Zoologiya fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


Download 1.04 Mb.
bet1/5
Sana17.12.2022
Hajmi1.04 Mb.
#1025377
  1   2   3   4   5
Bog'liq
GLAPOVA ZUHRA ONYCHOPHORA VA TARDIGRADA TIPLARI



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
BIOLOGIYA FAKULTETI
BIOLOGIYA (TURLARI BO`YICHA) YO’NALISHI
KECHKI BO`LIM 2-KURS TALABASI
GLAPOVA ZUHRANING

ZOOLOGIYA FANIDAN TAYYORLAGAN
MUSTAQIL ISHI

Mavzu: Onychophora va tardigrada tiplari


Qabul qildi: Qo`chqorov O.


Toshkent – 2022
ONYCHOPHORA VA TARDIGRADA TIPLARI

Reja:
1. Panarthropoda katta tipi umumiy tavsifi.
2. Onixoforalar (Onychophora) tipi umumiy tavsifi.
3. Imillab yuruvchilar (Tardigrada) tipi umumiy tavsifi.
4. Bo‘g‘imoyoqlilar (Arthropoda) tip umumiy belgilari.
5.Trilobitsimonlar (Trilobitomorpha) kenja tipi xilma-xilligi va filogeniyasi.
Panarthropoda katta tipi umumiy tavsifi.
Krevetkalar, o’gimchaklar, kanalar, ko’p oyoqlilar, onixoforalar, tаrdigradalar va boshqalar kabi millionlab turkumlarning vakillarini bir – biriga o’xshash bo’lgan umumiy belgilari tufayli yagona takson PanarthropodaSP katta tipiga birlashtirishga asos bo’lgan. Panartropodalar taksoni onixoforalar (Onychophora), immillab yuruvchilar (Tardigrata) va bo’g’imoyoqlilar Arthrapoda) tiplarini o’z ichiga oladi. Panartropodalarning hammasini tanasi segmentlashgan, segmentlarida o’simtalarni borligi va tashqi ekzoskelet mavjudligi va ularda vaqti – vaqti bilan po’st tashlab turishi tanasini o’sish imkonini beradi.

Onixoforalar(Onychophora) tipi umumiy tavsifi.
Onixoforalar – ikki tomonlama simmetriyali yer usti chuvalchangsimon hayvonlardir. Onixoforalar tuzilishining umumiy belgilari ularni halqali chuvalchanglarga emas, bo’g’im oyoqlilarga yaqin qoyiladi. Onixoforalarning qayd etilgan 110 turi Janubiy Yarim sharning tropik va mo’tadil zonasida uchraydi. Onixoforalar tungi hayvon hisoblanadi. Onixoforalar bir tomondan halqali chuvalchanglarga ikkinchi tomondan ko’p oyoqlilar va hasharotlarga o’xshab ketadi. Olimlarning aniqlashicha onixoforalar paliozoy erasida dengizda yashagan halqali chuvalchanglar ajdodlaridan rivojlangan.Paleontologlarni fikricha hozirgi kunda qazilma holda uchrovchi ko’p tukli dengiz halqali chuvalchanglarini quruqlikda yashovchi avlodlardan rivojlangan.



Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling