1. Yengil sanoat, tarmoqlari tarkibi Og`ir sanoat, tarmoqlari tarkibi


Oziq-ovqat sanoati, tarmoqlar tarkibi, geografiyasi


Download 36.58 Kb.
bet10/15
Sana16.06.2023
Hajmi36.58 Kb.
#1497224
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Oybek Sanoat iqtisodiyoti 2

3. Oziq-ovqat sanoati, tarmoqlar tarkibi, geografiyasi.
Respublikada eng taraqqiy etgan sanoat tarmoqlaridan biri bu-oziq-ovqat sanoatidir. Sanoatning mazkur turi asosan mahalliy (qishloq xo’jaligi) xom ashyosiga tayanadi. Umumsanoat mahsuloti hajmining 9,6 foizi oziq-ovqat sanoatiga to’g’ri keladi (2004 y). Qishloq xo’jaligi rivojlangan O'zbekistonda sanoatning bu turi qadimdan shakllangan. Dastlab suv tegirmonlarida un, objuvozlarda guruch, juvozlarda o'simlik moyi, novvoyxonalarda nonlar tayyorlangan, qandolatchilar turli xil shirinliklar, uzumdan musallas va boshqa sharbatli va suyuq ichimliklar tayyorlaganlar.Oziq-ovqat sanoatining tarmoqlari ko’p va xilma-xil. Unda sut va go’sht, yog`-moy va baliq mahsulotlari, un va un mahsulotlari, meva-sabzavot va konservalar, uzum va meva sharbatlari, spirt, aroq, pivo, tamaki, chanqovbosar ichimliklar va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish yo’nalishlari yo’lga qo’yilgan.
Mamlakatimiz aholisining ehtiyojini qondirish maqsadida uning oziq-ovqat sanoati yildan-yilga ko’p mahsulot ishlab chiqarishni ta`minlamoqda. Mamlakat oziq-ovqat sanoat korxonalarida 142,6 ming t. go’sht va go’sht mahsulotlari, 213,4 ming t. sut va sut mahsulotlari, 2,8-3,0 ming t. hayvon va 276 ming t. o'simlik yog`i, 54,2 ming t. makaron mahsulotlari, 542,2 ming t non va non mahsulotdari ishlab chiqarilmoqda.
Go’sht sanoati - oziq-ovqat sanoatining yetakchi tarmog`idir. O'tmishda mahalliy aholi ot go’shtidan qazi, qoramol go’shtidan uzoq saqlanadigan, quritilgan va qovurilgan go’sht mahsulotlari tayyorlashgan. 1932 yilga kelib go’sht sanoati respublika xalq xo’jaligi rejasiga alohida sanoat tarmog`i tarzida kiritilgan.
Endilikda respublikaning barcha viloyat markazlari va yirik shaharlarida go’sht kombinatlari ishlab turibdi. "O'zgo’shtsutsanoat" uyushmasi tarkibida 23 ta yirik go’sht kombinatlari, go’sht yetishtirishga ixtisoslashgan 45 ta xo’jalik, viloyat tumanlarida esa bo’rdoqichilik yo’nalishidagi 100 dan ortiq o'rta va kichik korxonalar bor. Mustaqillik yillarida mamlakatimizning turli mintaqalarida jamoa, davlat, shirkat va fermer xo’jaliklari va tadbirkorlar tomonidan zamonaviy texnologiya bilan jihozlangan go’sht mahsulotlari va turli kolbasalar ishlab chiqaradigan ko’pgina kombinatlar qurildi.
Sut sanoati. Respublika sut sanoati korxonalarida sariyog’, sut-qatiq, sut konservalar, pishloq, qaymoq, muzqaymoq, brinza va boshqa mahsulotlar tayyorlanadi. O'zbekistonda birinchi sut zavodi Toshkent shahrida 1928 yilda ishga tushirilgan. Hozirda barcha viloyatlarda tarmoq korxonalari mavjud. Eng yirik sut kombinatlari Toshkent, Samarqand, Namangan, Buxoro, Denov, Shahrixon shaharlarida joylashgan.

Download 36.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling