Mavzu: yo‘llarning ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini aniqlashning zamonaviy usullari reja
Download 1.68 Mb.
|
SHYKEQ 12-MA\'RUZA TAQDIMOTI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘z va iboralar
MAVZU: YO‘LLARNING EKSPLUATATSION KO‘RSATKICHLARINI ANIQLASHNING ZAMONAVIY USULLARIREJA:
Tayanch so‘z va iboralar: yo‘l, xalqaro standartlar, ekspluatatsiya, yo‘l to‘shamasi, mustahkamlik.Avtomobil yo‘llarini uzoq muddat xizmat qilishida qoplamaning transport-ekspluatatsion ko‘rsatkichlari muhim ahamiyatga ega. Ushbu ko‘rsatkichlarning eng muxim axamiyatga ega bo‘lganlari qoplama ravonligi, tishlashish sifati hamda mustaxkamlik ko‘rsatkichlarini hisoblanadi. Yo‘l qoplamasi transplort – ekspluatatsion ko‘rsatkichlarni baholashning asosiy vazifasi avtomobil yo‘llarini qurilish sifatini taʼminlash, ekspluatatsiya jarayonida yo‘l aktivlarini samarali boshqarish hamda yo‘llarda harakat xavfsizligi va harakat qulayligini taʼminlashdan iboratdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4954-sonli «Yo‘l xo‘jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g’risida»gi Farmoni qabul qilindi. Mazkur Farmonda avtomobil yo‘llarini boshqarish bo‘yicha maxsus vakolatlarga ega bo‘lgan davlat organi sifatida Davlat qo‘mitasining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari belgilab berildi. Belgilangan yo‘nalishlardan biri bu ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstrukstiya qilish, ta’mirlash va saqlash sohasida innovastion texnologiyalar va zamonaviy standartlarni joriy etishdir. Ushbu ishlarni amalga oshirishda xalqaro standartlarga mos o‘lov qurilmalari va uslubrari muxim axamiyatga ega. Bunga misol tariqasida Terratest 5000 BLU qurilmasini keltirish mumkin. 12.1-rasm. Terratest 5000 BLU qurilmasining umumiy ko‘rinishi 12.2-rasm. Yuklanuvchi disk va yuklantiruvchi qurilmaning umumiy ko‘rinishi 12.3-rasm Sinov kompyuterining umumiy ko‘rinishi Terratest 5000 BLU qurilmasi yordamida avtomobil yo‘llari qurilishida asos va yo‘l poyi gruntining mustahkamligini aniqlash quyidagi ketma-ketlikda bajariladi: Yuklanuvchi plita sinov nuqtasidagi grunt ustiga qo‘yiladi (12.3-rasm). Grunt tekislanib plita gorizontal holatga keltiriladi. 12.3-rasm. Yuklanuvchi plita sinov nuqtasidagi grunt ustiga qo‘yish jarayoni Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling