1/3 qismini tashkil qiladi. Unda mamlakat aholisining 65 foizi joylashgan. Bu rayonda elektr energetikaning 70 foizi, metallurgiya mahsulotlarining 80 foizi, iste‘molga tayyor sanoat mahsulotlarining 85 foiziga yaqin qismi ishlab chiqariladi.

Mamlakatning rivojlanish darajasiga ko‘ra ikkinchi rayoni Xonsyu orolining janubiy va Kyusyu orolining shimoliy qismlaridir. Rayonda o‘zining rivojlanish darajasiga ko’ra faqat Kitakyusya (Shimoliy Kyusyu) sanoat aglomeratsiyasi yuqori darajada rivojlangan metallurgiya va og’ir mashinasozlik sanoatlari bilan ajralib turadi.

Yaponiyaning uchinchi rayoni Kyusyuning janubiy qismi va butun Sikoku hamda Xokkaydo orollaridir. Rayonda sanoat rivojlanish darajasiga ko‘ra Sapporo sanoat aglomeratsiyasi ajralib turadi. Xokkaydo eng awalo, ko‘mir va baliqni qayta ishlash sanoatlari bilan tanilgan bo‘lsa, Sikoku va Kyusyu hududlarida qishloq xo‘jaligining ahamiyati yuqori.




Download 315.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling