24-rasm. Prostogonimus (Prosthogonimus ovatus) ning tuzilishi va rivojlanish sikli: A-Prosthogonimus ovatusning tuzilishi: 1-jinsiy teshiklar; 2-og'iz so'rg'ichi; 3-tomoq; 4-qizilo'ngach; 5-bursa; 6-bachadon; 7-ichak; 8-tuxumdon; 9-qorin so'rg'ichi; 10-sariqlik bezi; 11-urug'donlar; B- Prosthogonimus ovatusning rivojlanish sikli: I. Asosiy xo'jayin-tovuq; II. Birinchi oraliq xo'jayin - mollyuskalar; III. Ikkinchi oraliq xo'jayin - ninachi; a-jinsiy voyaga
yetgan parazit; b-tuxum; d-sporotsista; e-serkariya; f-g-metatserkariylar.
Parrandalar yoshidan qat'iy nazar prostogonimoz bilan kasallanadi. Kasallik, ayniqsa, tuxum qiladigan tovuqlarda juda og'ir kechadi. Kasallik manbai prostogonimoz bilan kasallangan uy va yovvoyi parrandalar hisoblanadi. Prostogonimoz bilan kasallangan parrandalarning tuxumdon yo'llari yallig'lanadi, natijada tuxum po'stlog'ini hosil qiluvchi qismining ish faoliyati buzilib, parranda, shu jumladan, tovuq po'stloqsiz yoki yupqa po'stloqli yumshoq tuxum qo'yadi.
Prostogonimozga qarshi kurashish uchun avvalo kasallangan parrandalarni gek-saxioretan va uglerod (IV) - xlorid preparatlari bilan davolash kerak. Parazitning tarqalishiga yo'l qo'ymasiik uchun parrandachilik fermasi binolarini suvga yaqin joyga qurmaslik, parrandalarni botqoq yaylovlar va yomg'ir yoqgandan keyin yay-ratish maydonchasiga chiqarmaslik, parrandalarni invaziyaga gumon qilingan suv havzalaridan sug'ormaslik kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |