Iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlash Narimov Jandarbek Anarmatovich Iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlash Kirish
Download 18.23 Kb.
|
1 2
Bog'liqiqtisodiy o`sish omillari va tiplari kirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
Asosiy qism
Xo’jalik faoliyatini amalga oshirishning turli bosqichlarida barpo qilinuvchi iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlashning institutsional mexanizmi bunday mexanizmning muhim tashkil etuvchisi hisoblanadi. Individga ta‘sir ko’rsatishi nuqtayi nazaridan barcha institutlarni rasmiy va norasmiy institutlarga ajratish mumkin. Norasmiy institutlar insonlarning jamiyatda o’zlarini tutishlari va xatti-harakatlariga nisbatan qat‘iy cheklovlar o’rnatmaydi, aksincha, insonlarning jamiyatda yashashlarini imkon darajasida yengillashtirishga xizmat qiladi. Norasmiy qoidalaga amal qilmaslik qat‘iy jazolanmasada, aksariyat hollarda bunday norasmiy qoidalarga amal qilmaslik jamiyat a‘zolari tomonidan ma‘qullanmaydi. O’z navbatida, ularning buzilishi yetarlicha qattiq jazolanishiga sabab bo’luvchi qoidalarni rasmiy institutlar sifatida qabul qilishimiz mumkin bo’ladi. Rasmiy institut norasmiy institutning o’ziga xos davomi sifatida qaraladi. Jamiyatda mavjud o’zini tutishning yozilmagan qonun-qoidalari, tarkib topgan urf-odatlar va an‘analardan tobora murakkab jarayonlarga o’tib borganimiz sari jamiyatda qat‘iy qonun-qoidalar shakllanib, individlarning xatti-harakatlari va qonun-qoidalar rasmiy ko’rinish ola boshlaydi. Bunda ko’pincha rasmiy institutlar norasmiy qoidalar asosida vujudga keladi. Rasmiy institut – bu shunday institutki, unga ko’ra jamiyat hayotini tartibga solish borasidagi barcha xatti-harakatlar, qoidalar, qonunlar va me‘yoriy hujjatlar, rasman tasdiqlangan ko’rsatmalar, yo’riqnomalar, qoidalar, reglament, nizomlar va shu kabilar asosida tartibga solinadi. Davlat, armiya, sud, oila, maktab va boshqalar rasmiy ijtimoiy institutlar hisoblanadi. Rasman qat‘iy belgilangan salbiy va ijobiy sanksiyalar asosida mazkur institutlar o’zlarining boshqaruv va nazorat funksiyalarini amalga oshiradilar. Iqtisodiy rivojlanishning institutsional tuzilmasi– iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlash mexanizmini tashkil etuvchi o’zaro bog’liq bo’lgan institutlar (rasmiy va norasmiy munosabatlar)ning yig’indisidan iboratdir. Mazkur qoidalarning yaxlitligi ierarxik ko’rinishda ifodalangan bo’lib, bunda qoidalarning eng boshida mamlakat konstitutsiyasi, so’ngra qonun hujjatlari va qonunlar to’plami, davlat organlari hamda mahalliy hokimiyat idoralarining qaror va ko’rsatmalari turadi, ierarxik munosabatlarning asosini esa individual bitimlar tashkil etadi. Mazkur ierarxiya darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, rasmiy qoidalarni o’zgartirish shunchalik katta xarajatlarni talab etadi. Xo’jalik yurituvchi subyektlarning o’zaro ta‘sirlashuvi jarayonida qabul qilingan tartib va qoidalardan ma‘lum darajada chetga chiqish holatlari kuzatiladi. Mazkur holatlar institutsional mexanizmning samarasizligi, shuningdek, mavjud tartib va qoidalar doirasida samaradorligi yuqori bo’lgan norasmiy institutlarning mavjudligi bilan ham bog’liq bo’lishi mumkin. Shu sababli, institutsional mexanizmni qayta ko’rib chiqish va moslashtirish talab etiladi. Ushbu jarayonda mazkur mexanizmning xo’jalik yurituvchi subyektlarning o’zaro xattiharakatlariga qay tarzda ta‘sir ko’rsatishi baholanadi. Tahlil davomida o’rnatilgan institutsional mexanizm doirasida legitiv, rasmiy va norasmiy tartib va qoidalar birdek o’rganiladi. Tahlil natijasida eng samarali institutlar saralab olinadi. So’ngra, eng samarali deb topilgan norasmiy institutlar rasmiylashtiriladi, og’ishlar bartaraf etiladi va xo’jalik yurituvchi subyektlarning o’zaro munosabatlari doirasiga rasmiy institutlarni joriy etish amaliyoti sifatida interiorizatsiya jarayonlari amalga oshiriladi. Iqtisodiyotning tashqi omillarning ta‘siridan qat‘i nazar kengaytirilgan qayta ishlab chiqarish jarayonlarini ta‘min eta olish. Bu o’z navbatida, kundalik hayotda va shuningdek, ekstremal vaziyatlarda ham davlatning mavjud bo’lishi uchun mamlakatda ishlab chiqarishning muhim hayotiy tarmoq hamda sohalarini rivojlantirish imkoniyatlarini ko’zda tutadi. Strategik resurslar ustidan samarali davlat nazoratini o’rnatish, ularning mamlakat hududidan ortiqcha miqdorlarda olib chiqib ketishining oldini olish, mamlakatning milliy manfaatlarini har qanday vaziyatda ham faol himoya qila olish mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlashning muhim sharti hisoblanadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: Abulqosimov H.P., Abulqosimov M.H., Iqtisodiy xavfsizlik:nasariya va amaliyot. O’quv qo’llanma -T.: Noshirlik yogdusi, 2019.-620b. Mamatov A.A. Iqtisodiy xavfsizlik.-T.: O’quv qo’llanma, MG Harbiy-texnik instituti, 2020 yil. 415-bet. Shodmonov Sh. Sh., G‘ofurov U.V. “Iqtisodiyot nazariyasi”, Darslik,T.:2010. Download 18.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling