1. Yer tuzishni loyihalashning paydo bo‘lishi. Yer tuzishni loyihalash tushunchasi va uning yer tuzish tizimidagi o‘rni
Download 26.56 Kb.
|
1-Mavzu Yer tuzishni loyihalashning paydo bo‘lishi va rivojlanishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4..Yer tuzishni loyihalash tamoyillari (prinsiplari)
1-Mavzu: Yer tuzishni loyihalashning paydo bo‘lishi va rivojlanishi Reja: 1. Yer tuzishni loyihalashning paydo bo‘lishi. 2. Yer tuzishni loyihalash tushunchasi va uning yer tuzish tizimidagi o‘rni. 3. Yer tuzishni loyihalash fanining predmeti. 4..Yer tuzishni loyihalash tamoyillari (prinsiplari) Yer jamiyat rivojlanishining qadimiy davrlaridan boshlab, yer munosabatlarining moddiy asosi va mulkchilikning asosiy manbai vazifasini bajarib kelmoqda. Yer mulkdorlarining yerga egalik qilish va undan foydalanish bo‘yicha huquqlarini amalga oshirishdan doimiy manfaatdorligi yer egaliklari va ularning chegaralarida aniqlik bo‘lishini talab qiladi. Shu bilan bir qatorda, doimiy ravishda yerlarni chegaralash, bo‘lish, qo‘shish va yiriklashtirish, ulardan foydalanishda tartib o‘rnatish, muhofaza qilish va hududlarni samarali foydalanishga moslash zarurati tug‘ilib turadi. Yerlarni samarali foydalanishga moslash ishlari juda qadim zamonlardan boshlangan bo‘lib, u davrlarda bu ishlar tasodifiy xarakterga ega bo‘lgan va asosan yerlarni foydalanish maqsadlariga qarab chegaralash ishlari olib borilgan. Masalan: qabilalar o‘zlari foydalanadigan yerlarni dehqonchilik, chorvachilik va ov qilish maqsadlari uchun bo‘lishgan. Keyinchalik yerga mulkchilik munosabatlari paydo bo‘lgandan keyin, bu ishlar yerlarni aniq maqsadlar bo‘yicha taqsimlashga, ularni mulkdorlar va yerdan foydalanuvchilar manfaatlari bo‘yicha tashkil etishga aylandi va yer tuzish nomini oldi. Boshlanish davrida yer tuzish unchalik qiyin bo‘lmagan yerlarni chegaralash, yer egalari va yerdan foydalanuvchilar yerlarining chegaralarini oddiy geodeziya asboblari (uzunlik o‘lchash zanjirlari, ekkerlar va boshq.) yordamida joylarda belgilash, hamda ularning yerga bo‘lgan huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlar berish bilan shug‘ullangan. Keyinchalik, yer tuzish yer mulkdorlari yerlarining chegaralarini huquqiy va texnik rasmiylashtirish maqsadlaridan tashqari iqtisodiy maqsadlarni ham o‘z ichiga ola boshladi. U yerdan foydalanishning eng samarali turlarini tanlash va yer egaliklari yerlari hududlarini tashkil etish masalalari bilan ham shug‘ullana boshladi. Yer tuzish ishlarining, ayniqsa ularning texnik va iqtisodiy tomonlarining murakkablashishi maxsus yer tuzish loyihalarini ishlashni taqoza eta boshladi. Bu loyihalarda yerlarni taqsimlash, qayta taqsimlash va tashkil etish masalalari chuqur tahlil qilinib, asoslanib va zarur hisoblashlar, chizmalar, planlar va xaritalar bilan tasdiqlana boshladi. Yer tuzishda loyihalash ishlarining rivojlanishi bu yo‘nalishda maxsus ilmiy bilimlarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Keyinchalik bu ilmiy bilimlar asosida yangi fan - yer tuzishni loyihalash fani tashkil topdi. Yer tuzishni loyihalash fani yer tuzish fanlarining markaziy bo‘g‘ini hisoblanadi. Yer tuzishni loyihalash maxsus fan sifatida 1925 yildan boshlab ajralib chiqdi. Yer tuzishning har xil talqin etilishi, uning siyosiy va ijtimiy iqtisodiy vazifalari, vositalari va olib borilish uslublarining har xil tarixiy davrlarda o‘zgarib turishi natijasida yer tuzishni loyihalashning mazmuni ham o‘zgarib bordi. Dehqon jamoalari va yakka xo‘jaliklari yerlarini tuzish davrida (1921-1929 y.) katta aniqlikda, asosan analitik yo‘l bilan, dehqon jamoalari va yakka xo‘jaliklariga yer ajratish ishlari olib borildi. Yer tuzishni loyihalash ishlari asosan yer maydonlarini matematika va geodeziya usullari yordamida taqsimlashga va yerdan foydalanish huquqini beradigan hujjatlarni tayyorlashga qaratildi. Yerdan foydalanishning iqtisodiy tomonlariga esa uncha e’tibor berilmadi. Ommaviy kollektivlashtirish, quloqlarni sinf sifatida tugatish, kolxoz va sovxozlarni tashkil qilish (1929-1935 y.) davrida yer tuzish ishlari kolxoz va sovxozlarni tashkil qilish bilan bog‘liq bo‘lib, asosiy e’tibor ularning yer maydonlarini barpo qilishga qaratildi. Kichik dehqon yakka xo‘jaliklari o‘rnida yirik sosialistik tipdagi xo‘jaliklar tashkil qilindi. Loyihalash ishlari yangi kolxoz va sovxozlarni tashkil qilish, ularni tashkiliy jihatdan mustahkamlash, yer maydonlarining barqarorligini ta’minlashga qaritildi. Bu ishlar majburiy tarzda o‘tkazildi va yakka xo‘jalik dehqonlar yerlari birlashtirilib, kolxoz va sovxozlar tashkil etildi. O‘rta hol va badavlat dehqonlar quloqlar deb nomlanib, jamiyatga dushman sinf sifatida tugatildi. Dehqonlarni yerdan va boshqa ishlab chiqarish vositalaridan ajratib yollanma ishchilarga aylantirish davri boshlandi. Yerlarni qishloq xo‘jalik korxonalariga abadiy foydalanishga berish, kolxoz va sovxozlarni tashkiliy jihatdan mustahkamlash davrida (1935-1949 y.), 1935 y. fevral oyida qishloq xo‘jalik artelining (kolxozning) "Namunaviy nizomi" (ustavi) qabul qilindi. Bu hujjatga asosan qishloq xo‘jaligi artellariga yer abadiy va tekin foydalanishga berildi. Har bir qishloq xo‘jalik arteliga yerdan abadiy foydalanishga ruxsat beruvchi Davlat akti (dalolatnomasi) berildi. Bu davrda yer tuzish ishlari asosan Davlat aktlarini tayyorlash va ularni xo‘jaliklarga berishga qaratildi. Davlat aktlarini berish bilan sovet davlati boshlagan tub agrar o‘zgarishlarning eng ahamiyatli bosqichi tugadi. Sovet davlati yer tuzish yordamida yirik sosialistik tipdagi qishloq xo‘jalik korxonalarini tashkil qildi. Bu korxonalardagi dehqonlar yerga va boshqa ishlab chiqarish vositalariga bo‘lgan egalik huquqlaridan batomom ajrab, qishloq proletarlari - yollanma ishchilarga aylandi. Qishloq xo‘jalik artellariga yerdan foydalanish huquqini beruvchi davlat aktlari berib bo‘linganidan keyin, asosiy e’tibor xo‘jaliklarda ichki yer tuzish ishlariga qaratildi. Kolxozlarni va sovxozlarni yiriklashtirish davrida (1950-1954 y.) kichik kolxozlar va sovxozlar yiriklashtirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan yer tuzish ishlari olib borildi. Yiriklashtirilgan xo‘jaliklar maydonlarini tashkil qilish, ularning shaklidagi va joylashuvidagi kamchiliklarni tugatish, xo‘jaliklarga yerdan foydalanish huquqini beradigan aktlar berish va xo‘jaliklarda ichki yer tuzish loyihalarini ishlash bo‘yicha ishlar ham bajarildi Cho‘llarni o‘zlashtirish va yangi sovxozlarni tashkil qilish davrida (1954- 1984 y.) Mirzacho‘l, Qarshi, Jizzax, Sherobod cho‘llari va boshqa ko‘plab cho‘l va bo‘z yerlar o‘zlashtirildi. O‘zlashtirilgan yerlarda yangi sovxozlar barpo qilindi. Yer tuzish ishlari asosan yangi sovxozlarga yer ajratish, ularga yerdan foydalanish huquqini beruvchi aktlarni berish va xo‘jaliklarda ichki yer tuzish loyihalarini ishlash bilan bog‘liq bo‘ldi. Qishloq xo‘jaligini intensivlash, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va tarmoqlarni yiriklashtirish, xo‘jaliklararo birlashmalar, agrosanoat birlashmalarini tashkil qilish davrida (1985-1991 y.) qishloq xo‘jaligida intensiv dehqonchilik usullarini joriy qilish, qishloq xo‘jaligini uning mahsulotlarini qayta ishlaydigan sanoat korxonalari bilan birlashtirish va agrosanoat birlashmalarini tashkil etish, xo‘jaliklarni ixtisoslashtirish va tarmoqlarni yiriklashtirish, yerdan samarali foydalanishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish va yerlarni iqtisodiy baholash bilan bog‘liq yer tuzish ishlari olib borildi. Bu ishlarni amalga oshirish maqsadida yer tuzish chizmalari (respublika, viloyatlar va tumanlar uchun) xo‘jaliklararo va xo‘jaliklarda ichki yer tuzish loyihalari ishlandi, ularning hayotga tadbiq qilinishi loyiha instituti va uning bo‘limlari tomonidan nazorat qilib turildi. Lekin bu ishlar nihoyasiga yetkazilmadi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyingi bozor iqtisodiga o‘tish bilan bog‘liq agrar va yer islohatini o‘tkazish davrida yer tuzish ishlari mustaqil O‘zbekiston Respublikasining yangi "Yer to‘g‘risida" gi qonuni va Respublika Prezidentining qishloq xo‘jaligiga oid farmonlarini amalga oshirishga qaratildi. 1991 y. qishloq aholisining tomorqa yerlari maydonlarini kengaytirish va yangidan tomorqa yerlari ajratish, shahar aholisiga dala hovlilari uchun yer ajratish ishlari, 1992 yildan boshlab esa, dehqon va fermer xo‘jaliklarini tashkil qilish, norentabel davlat xo‘jaliklarini tugatib, ularning o‘rnida kichik jamoa xo‘jaliklarini tashkil qilish bilan bog‘liq yer tuzish ishlari olib borilmoqda. Shu bilan bir qatorda yangi turdagi yer egalari va yerdan foydalanuvchilarga ularning yerga bo‘lgan huquqlarini tasdiqlovchi davlat aktlarini berish ishlari davom etmoqda. 1998 yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining "Yer kodeksi" olib borilayotgan agrar islohotning negizini tashkil etuvchi yer islohotining huquqiy asosini yaratdi. Shu yili Davlat yer resurslari qo‘mitasi tashkil etildi. Xo‘jaliklarda ichki yer tuzish loyihalari kompleks xarakterga egaligini va undagi ayrim yer tuzish yechimlari xomaki loyiha (chizma) tarzida yechilishini hisobga olib, keyingi davrlarda ularning davomi sifatida loyihada ko‘zda tutilgan, amalga oshirilishi uchun kapital mablag‘lar talab qilinadigan yer tuzish tadbirlariga ishchi loyihalar tuzila boshladi. Shunday qilib davlatimizda ma’lum yer tuzishni loyihalash tizimi yuzaga keldi. Bu tizim loyiha oldi bosqichida, loyihalash davrida va yer tuzish loyihalarini amalga oshirish jarayonida bajariladigan ishlarni o‘z ichiga oladi. Download 26.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling