Iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlash Narimov Jandarbek Anarmatovich Iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlash Kirish


Download 18.23 Kb.
bet1/2
Sana25.03.2023
Hajmi18.23 Kb.
#1295069
  1   2
Bog'liq
iqtisodiy o`sish omillari va tiplari kirish


Iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlash
Narimov Jandarbek Anarmatovich


Iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlash
Kirish
Iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlash– barcha xo’jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy manfaat nuqtayi nazaridan muttasil tarzda o’zaro aloqada bo’lishni, shuningdek, katta mablag’ talab etuvchi va doimiy ravishda amalga oshiriluvchi ko’p qirrali jarayon hisoblanadi. Iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlash mexanizmini shakllantirish borasida tizimli yondashuv iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlashning zaruriy sharti hisoblanadi. Mazkur yondashuvga muvofiq iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlash mexanizmining barcha tarkibiy elementlari yaxlitlikda, o’zaro bog’liqlikda o’rganiladi. Ayni paytda tizimning har bir elementi iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlashning ishonchlilik darajasini oshishiga xizmat qiluvchi o’ziga xos jarayonlari bilan ajralib turadi.
Institutsional mexanizm iqtisodiyotda yuz berayotgan o’zgarishlarning o’ziga xos in‘ikosi hisoblangani holda, rasmiy va norasmiy institutlarni harakatga keltiradi, xo’jalik yurituvchi subyektlar va agentlarning xatti-harakatlarini tartibga soladi. Iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlashning institutsional mexanizmini avvaldan shakllangan institutlar harakatga keltiradi va mazkur institutlar jamiyatda belgilangan tartib va qoidalarga amal qilinishi ustidan nazorat o’rnatadi.
Davlat iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlashning institutsional mexanizmida asosiy muvofiqlashtiruvchi vazifasini bajarganligi bois, yuqorida tilga olib o’tilgan ziddiyatlar va qaramaqarshiliklarni bartaraf etishda davlatning o’rniga alohida e‘tibor qaratiladi. O’z manfaatlari yo’lida harakatlanuvchi davlatga qarashli bo’lmagan nodavlat subyektlari institutsional mexanizmning yuqori darajadagi funksiyalari (masalan, mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlash strategiyasini ishlab chiqish)ni uddalay olmaydilar, mazkur institutsional mexanizmning bir qator funksiyalarini tor doiralardagina amalga oshira oladilar xolos.



Download 18.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling