1. Yassi chuvalchanglar (plathelminthes) tipi. Jigar qurtlarining (Fasciola sp.) biologik xususiyatlari


-rasm. Karpsimon baliqlar jabrasi paraziti-


Download 0.67 Mb.
bet24/26
Sana02.01.2022
Hajmi0.67 Mb.
#194845
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
Parazit chuvalchanglar yassi chuvalchanglar tipi

30-rasm. Karpsimon baliqlar jabrasi paraziti-Dactylogyrus vastator: A-jinsiy voyaga yetgan chuvaichang; B-lichinkasi: 1-ko'zi, 2-halqumi, 3-ichagi, 4-kopulyativ apparati, 5-tuxunili bacbadon, 6-qin, 7-sariqdoniar, 8-tuxumdon, 9-urug'don, 10-yopishuv diski, yirik, o'rtancha va mayda chetki ilmoqchalari bilan, 11-kiprikchalari, 12-embrional ilmoqchali serkomer.
Bir necha kun ichida ko'plab baliqlar nobud bo'ladi. Dakti-logirusning uzunligi 1-3 mm, ular baliqlar jabrasida parazitlik qiladi va o'sha joyga tuxum qo'yadi. Tuxumdan kiprikli lichinka chiqadi. Lichinka shu joyda voyaga yetadi.

Shuningdek, monogeniyalardan yana bir avlodi - girodaktilusning vakillari (Gyrodactylus elegans) ham baliqlarning xavfli parazitlari hisoblanib, girodaktilyoz kasalligini keltirib chiqaradi (31-rasm).

Girodaktilus biologik jahatdan juda qiziq. Ular ham germafrodit bo'lib, bitta urug'doni va tuxumdoni bor, tirik lichinka tug'adi. Shuning uchun parazit bachadonida doimo rivojlanayotgan embrionlari (lichinkalari) bo'ladi, ya'ni voyaga yetgan chuvalchang bachadonida faqat bitta tuxum bo'lib, bundan partenogenetik yo'l bilan bitta embrion hosil bo'ladi. Bu embrion voyaga yetguncha uning ichida ikkinchi embrion, ikkinchi embrionning ichida uchinchisi, uchinchisining ichida esa to'rtinchisi shakllanadi. Bu jarayonning hammasi parazit bachadonida o'tadi. Shunday qilib, girodaktilus tirik bola tug'adi va bunda bitta parazit to'rtta yosh chuvalchangni tug'adi.

Girodaktiluslar karp, zog'ora baliq, toban baliq (karas) va boshqa baliqlarning terisi, jabralari va suzgich qanotlariga yopishib parazitlik qiladi. Ular asosan Ukraina, Belorussiya, O'zbekiston, Krasnodar o'lkasida keng tarqalgan bo'lib, yosh baliqlarni ko'plab nobud qiladi. Kasallangan baliqlar terisining rangi o'zgarib dog'lar pay do bo'ladi. Girodaktiluslardan yana bir turi - nitsha (Nitzchia sturiorus) Volga daryosida osyotrsimon baliqlarga katta zarar kelti-radi. Bu parazit sevruga balig'ini iqlimlashtirish jarayonida Orol dengiziga ham kelib qolgan va mahalliy osyotrsimon baliqlarda (baqra balig'ida) parazitlik qilishga o'tgan. Agar davolash choralari ko'rilmasa, kasallaagan yosh baliqlar­ning 90-95 % qirilib ketadi. Shuning uchun ham baliqlar bahor va kuz oylarida 5%li osh tuzi eritmasidan tayyorlan-gan suvda cho'miltiriladi. Oqmaydigan hovuzlarning suvini 10-14 kun ichida chiqarib tashlab, hovuz quritiladi va qaytadan suv bilan to'ldirilib, keyin baliqlar boqiladi.



Ayrim tur monogeniyalar baliqlardan tashqari baqalarda ham parazitlik qiladi. Shulardan biri baqa ko'p so'rg'ichlisi (Polystoma integerrimum) hisoblanadi. Bu parazit voyaga yetganida, baqaning qovug'ida so'rg'ichlari va ilmoqchalari yor-damida yopishib olib yashaydi. Bahorda baqalar tuxum qo'yayotgan paytda baqa ko'p so'rg'ichlisi ham baqaning kloakasi orqali siydik pufagidan bir oz tashqariga chiqib, suvga o'zining urug'langan tuxumlarini tashlaydi.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling