1. Yengil sanoat, tarmoqlari tarkibi Og`ir sanoat, tarmoqlari tarkibi


Mashinasozlik va metallni qayta ishlash sanoati


Download 36.58 Kb.
bet9/15
Sana16.06.2023
Hajmi36.58 Kb.
#1497224
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
Oybek Sanoat iqtisodiyoti 2

Mashinasozlik va metallni qayta ishlash sanoati - iqtisodiyot uchun mashina va mexanizmlar, jihozlar, agregat va apparatlar, asbob-uskunalar, madaniy-maishiy mollar, shuningdek, mudofaa ahamiyatiga ega boigan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi o`g`ir sanoat tarmoqlari majmuidir. Ushbu sanoat butun xalq xo‘jaligini texnika bilan ta’minlashda moddiy asos hisoblanadi. Fan-texnika taraqqiyoti, xalqning moddiymadaniy farovonligi va mamlakat qudrati mashinasozlik sanoati taraqqiyotiga bogiiq. Uning ahamiyati, eng avvalo, fan-texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga va insonlar hayotining barcha sohalariga joriy etish asosida q o i mehnatini mashina mehnatiga aylantirish, yengillashtirish, mashinani mashina bilan yaratish,tejamkorlikni ta’minlash va mehnatning mazmuni va xarakterini o‘zgartirishdan iborat. Mashinasozlik sanoati mahsulot sifatini yaxshilash, ishlab chiqarishning samaradorligini yuqori darajaga ko‘tarishga imkoniyat yaratadi.
Mashinasozlik va metallni qayta ishlash sanoati respublika sanoat tarmoqlari orasida yuqori o‘rinlarda turadi.
Hozirgi kunda mashinasozlik sanoatining 10 dan ortiq tarmog‘i mavjud. Ular qatoriga avtomobilsozlik, samolyotsozlik, traktorsozlik va qishloq xo‘jalik mashinasozligi, elektrotexnika va vagonsozlik, asbobsozlik va kabelsozlik kabi yirik tarmoqlar kiradi.
Ushbu sanoat tarkibida metallni qayta ishlash sohasi ham mavjud bo‘lib, bu soha o‘z navbatida, metall buyumlar tayyorlash, metall konstruksiyalar hamda mashina va asbob-uskunalar ta’miri tarmoqlaridan iborat. Bunday faoliyat bilan 2,5 mingdan ortiq korxona shug‘ullanmoqda.
Qurilish materiallari sanoati. Respublika qurilish materiallari ishlab chiqaradigan ko‘p tarmoqli sanoatga ega. Sement, asbest-sement, devorbop materiallar, yumshoq yopqich va gidroizolyatsiya materiallari, tabiiy toshlardan qoplama material (plita)lar, noruda qurilish materiallari, qurilish keramikasi, issiqlik izolyatsiyasi materiallari, ohak, gips, bog‘lovchi materiallar va ulardan buyumlar, sanitariya-gigena jihozlari, polimer xom ashyodan qurilish materiallari va buyumlar, temir-beton konstruksiyalari va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlari mavjud.O‘zbekistonda tabiiy xom ashyodan qurilish materiallari sifatida foydalanish tarixi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Ayniqsa, binolar qurilishida xom g‘isht, guvala, yog‘och sinch, oddiy tuproq(loy)dan tiklanadigan 37 paxsa asrlar davomida asosiy qurilish materiali bo‘hb kelgan. Xumdonlarda pishirilgan g‘isht, sopol, chinni koshin, ganch, yo‘nilgan granit, marmar toshlar saroy, madrasa, masjid, rabotlar qurilishida keng qo‘llanilgan. Hozirgi davrda ushbu tarmoq korxonalarida 500 dan ortiq nomdagi mahsulot turlari tayyorlanadi. Jumladan, 2012 yilda 6,8 mln. tonna sement, 1365 mln. dona devorbop materiallar, 7,4 mln. m2 deraza oynalari ishlab chiqarilgan.


Download 36.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling