1. Yarim o‘tkazgichli priborlar qachondan keng qo‘llaniladi?


Download 263.89 Kb.
bet3/12
Sana19.04.2023
Hajmi263.89 Kb.
#1365125
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Tursunov fanidan toliq

4.Fan rivojining tarixi.
5.Elektr toki o‘tkazuvchi zanjiridagi har xil elementlarga ta’sir etuvchi kuchlar.
Elektr toki — elektr zaryadlarining tartibli harakati. Elektr toki paydo boʻlishi va doimo paydo boʻlib turishi uchun: moddada erkin elektr zaryadlari; ularni tartibli harakatga keltiruvchi elektr maydon; zanjir berk boʻlishi kerak. Zaryadli zarralar tok tashuvchilar deb ataladi. Metallar va yarimoʻtkazgichlarda tok tashuvchilar elektronlardan, elektrolitlarda musbat va manfiy ionlardan, ionlashgan gazlarda musbat va manfiy ionlar hamda elektronlardan iborat. Zaryadli zarralarning elektr maydon taʼsirida jismga nisbatan koʻchishi natijasida vujudga keladigan Elektr toki oʻtkazuvchanlik toki deb, zaryadlangan makroskopik jism (masalan, suyuqlik yoki gaz larning koʻchishidan yuzaga keladigan elektr toki konveksion tok deb ataladi. Siljish toki deb ataladigan tok ham mavjud. Bu tok zaryadlar harakatiga bogʻliq boʻlmay, balki elektr maydon kuchlanganligining vaqt boʻyicha oʻzgarishiga mutanosib (proporsional) boʻladi. Siljish toki magnit maydon hosil qilish xususiyati jihatidangina oʻtkazuvchanlik va konveksion tokka ekvivalentdir. Elektr tokining mavjudligini tok tufayli yuz beradigan quyidagi taʼsir yoki hodisalarga qarab bilish mumkin: issiqlik taʼsiri — tok oʻtayotganda oʻtkazgich (oʻta oʻtkazgich bundan istisno) qiziydi; kimyoviy taʼsiri — Elektr toki oʻtkazgichning kimyoviy tarkibini oʻzgartiradi (masalan, elektroliz hodisasi); magnit taʼsiri (masalan, tokli oʻtkazgich yonida magnit milining ogʻishi, elektromagnitlar); kuch taʼsiri (masalan, magnit maydonida tokli oʻtkazgichning ogʻishi, elektr dvigatellar);
yorugʻlik taʼsiri (masalan, siyraklangan gazlarda razryad, elektr yoyi). Tok kuchi ampermetr, milliampermetr, mikroampermetr va galʼvanometr bilan oʻlchanadi. Zaryadlarning tartibli harakatiga oʻzgarmas tok dеb ataladi. Tokning yo’nalishi sifatida musbat zaryadlarning harakat yo’nalishi qabul qilingan.
6.Apparatlarning dinamik chidamliligi.
Elektr apparatlar — turli qurilmalar, mashinalar, mexanizmlar va boshqalarning elektr va noelektr parametrlarini oʻzgartirish, rostlash, oʻlchash, nazorat qilish hamda ularni ortiqcha kuchlanishlardan himoya qilish uchun moʻljallangan elektr qurilmalar. Vazifasiga koʻra, kommutatsion, ishga tushiruvchirostlovchi, rostlovchi, cheklovchi, oʻlchovchi, nazorat qiluvchi turlarga boʻlinadi. Ishi qanday fizik hodisaga asoslanganligiga qarab, Elektr apparatlarni elektromagnit, issiqlik, induksion va boshqalar turlarga ham boʻlish mumkin. Baʼzan, bir apparatning ishi bir necha fizik hodisalarga asoslangan boʻladi. Avtomatik va noavtomatik Elektr apparatlar ham farqlanadi. Elektr apparatlar jumlasiga boshqarish knopkalari, rubilniklar, ajratkichlar, viklyuchatellar (kommutatsion Elektr apparatlar), kontaktorlar, kontrollyorlar, magnitli ishga tushirgichlar, reostatlar va boshqalar (ishga tushiruvchirostlovchi Elektr apparatlar), rostlagichlar, stabilizatorlar va boshqalar (rostlovchi Elektr apparatlar), elektr reaktorlar, eruvchan saqlagichlar, razryadniklar va boshqalar (cheklovchi Elektr apparatlar), tok transformatorlari, kuchlanish transformatorlari (oʻlchovchi Elektr apparatlar) va boshqalar qurilmalar kiradi. Elektr apparatlar elektr tarmoqlarini himoya qilish tizimlarida, ishlab chiqarish jarayonlarida qoʻllaniladigan ishga tushirishrostlash qurilmalarida, transport vositalarida, avtomatika va telemexanika tizimlarida, aloqa, radio va televideniye tarmoqlari va boshqalar koʻp sohalarda ishlatiladi.

Download 263.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling