Mavzu: yo‘llarning ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini aniqlashning zamonaviy usullari reja


Download 1.68 Mb.
bet2/3
Sana02.05.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1422609
1   2   3
Bog'liq
SHYKEQ 12-MA\'RUZA TAQDIMOTI

2. Plita gruntga o‘rnatilgandan so‘ng, avval datchik korpusining pastki qismidagi yashil tugma orali Bluetooth yoqiladi. LED-chiroq yonadi. LED-chiroqning yonishi plita datchigini sinov kompyuteriga ma’lumot jo‘natishga tayyorligini bildiradi.

3. Sinov kompyuterini yoqish uchun “Start” tugmasini bosib turish talab etiladi. “Start” tugmasini ekranda rasm chiqmaguncha taxminan 3 sekund bosib turish kerak. Kompyuter yongandan so‘ng Bluetooth aloqa o‘rnatilishini kuting. Aloqa o‘rnatilgach LED -chiroq ko‘k rangda yonadi.

4. Birinchi ovozli “FIRST PRELOAD”(12.4-rasm) signali eshitilganda va ekranda “10 kg 1. Preload” yozuvi chiqganda u quyidagicha bajariladi: yo‘naltiruvchi sterjenning yuqori qismidagi ko‘k dastakni ushlab undagi yashil richagni qo‘lingiz bilan qising. Boshqa qo‘lingiz bilan ta’sir etuvchi yukni sterjenning yuqori qismidagi dastakka tirag va richagni qo‘yib yuborib yukni maxkamlang. So‘ng richagni yana siqing shunda yuk pastga tushib prujinaga erkin urulib qaytadi. Qaytgan yukni tezda ushlab olish va yana sterjenning yuqori qismiga maxkamlash kerak. Ko‘k chiroqning yonishi plita ma’lumotlarni sinov kompyuteriga jo‘natayotganini bildiradi. Qachon LED-chiroq yana yashil yonganda asbob keyingi o‘lchovga tayyorligini bildiradi. To‘liq bitta sinov o‘tkazish uchun 6 ta zarbani yani 3ta dastlabki va 3ta test zarbasini bajarish kerak.

5. Ovozli signal “FIRST TEST” va ekranda “ 10 kg (12.5-rasm) Test” yozuvi chiqgandan so‘ng birinchi test bajariladi. Test ham huddi yuqoridagi ketma-ketlikda bajariladi.

Birinchi sinov bajarilgandan so‘ng asbob s4 yani birinchi zichlanish qiymati va uning egrilik grafigini ko‘rsatadi. 2-Test ham huddi yuqoridagi ketma-ketlikda bajariladi. Ikkinchi sinov bajarilgandan so‘ng asbob 4s va s5 yani 1 va 2- zichlanish iymati va uning egrilik grafigini ko‘rsatadi. 3-Test ham huddi yuqoridagi ketma-ketlikda bajariladi. 3-sinov bajarilgandan so‘ng asbob s 4, s5 va s 6 yani 1, 2 va 3- zichlanish qiymati va uning egrilik grafigini ko‘rsatadi. Ekrandagi o‘shimcha ko‘rsatilayotgan ko‘rsatkich bu elastiklik moduli Evd birligi MN/m2 (12.5-rasm)


Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling