27-mavzu. Yuqori kuchlanishli ajratkichlar. Ularning tuzilishi va ishlash tamoyili. Reja


Download 16.18 Kb.
Pdf ko'rish
Sana31.01.2024
Hajmi16.18 Kb.
#1819325
Bog'liq
27-mavzu. Yuqori kuchlanishli ajratkichlar. Ularning tuzilishi v



27-mavzu. Yuqori kuchlanishli ajratkichlar. Ularning tuzilishi va ishlash 
tamoyili. 
Reja: 
Ajratgichlar va ularning vazifasi. 
Ajratgichlar bilan bajariladigan ishlar. 
Ajratgichlarning kontakt tizilari va pichoqlari. 
Kalit so’zlar: Ajratgich, kontakt, pichoq, kamera, kontakt, tok, kuchlanish, 
qutb, qayta ulash. 
Ajratkichlar bu kontaktli kommutatsion apparat bo’lib, u toksiz va kichik tokli 
elektr zanjirlarni ulash yoki uzish uchun xizmat qiladi. Ajratkich xavfsizlikni 
ta’minlash maqsadida uzilgan holatda kontaktlari orasida izolyatsiya oralig’iga ega 
bo’ladi. 
Remont ishlari paytida remont uchun chiqarilgan apparatning tok o’tkazuvchisi 
va kuchlanish ostida qolgan tok o’tkazuvchi kismlar orasidagi ajratgich tomonidan 
ko’rinadigan uzilish hosil qilinadi. 
Ajratkichlar yordamida yuklama toklarini uzish mumkin emas, chunki 
ajratkichlarning kontakt tizimi yoy so’ndiruvchi qurilmaga ega emas, shuning uchun 
yukklama toklarini noto’g’ri uzish hollarida turg’un yoy hosil bo’lib, bu hol 
fazalararo q.t. ga va ishlayotgan shaxsning baxtsiz hodisaga uchrashiga olib kelishi 
mumkin. Ajratkichni ishlatishdan oldin zanjir uzgich yordamida uzilgan bo’lishi 
kerak. 
Biroq elektroqurilmalarning sxemalarini soddalashtirish uchun quyidagi 
operatsiyalarni bajarishda ajratkichlarni ishlatish ruxsat etiladi: 
elektr tarmog’ida yerga tutashish bo’lmasa, transformatorlarning neytrali va 
yoy so’ndiruvchi g’altaklarini uzish va ulash; 
shinalarning zaryad tokini va hamma kuchlanishlardagi asbob-uskunalarni 
(kondensatorlarning batareyalaridan tashqari) uzish va ulash; 
10 kV va undan kichik kuchlanishdagi 15A gacha bo’lgan yuklama tokini ochiq 
joyga o’rnatilgan uch qutbli ajratkich bilan uzish va ulash; 
agar ajratkich past omli parallel zanjir (shina ulagich yoki aylanib o’tuvchi 
Uzgich bilan) bilan ishonchli shuntlangan bo’lsa, u bilan operatsiyalarni bajarishga 
ruxsat etiladi; 
ajratkich va uzgichlar yordamida kuch transformatorlarining kichik 
magnitlovchi tokini hamda havo va kabel liniyalarining zaryadlovchi tokini uzish va 
ulash mumkin. 
Ajratkich uzadigan tok uning konstruksiyasi (pichoqlarining gorizontal
vertikal joylashuvi) ga, qutblari orasidagi oraliqqa, qurilmaning nominal 
kuchlanishiga bog’liq bo’lganligi uchun, bunday operatsiyalarga instruksiya va 
direktiv ko’rsatmalar orqali ruxsat beriladi. 
Agar zanjirda ajratkich va uzgich bo’lsa, u holda magnitlovchi tok va zaryad 
toklarini uzish va ulashda, shu operatsiyalarni tez bajaradigan prujinali yuritmaga 
ega bo’lgan uzgichdan foydalanish lozim. 


57-rasm. Gorizontal-aylanuvchi RND 3-2-110/2000 tipidagi ajratkich: a-
ajratkich ulangan holatda; 1-rama; 2-tayanch izolyator; 3-shinadagi ulovchi uchlik; 
4-elastik bog’lama; 5- lamelli bosh pichoq; 7-yerga tutashtirpuvchi pichoqlar; 8- 
yuritmaga keladigan tortqi; 9-yuritma; b-110 kV li ORU ga o’rnatilgan ajratkichning 
uzilgan holati. 
Ajratkichlar elektroqurilmalarning sxemalarida muhim axamiyatga ega
ularning 
ishonchli ishlashiga qarab butun elektroqurilma ham ishonchli ishlaydi, shu 
sababli ularga kuyidagi talablar qo’yiladi: 
havoda ko’rinadigan uzilish hosil qilishi, bu holning elektr mustahkamligi 
maksimal impuls kuchlanishiga mos kelishi kerak; 
q.t. toklari oqib o’tganida elektrodinamik va termik turg’un bo’lishi; o’z-
o’zidan uzilib (o’chib) qolmasligi eng noqulay ish sharoitlarida (muzlash, qor, 
shamol va shu kabilar) aniq uzish va ulash imkonini berishi lozim. 
Ajratkichlar qutblarining soniga qarab bir va uchqutbli, qurilma turiga qarab 
- ichki va tashqi qurilmalar uchun, konstruksiyasi bo’yicha - kesuvchi, 
aylanma, g’ildirovchi va osma tiplarda bo’ladi. O’rnatilish usuliga qarab pichoqlar 
vertikal va gorizontal joylashgan ajratkichlarga bo’linadi. 
Sinov savollari 
Ajratgichlar nima uchun ko’rinadigan uzilish hosil qilishi lozim. 
Ajratgichlarning kontakt tizimiga qo’yilgan talablarni izohlang. 
Ajratgichlar qutblar soniga ko’ra nechaga bo’linadi?. 
Foydalanilgan adabiyotlar. 
Allaev Q.R., Siddiqov I.X., Hakimov M.H., Ibragimov R.I., Siddiqov O.I., 
Shamsutdinov H.F. «Stansiya va podstansiyalarning elektr qismi».-O’quv 
qo’llanma, T.: Cho’lpon nomidagi NMIU, 2014. 304 b. 
Рожкова Л.Д. Карнеева Л.К. Чиркова Т.В. «Электрооборудование 
электрических станций и подстанций» 4-издания –М.: Издательский центр 
«Академия», 2007. 
Steven W. Blume, Electric power system basics, 2007. 

Download 16.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling