1. Yevrobozorlar va ularga xos xususiyatlar Yevrokredit bozori Yevrovalyutadagi qimmatli qog`ozlar bozori


Yevropa valuta tizimining asosiy elementlari va rivojlanish bosqichlari


Download 253.19 Kb.
bet4/5
Sana12.10.2023
Hajmi253.19 Kb.
#1699490
1   2   3   4   5
Bog'liq
4-mavzu.XVF “Yevrohudud”da yevrobozorning vujudga kelishi va debet inqirozi

5. Yevropa valuta tizimining asosiy elementlari va rivojlanish bosqichlari
Yevropa valuta tizimi — bu mintaqaviy valuta tizimi bo’lib, Yevropa iqtisodiy integratsiyasi doirasida milliy valutalar harakati bilan bog’liq iqtisodiy m unosabatlar majm uasini o’zida ifodalaydi. Yevropa valuta tizimi zamonaviy jahon valuta tizim ining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. U uchta asosiy elementni o’z ichiga oladi:
— YKY (European currency unit) standarti. YKY — shartli jamoaviy valuta bo’lib, Yevropa ittifoqiga kiruvchi, Yevropaning yetakchi mamlakatlarining 12 ta valutasiga asoslanadi. Har bir valutaning savatdagi og’irligi a’zo davlatning Yevropa ittifoqi YMMda va ittifoq ichidagi eksportdagi ulushiga bogliq holda aniqlanadi.
— Birgalikda suzuvchi valuta kursi, mazkur kursni ±2,25% chegarada tebranishi belgilangan edi, 1993-yilda valuta muammolarining kuchayishi bilan bog’liq holda tebranish doirasi ±15% gacha kengaytirildi («Yevropa valuta iloni»).
Intervensiya va valuta kurslari m exanizmi. Yevropa valuta tizim ida intervensiya, valutalar bilan bog’liq hisob-kitoblar va to‘lov balanslarining vaqtinchalik taqchilligini qoplash uchun mamlakatlar markaziy banklariga kreditlar berish orqali davlatlararo mintaqaviy valutani tartibga solish amalga oshiriladi.
Yevropa valuta tizimini tartibga solish va YKYning emissiyasi 1994-yilgacha Yevropa valuta ham korlik fondi tomonidan, 1994-yildan esa, Yevropa valuta instituti tomonidan amalga oshirildi. 1989-yiIda J.Delor (Yevropa ittifoqi komissiyasi raisi) tomonidan ishlab chiqilgan iqtisodiy va valuta ittifoqini barpo etish dasturi G ‘arbiy Yevropa integratsiyasi rivojidagi keskin burilish bosqichi bo’ldi.
«Delor rejasi» doirasida quyidagi maqsadlar ko’zda tutilgan edi:
— umumiy bozorni tashkil etish, bozor mexanizmini takomillashtirish maqsadida raqobatni rag’batlantirish;
— qoloq hududlarni tarkibiy jihatdan bir xillashtirish;
— inflyatsiyani jilovlash, narxlar darajasi va iqtisodiy o’sishni barqarorlashtirish, davlat budjeti kam om adini cheklash hamda ushbu kamomadni qoplash usullarini takom illashtirish maqsadida budjet-soliq siyosatlarini muvofiqlashtirish;
— pul-kredit va valuta siyosatlarini muvofiqlashtirish uchun muayyan organni tashkil etish;
— yagona valuta siyosati, qat’iy belgilangan valuta kurslari va jamoaviy valuta — YKYni joriy etish.
1991 -yildan Yevropa valuta tizimida «Delor rejasi» asosida valuta-iqtisodiy ittifoqni bosqichma-bosqich shakllantirishni nazarda tutuvchi Maastrix shartnomasi ishlab chiqildi va mazkur shartnoma doirasida 1999-yil 1-yanvardan yagona yevropa valutasini joriy etishga m o’ljallangan islohotlar amalga oshirildi.
Yevropa valuta tizim iga kirish uchun dastlabki qadam larni tashlashga Germ aniya, Fransiya va Belgiya tayyor bo’lib, ularning imkoniyatlari yuqori baholandi. Birm uncha past salohiyat bilan Avstriya, lspaniya, Portugaliya, Italiya, Finlandiya, Irlandiya o’rin egalladi, Shveysariya va Daniya esa ularga ergashdi. Valuta ittifoqiga Buyuk Britaniyaning qo’shilishi dolzarb masala bo’ldi.
Valuta ittifoqini shakllantirish va yagona valutani joriy etish bo’yicha reja ishlab chiqildi. Birinchi bosqich 1998-yildan Markaziy bankni (Frankfurt-na-Mayne) tashkil etishdan boshlandi. Yevropa Markaziy bankiga quyidagi funksiyalar biriktirildi:
— valuta operatsiyalarini samarali tashkil etish;
— yevrohududga a‘zo bo‘l g an davlatlarning maxsus almashinuv resurslarini saqlash;
— to‘lov hisob-kitob tizimi ustidan nazorat olib borish;
— yevrohududda pul emissiyasini tashkil qilish.
Yevrokengash «yevro hudud»ga kiruvchi mamlakatlarni aniqladi. Tanlash mezonlari sifatida quyidagilar o‘rnatildi:
— Infiyatsiya sur‘ati Yevropa Ittifoqining uchta narxlar daajasi eng b arqaror mamlakatlarning o’rtacha infiyatsiya darajasidan 1,5 foiz punktia os hmasligi kerak;
—Davlat budjeti taq ch illigi YalMning 3 % dan oshmasligi kerak;
— Davlat qarzi YIMning 60 % dan oshmasligi lozim;
— Milliy valutaning alma shinuv kursi ikki yil mobaynidaYevropa valuta tizimid a amaldagi (±15%) te bra nish chegara sid an chiqib k etmagan bo’lishi lozim.
Shu tarzda, «yevrohudud»ga 11ta mamlakat kirdi — Avstriya, Belgiya, Germaniya, Gollandiya, lspaniya, Irlandiya, Italiya, Lyuksemburg, Portugaliya, Finlyandiya, Fransiya. Gretsiva (mezonlarga javob b ermag anligi tufayli), Daniya (konstitutsion jihatdan nomuvofiqligi tufayli), Shvetsiya va Buyuk Britaniya «yevrohudud»ga kirmadi.
Ikkinchi bosqich 1999-yil 1-yanvardan boshlandi. «Yevroudud» ga kirgan mamlakatlar milliy valutalarining almashinuv kurslari yevroga nisbatan qat‘iy belgilandi, yevro naqdsiz shaklda YKYni birga bir nisbatda almashtirish asosida kiritildi.
Uch inchi bosqich 2002-yil 1-yanvardan boshlan di. Yagona namunada turli nominatsiyalarda yevro banknot va tangalarining muomalasi amalga oshirildi, ular a‘zo-mamlakatlarning milliy valutalari bilan parallel muomalada bo‘ldi hamda asta- sekinlik bilan milliy pul birliklarini alm ash tirish sodir bo‘ldi.
To‘rtinchi bosqichda, 2002-yil 1-iyuldan ishtirokchi mamlakatlarning milliy valutalari butunlay o’zlarining pul funksiyasini yo’qotdi.



Yagona valutadan foydalanish bir qator o’ziga xos xususiyatlarga ega. Bir tomondan yevro almashuv kurslari bilan bog’liq risklarni pasaytiradi, bu esa davlatlararo investitsiya munosabatlarini yengillashtiradi. Risk valuta hududida amalga oshiriladigan investitsiya chegarasida valuta kurslarining o’zgarishiga, hattoki, eksportga ham ta’sir kolrsatib, yuqori riskli holatlar kompaniyalar va xususiy sektor valuta risklaridan himoyalanish uchun ishlab chiqilgan moliyaviy instirumentardan foydalanish yo’llarini qidirishga olib keladi. Yagona valutaning muomalaga kiritilishi bir valutani boshqa bir valutaga bank operatsiyalarini amalga oshirishdagi bank komissiya to’lovlarini olib tashladi. Bunday operatsiyalardan tejamkorlik minglab operatsiyalarni hisobga olganda sezilarsiz edi.
Ikkinchi tomondan nisbatan barqaror moliya bozori tashkil etildi. Oldingi holatga nisbatan yevrohududda yagona valutaning kiritilishi likvidlikni oshiradi hamda raqobatni kuchaytirib, tovarlarni Yevropa Ittiloqi doirasida taqsimlanishini yengillashtirdi. Shuningdek, hududda moliyaviy operatsiyalar bilan bog’liq xarajatlarni kamaytirdi.



Download 253.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling