1. Yerga ishlov berishning maqsadi va undagi texnologik jarayonlar
Download 31.2 Kb.
|
dehqonchilik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yerga ishlov berishning maqsadi va undagi texnologik j.rayonlar.
- Yerni ishlashdan asosiy maqsad
- Yerga ishlov berishdagi texnologik jarayonlar.
Mavzu: Yerga ishlov berish,haydash usullari va sifati.Kuzgi shudgor Reja: 1.Yerga ishlov berishning maqsadi va undagi texnologik jarayonlar. 2.Yer haydash usullari va uning sifatiga baho berish. 3.Tuproqqa yuza ishlov berish usullari va texnikasi. Yerga ishlov berishning maqsadi va undagi texnologik j.rayonlar. Tuproqning unumdorligiga va ekinlardan muttasil yuqori hosil olishga qaratilgan barcha agrotexnika chora tadbirlari orasida yerni ishlash muhim ahamiyatga ega. Chunki, yerga ishlov bermasdan turib bunday yerda ekin yetishtirib bo’lmaydi. Tuproq o’simlik ildizi uchun yetarli darajada yumshoq bo’lganda, uning suv fizik xususiyatlari va mikroorganizmlar faoliyati yaxshi bo’ladi. Yerni ishlash deganda, uni shudgor qilish tekislash, boronalash, kultivasiyalash, chizellash, mola bosish kabi ishlar tushuniladi. Yerni ishlashdan asosiy maqsad, zichlangan yuqori qatlamni sifatli qilib yumshatishdan iborat. Ishlash vaqtida yer ag’darib chopiladiaralashtiriladi, yumshatiladi, natijada tuproq yumshoq, suv va havo yaxshi o’tkazadigan bo’ladi. Bir-biri bilan bog’liq holda o’tkaziladigan tuproqqa har xil mexanik ta’sir etishlarga yerni ishlash tizimi deyiladi. Yer ishlanganda tuproq (suv, havo, issiqlik va oziq) rejimlarining yaxshi bo’lishi uchun qulay sharoit yaratiladi, yani haydalma qatlam tuzilishi va uning donadorligi o’zgaradi; tuproqning qo’yi qatlamidagi oziq moddalar yuqoriga ko’tarilib, uning aylanish davri va mikrobiologik jarayonlar tezlatiladi; begona o’tlar yo’qotiladi; organik va mineral o’g’itlar va ang’iz tuproqqa qo’shiladi; tuproqning yuza qatlamida yoki o’simlik qoldiqlarida yashayetgan, ekinlarning zararkunanda va kasallik quzg’atuvchilari yo’qotiladi yerni ekin ekishga, egat va jo’yak olish hamda ekinni parvarish qilishda qator orasiga ishlov berish kabi ishlar bajariladi. Yerga ishlov berishdagi texnologik jarayonlar. Yerni ishlashda qo’yidagi texnologik jarayonlar amalga oshiriladi: yer qatlami ag’dariladi, aralashtiriladi; begona o’t ildizlari qirqiladi, tuproq zichlanadi, tekislanadi, egat va jo’yak olinadi. Yer zaruriyatiga qarab yuza haydov chuqurligida yumshatiladi. Haydalma qatlam tuprog’ini aralashtirish natijasida tuproqdagi organik va mineral o’g’itlar, mikroorganizmlar haydalma qatlamda bir tekis taqsimlanib, tuproq unumdorligini oshiradi. Tuproqni zichlash yani mola bostirilganda kapillyar kovakligi ortadi. Ekilgan urug’larni pastki qatlamdan namlik bilan taminlash yaxshi bo’ladi. Sug’oriladigan dehqonchilikda yerni tekislashning ekin ekish va uni parvarish qilish uchun ahamiyati katta, bunda sifatli ekish, sug’orish, parvarish qilish uchun qulay sharoit yaratiladi. Yer haydalganda ag’darilayetgan qatlamlar 1350-1450 kiyalikda bir-biriga yonboshlasa, qatlam chala, qatlam 1800 ag’darilsa to’liq ag’darilgan hisoblanadi. Yerni haydash sifati plug ag’dargich (otval) larning shakliga bog’liq. Ular vintsimon, silindrsimon, yarim vintsimon va madaniy bo’ladi. 1870 yili Rudolf Sakk yarim vintli va silindrsimon ag’dargich (otval) li pluglardan madaniy ag’dargich (otval) li plug yaratdi. Bu plugning asosiy korpusi oldiga kengligi asosiy korpusning 2/3 qismiga teng keladigan chimqirqar o’rnatilgan. Chimqirqar asosiy korpus oldidagi yuqori qatlamni kesib, egat tubiga tashlaydi. Asosiy korpus esa qatlamning ostki qismini chimqirqar ag’dargan qatlamning ustiga tashlab ko’mib ketadi. Bunday pluglar yordamida yer sifatli haydaladi, yuza qismi tekis bo’ladi, yaxshi uvoqlanadi va yumshaydi. Shuning uchun ham u madaniy plug deb ataladi. Pluglar traktorlarga ulanishiga ko’ra tirkama, yarim osma va osma xillarga bo’linadi. Hozirgi vaqtda yerlar ko’proq P-5-35m, PN-4-35 markali pluglar bilan haydaladi. Bu pluglarning asosiy korpusining kengligi 35sm, chimqirqarlariniki 24 sm bo’ladi. Keyingi yillarda chimqirqarining kengligi 27sm gacha bo’lgan PYa-3-35 markali ikki yarusli plug ishlab chiqarila boshlandi. Hozirgi davrda shamol eroziyasiga moyil yerlarni ag’darmasdan, ang’izlar saqlangan holda asosiy ishlov berish usuli keng qo’llanilmokda. Yerni sifatli ishlash qo’llanilayetgan qurolning tuzilishiga, yani plug ag’dargich (otval) ning shakliga, ishchi organlarining turiga, agregatning yurish tezligiga va tuproqning texnologik xossalariga bog’liq. Tuproqning texnologik xususiyati uning ilashimligi, yopishqoqligi va hajmiy og’irligi bilan ifodalanadi. Bu xususiyat uning namligi, mexanik tarkibi, qattiqligi, donadorligi va boshqalar bilan belgilanadi. Yerning sifatli ishlanishi dalaning o’simlik qoldiqlari va begona o’tlar bilan ifloslanganlik darajasiga ham bog’liq. Sernam yer haydalganda yaxshi maydalanmaydi, qatlami uvoqlanmaydi, quruq haydalganda esa katta-katta palaxsalar kuchadi, og’ir va yengil soz tuproqli yerlar namligi to’la nam sig’imiga nisbatan 40-60% bo’lganda haydalsa yaxshi uvoqlanadi. Tuproq namligi ortiq bo’lsa u ishchi organlariga yopishib yer sifatsiz haydaladi. Download 31.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling