Ii b guruh elementlari
Download 10.59 Kb.
|
Ii b guruh elementlari-fayllar.org
Ii b guruh elementlari II B GURUH ELEMENTLARI R 30 +2 3d^10 4S^2 Zn 65,36 1,5 ux, kadmiy va simob davriy tizimining II B guruhchasi d- elementlarini tashkil etib, 4,5 va 6- davrlarda joylashgan. Guruhcha element atomlarining umumiy electron konfiguratsiyasi (n-1) d^10ns^2 asosiy guruh elementlari kabi birikmalarni hosil qilishda tashqi s elektroni bilan qatnashadi. Ammo II guruh s elementlari (Be, Mg, Ca, Sr, Ba, va Ra) ning tashqi qavatidan oldingi pog’onachada 8 ta electron bo’lsa,II B guruhcha elementlari (Zn, Cd va Hg) da 18 tadan elektron joylashgan. 48 +1,+2 4a^10 Cu
112,4 1,7 Rux va kadmiy metallarning faollik qatorida vodorooddan chaproqda joylashgan bo’lib,suyultirilgan xlorid va sulfat kislotalari tasirida rux tez, kadmiy esa sekinroqerib vodorodni siqib chiqaradi. Konsentrlangan sulfat kislotada rux (haroratga bog’liq holda) erib, SO2 va S ni yoki H2S ni hosil qilsa, kadmiy SO2 va S ni hosil qiladi. 80 +1,+2 5d^10 6S^2 Hg 200,59 1,9 Rux va kadmiy nitrat kislata ta`sirida erib, tegishli tuzlar va HNO3 ning konsentratsiasiga va haroratga qarab, ammiak yoki azotning har xil oksidlarini hosil qiladi. Rux va kadmiyning eriydigan tuzlari gidrolizlanadi. Rux ishqorlarning konsentrlangan eritmalarida erib, vodorodni siqib chiqaradi va sinkat tuzlarini hosil qiladi: Zn + 2Na OH = Na2 ZnO2+H2 Zn +2NaOH +2H2O = Na2[Zn(OH)4] + H2
Rux va kadmiy ionlari kompleks birikmalar hosil qilishga moyil. Rux va kadmiy ionlarining kompleks birikmalardagi koordinatsion soni 4 yoki 6 ga teng. Rux eng muhim mikroelementlar jumlasiga kiradi. Odam organizmining ruxga bo’lgan kundalik ehtiyoji 10-15 mg ni tashkil qiladi. Organizmda ruxning miqdori 3 g ga yetadi. U asosan muskul, nerv va tish to’qimalarida joylashgan. Zn^2+ ioni 20 ga yaqin turli xil fermentlar tarkibiga kirishi aniqlangan. Ulardan ikkitasi: karbongidraza va karboksipeptidaza to’la o’rganilgan. Karbogidraza qizil qon tanachalari tarkibiga kirib, uglerod (IV) oksidning gidratlanish va degidratlanish jarayonlarini boshqarib turadi. Karboksipeptidaza me`da osti bezining fermenti bo’lib, peptid bog’ining gidrolizlanishida katalizatorlik vazifasini bajaradi. Bu jarayon insulin gormonining biosintezi bilan bog’liqligi uchun undan qandli diabet kasalligini davolashda foydalaniladi. Hozirgi kunda bu maqsadda tarkibida rux tutgan bir necha dori moddalari keng qo’llanilmoqda. Ularga rux – insulin, protamin – rux – insulin, insulinkridez va boshqalar misol bo’la oladi. Ba`zi bir nuklein va protein kislotalarning tarkibida kadmiy borligi aniqlangan. Kadmiy birikmalari o’ta zaharli, shuning uchun tibbiyotda ularning ba`zilarigina sirtqi malham sifatida ishlatiladi. Kadmiy birikmalarining qonga shimilishi markaziy nerv tizimi faoliyatining buzilishiga olib keladi. Teriga tegsa har xil teri kasalliklarining (ekzema va boshqalar) kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Odam organizmida kadmiy miqdori nihoyatda oz (10^-4g) bo’lib, asosan jigar va buyrakda to’plangan. Odam organizmida simob juda oz, 10^-5 g gacha bo’ladi. Simobning biologic roli hali aniqlanmagan. Simob va uning birikmalari juda zaharli. Simob birikmalari juda suyultirilgan holda sirtqi malham, ya`ni dizinfeksiyalovchi vosita sifatida ishlatiladi. Tibbiyotda asosan teri kasalliklarida hamda ko’zni yuvish uchun ishlatiladi. Ularga simob dixlorid (HgCl2), simob oksisianid (Hg(CN)2* HgO), simob amidoxlarid (HgNH2CL), sariq simob oksidi (HgO), simob monoxlorid (Hg2Cl2) kiradi. Rux sulfat (ZnSO4) antiseptik modda sifatida ko’z kasalliklarida hamda qayt qildiruvchi vosita sifatida ishlatiladi. Rux oksid (ZnO) har xil teri kasalliklarida ishlatiladigan malhamlar tarkibiga kiradi.
Download 10.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling