1. Yassi chuvalchanglar (plathelminthes) tipi. Jigar qurtlarining (Fasciola sp.) biologik xususiyatlari


-rasm. Baliqlar jabrasi paraziti-


Download 0.67 Mb.
bet25/26
Sana02.01.2022
Hajmi0.67 Mb.
#194845
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
Parazit chuvalchanglar yassi chuvalchanglar tipi

31-rasm. Baliqlar jabrasi paraziti-Gyrodactylus elegans: 1-og'iz teshigi, 2-bezlari, 3-kopulyativ organi, 4-ichagi, 5-to'rtta avlod embrionlari, 6-tuxum, 7-tuxumdon, 8-urug'don, 9-yopishuv diskining asosiy ilmoqlari, 10-yopishuv diskining chetki ilmoqlari.
Parazit tuxumidan suvga kipriklar bilan qoplangan, ko'zi bor, gavdasining orqa qismida 16 ta mayda ilmoqchali diski bo'lgan lichinka chiqadi. Bunday lichinkalar 1-2 kun suvda suzib yurganidan so'ng, baqa tuxumidan chiqqan itbaliqlarning jabralariga ilmoqchalari bilan yopishib oladi va kipriklarini tashlab, 6 ta yumaloq so'rg'ich va 2 ta yirik il-moqcha hosil qilib, jinsiy voyaga yetadi va tuxum qo'ya boshlaydi.

Agar lichinka itbaliqda voyaga yetmasa, o'sha itbaliq baqaga aylanishi bi­lan uning siydik pufagiga ko'chadi va shu yerda jinsiy voyaga yetib ko'payadi, ya'ni itbaliqning baqaga aylanish vaqtida uning jabrasi bekilib ketadi va o'pkaga aylanadi. Bu paytda lichinka ichakka va bu joy dan kloaka orqali siydik pufagiga ko'chib o'tadi. Parazit lichinkasi bu vaqtda ko'p so'rg'ichliga aylanadi. U o'sadi va uchinchi yili jinsiy voyaga yetadi. Demak, baqa ko'p so'rg'ichlisining hayot sikli xo'jayini - baqaning hayot sikli bilan bog'liq, ya'ni baqa ko'p so'rg'ichlisi baqa singari uchinchi yoshida jinsiy voyaga yetadi.



Shunday qilib, baqa ko'p so'rg'ichlisi rivojlanishi davomida jabralar ektoparaziti holatidan qovuq endoparaziti holatiga o'tadi. Monogeniyalar ichida ko'pchiligi o'z-o'zini urug'lantiradi. Lekin ayrim turlari borki, ularda o'z-o'zini urug'lantirishga to'sqinlik qiluvchi omillar rivojlangan. Masalan, monogeniyalardan spaynik turi yosh davrida yakka yashaydi. Keyinchalik parazitlar qorin so'rg'ichlari orqali bir-biriga yopishib olib birining urug' yo'li ikkinchisining tuxum yo'liga ochiladi. Natijada ular bir-birini urug'lantiradi.


Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling