1. Yigirish tizimlari. Ip va uning asosiy xossalari. Ip va yarim fabrikatlarning asosiy xossalari


Download 89.5 Kb.
Sana24.06.2023
Hajmi89.5 Kb.
#1653354
Bog'liq
Paxta


Pahta tolasining asosiy xossalari

Reja:



1. Yigirish tizimlari.
2. Ip va uning asosiy xossalari.
3. Ip va yarim fabrikatlarning asosiy xossalari.
4. Pahta tolasining asosiy xossalari.
5. Yigirish rejasining tuzilishi.

Ip yigirish jarayonida tolali materiallar - pahta, jun, ipak, sintetik sun`iy tolalardan ip yigirib olinadi. Ip hozirgi vaktda takomillashgan yigirish mashinalarida yigiriladi.


Ma`lum yugonlik va pishiklikdagi ip yigirish uchun mahsus yigirish tizimidan foydalanadi.
Tanlangan mashina va mehanizmlar hamda ularda bajariladigan jarayonlar majmui yigirish tizimi deb ataladi.
Yigirish tizimi yigirilayotgan ipning yugonligiga, turiga, nimaga ishlatilishiga ip olinadigan tolali materiallarning asosiy xossalariga (asosan uzunligiga va ihchamligiga) karab tanlanadi.
Ip asosan turtta yigirish tizimida: karda (oddiy), kayta tarash (grebennoy), melanj va apparat tizimlarida yigiriladi.
a) karda (oddiy) tizimi. Bu tizimda asosan urta tolali ok pahtadan yugonligi T= 100-15,4 teksli (N 10-65) gacha bulgan ip yigirish uchun kabul kilingan. Bu tizimda tehnologik utimlar soni 5 yoki 6 ta buladi.
Karda tizimida yigirilgan ip pishik, bir tekis, toza chikaradi, undan chit, surp, maya, satin va boshka bejirim pishik gazlamalar tukiladi. Ip mahsulotning 60% dan kupi shu tizimda yigirilganligi sababli bu tizimdan keng foydalaniladi.
b) kayta tarash (grebennoy) tizim . Bu tizimda asosan, ingichka tolali pahtadan yugonligi T= 11,8-340) gacha bulgan ingichka va yukori sifatli ip yigirish uchun kabul kilingan. Bu tizimda tehnologik utimlar soni 9 tadan iboratdir.
Bu tizimda yigirilgan ip karda tizimida yigirilgan ipga karaganda ancha pishik, bir tekis, toza, sillik va chuziluvchan buladi, ammo mahsus mashinalar yordamida mahsulotga kushimcha ishlov berish zarurligidan va kayta tarashda kalta tolalarning chikindi sifatida ajratib tanlanishi tufayli kayta tarash tizimida olinadigan ipning chikishi mikdori kamayib ketadi. Bu esa uning tannarhini oshirib yuboradi. Shu sababli bu tizimdan uncha keng kullanilmaydi.
Kayta tarash tizimida yigirilgan ipdan hilma-hil pishik satin, mal-mal, mayya, volьta, markazet va boshka engil yozlik gazlamalar tukiladi. Kayta tarash tizimida yigirilgan ipdan tukiladigan gazlamalar ip gazlama sanogati ishlab chikariladigan yalpi mahsulotning 20-25% ini tashkil etadi. Bundan tashkari tikuvchilik poyafzal sanoati uchun ingichka pishik, chuziluvchan iplar galtak iplari, muline va kashtachilik hamda poponchilik iplari ham shu tizimda yigiriladi.
v) Melanj tizimi - melanj francuzcha suz bulib, aralashma ma`noni bildiradi. Bu tizimda asosan, urta tolali pahtadan, yigiruv fabrikasi chikindilaridan shuningdek, pahtaning kimyoviy tolalari bilan kushib olingan aralashmasidan yugonligi T= 100 -18,5 teks (N 10-54) gacha bulgan sifatli ip yigirilishi uchun kabul kilingan. Bu tizimda tehnologik zanjirdagi utimlar soni 9 tani tashkil etadi.
Melanj tizimida ip buyalgan va buyalmagan aralashma pahtadan yigiriladi. Bu tizimda yigirilgan ip pishik, bir tekis, tukli va toza buladi; undan har-hil, rang-barang kimmatbaho kostyumlik, palьtolik gazlamalar, ip jun, ip duhoba gazlamalar va odeyallar tukiladi. Bu tizimda yigirilgan ipdan tukiladigan mahsulotlar ip gazlama sanoati ishlab chikaradigan yalpi mahsulotlarning kariyib 10-15% tashkil kiladi.
g) Apparat tizimi - bu tizimda asosan past sortli (V-VI-sortli) pahta va kalta tolali pahtadan 15 % gacha hamda yigiruv va tukuv fabrikalari chikindilaridan , shuningdek, pahtaning jun va boshka tolalar bilan birga (50% gacha) aralashmasidan yugonligi T-500-41,7 teksli (N 2-24) ip yigirishda foydalaniladi. Bu tizimda tehnologik zanjirda utimlar soni turtani tashkil kiladi.
Apparat tizimida yigirilgan ip bush, notekis, chuzilmaydigan, momikday mayin va tukli buladi. Bunday ip asosan, arkon sifatida ishlatiladi va undan har-hil yumshok, issik (ayniksa bolalar uchun ishlatiladigan) gazlamalar tukiladi. Bunday gazlamalar ip gazlamalar sanoati ishlab chikariladigan yalpi mahsulotning kariyib 10-15% ni tashkil etadi.
Har bir ip yigiruv fabrikasida ma`lum yugonlikdagi va ma`lim sifatli ip ishlab chikarilishi lozim. Yigirilgan ip yahshi sifatli va tannarhi past bulishi kerak. Shu maksadda ip yigirish tizimida, hom ashyo ingichkaligiga karab, ma`lum yugonlikdagi ip ishlab chikarish uchun fabrikada yigirish rejasi tuziladi. Bu rejada hamma mashinadan olinadigan holst, pilta, pilik va ipning yugonligi, pilta va pilik ipning pishitilish koefficienti 1 m ga tugri keladigan buramlar soni, chuzish kattaligi va mashinalardagi asosiy ishchi organlarning tezligi kursatiladi.
Yigirish rejasi kanchalik anik va mukammal tuzilsa, fabrika shunchalik samarador ishlaydi.
Tolasining uzunligi 30/33 mm bulgan bazaviy sortli urta tolali pahtadan karda tizimida va ingichka tolali kayta tarash tizimida olingan, yugonligi 18.5 - 100 teks (N 54-10).
Yugonlik 18.5 teksli (N = 54) tanda ipini yigirish rejasi.

Т/р

Mashinalar



Mahsu-
lotning yugonligi
teks (№)



Chuzish
marta



Kushi-
lishlar
soni



Pishi-
tish
koef.



1 m.ga
tugri
kelad.
buram
soni

Tezlik min-1



Urchuk-
lar



Mahsu-lot chikaruv.
organlar

1.

Savash mashinasi

384,6
(0,0026)

-

-

-

-

-

10(yumala-tib urovchi val)



2

Tarash mashinasi

3225
(0,31)

119

1

-

-

-

31(ajratish
barabani)

3

LNS markali 1-utim

3225
(0,31)

8

8

-

-

-




4

II-o’tim

3225
(0,31)

8

8

-

-

-




5

Pillik mashinasi

3225
(3,5)

11,2

1

10,35

61,0

800

192

6

Yigirish mashinasi

18,5
(54)

15,4

1

41,1

824

10400

161

Fabrikada tehnologik jarayon tugri borishi har bir yugonlikdagi ip yigirish uchun alohida yigirish rejasi tuziladi. U kuyidagi asosiy omillarni hisobga olib tuzilishi lozim:
- tehnologik jarayon kiska bulishi, kam mashinalardan utishi, uning tannarhi past bulishi kerak.
- katta tezlik bilan ishlaydigan eng sunggi va takomillashganligi kuzda tutish lozim.
- jarayonlar tula mehanizaciyalashtirilgan va iloji boricha avtomatlashtirilgan (ayniksa uzilgan ipni ulash, tulgan naychalarni chikarish avtomatlashtirilgan) bulishi kerak;
- tayyorlov bulimi mashinalari ulchovlari kattalashtirilgan bulishi lozim.
Yigirish rejasi mana shularni hisobga olgan holda tehnikaviy jihatdan ham yahshi samara beradi, natijada a`lo sifatli va tannarhi past mahsulot ishlab chikariladi.
2. Ip kuyidagi talablarga javob berishi kerak:
- ma`lum yugonlikda, uzunligi, kundalang kesimi buyicha bir tekis bulishi;
- pishikligi jihatidan GOST talablariga mos kelishi;
- ma`lum uzayish koefficientiga ega bulishi, turli uchastkalarda bir hil uzayishi;
- 1 metrga tugri keladigan buramlar soni bir hil, bir tekis pishitilgan bulishi;
- toza bulishi (has-chuplar bulmasligi) va saklash vaktida iflos lanmasligi gigiena talablariga javob berishi;
- ip katlamlari naychalarga zich va tugri uralishi naychalarga iloji boricha kuprok uzun ip ketishi, ishlatish vaktida ip naychalardan osongina chuvalib chikishi lozim.
Yigiruv fabrikasida pahta tolasi va boshka tolalar bilan aralashmasidan har hil iplar yigiriladi. Ishlatilishi, ingichka yugonligi (nomeri), tayyorlanishi va buyalishiga karab iplar turli hillarga bulinadi.
Nimaga ishlatilishiga karab iplar :
- gazlama tukiladigan (tanda va arkok iplari);
- trikotaj tukiladigan (bunda asosan tanda ipi ishlatiladi);
- tehnika maksadlari uchun (avtokard, belьting, kirza, turt va
boshka buyumlar ishlab chikarilishi uchun) ishlatiladigan iplarga bulinadi.
Tanda ipi gazlamaning buylama, arkok ipi esa kundalang iplarni hosil kiladi. Tanda ipi tukuv dastgohida tarang turishi kerak, bu taranglik tukish jarayonida bir necha marta uzgarib turadi, shuning uchun pishik va kayishkok bulishi zarur. Bunday ip yukori sifatli pahta tolasidan ishlanadi, unga arkok ipiga nisbatan kuprok buramlar berib, yahshirok pishitiladi. Aks holda tukish jarayonida uzilaveradi, natijada mehnat unumdorligi ancha kamayadi, gazlama sifatsiz chikadi.
Trikotaj tukiladigan ip toza, bir tekis va kamrok pishitiladigan bulishi kerak, chunki tukish jarayonida xalqa hosil bulish paytida iplar kupincha tarang holda emas, balki bush holda buladi, agar ip kup pishitilgan bulsa, xalqalar chigal chikishi mumkin.
Agar ip bir tekis bulmasa iflos bulsa chigal xalqalar hosil kilsa, tukish paytida kup uziladi va ignalarning sinishiga sabab buladi.
Galtak ip (pishitilgan ip olishi uchun yakka iplar bir tekis bulishi kerak, aks holda ular notugri buriladi (eshiladi), natijada ip uncha pishik chikmaydi, galtak ipning pishikligi maksimal bulishi uchun iplarning soni unchalik bulmasligi, ammo iplar uzunligi buyicha bir tekis bulishi lozim.
Tehnika maksadlari uchun ishlatiladigan iplar juda pishik va tekis buramlari soni juda anik bulishi kerak. Bu iplar bir necha marta uzilmasdan, bir oz uzayib uzilishi lozim.
Yigirish tizimiga karab, pahta tolasidan yigirilgan ip:
1. Karda tizimida yigirilgan;
2. Kayta tarash tizimida yigirilgan;
3. Melanj tizimida yigirilgan;
4. Apparat tizimida yigirilgan iplarga bulinadi.
Iplar yakka va pishitilgan buladi. Yakka ip - yigirish mashinasidan olinadigan tanda yoki arkok iplar.
Pishitilgan ip olish uchun bir necha yakka iplarni kushib buriladi. Ba`zan iplarni pishitishda ulardan uzaro ilmoklar, tugunchalar, spirallar hosil kilib, shakldor buramli ip olinadi.
Tolalarning buyalishiga karab iplar: 1. buyalmagan; 2. buyalgan; 3. buyalgan pahta tolasidan yigirilgan; 4. Melanj (har hil rangga buyalgan pahta tolasidan olingan; 5. gul bosilgan (nuktalar yoki buyalgan uchastkalar tarzidagi rangli nakshlar, gullar bosilgan) hillariga bulinadi. Buyalgan pahta tolasini yigirib ham ip olishi yoki oldin pahta tolasidan ip yigirib, keyin ipni buyash ham mumkin.
Ba`zan iplar okartirish va merserizaciya (natriy eritmasi bilan ishlov berish) jarayonida utkaziladi, ularning tuklari kuydiriladi. Bularning natijasida ip kurkamlashadi, strukturasi uzgaradi, pishikligi oshadi, kam kirishadigan buladi, chiroyli va sifatli buyaladi.
Ishlab chikarilgan ipning sifati fabrika laboratoriyasida tekshirib boriladi. Laboratoriya ipning asosiy xossalari: yugonligi (nomeri)pishikligi, uzayishi pishitilishi muntazam ravishda sinab turiladi.
3. Ipning xossalari yarim fabrikatning xossalari bilan chambarchas boglik buladi. Yarim fabrikatlar (holst, pilta, pilik)ning xossalari kanchalik yahshi bulsa, ulardan shunchalik yukori sifatli iplar olinadi.
Ipning nomeri. Ipning yugonligi va ingichkaligi uning asosiy xossalaridan biri bulib, teks (nomer) bilan ifodalanadi. Iplar yugon, urtacha yugonlikdagi va ingichka buladi. Yugonligi (500-41,7 teks bulgan ipning nomeri N 2-24 buladi, bu ip odatda, yugonligi past nomerli ip deyiladi; yugonligi 41,7 -15,4 teks bulgan ipning nomeri N 24-65; bunday ip urta nomerli ip, yugonligi 11,8 - 3 teks, ya`ni N 85-340 nomerligi ip esa ingichka yoki yukori nomerli ip deb ataladi.
Ipning nomerini (yugonligini aniklash uchun ip uralgan naychadan uzunligi 100 m ga teng ipning motavilada kalava kilib urab olinadi, sungra uni tarozida tortib, uzunligi ogirligiga bulinadi (metrik ulchov sistemasida)

I
N = -----;


g
bu erda N - ipning nomeri
I - uzunligi, m
g - ogirligi, g

Ipning nomeri kalava kilingan ipni tarozida tortmasdan kvadrat asbobi yordamida aniklash ham mumkin. Ma`lumki to’qimachilik sanoatida mahsulotning ingichka yugonligini aniklash uchun kupdan beri metrik ulchov tizimi kullanilib kelmokda. Ammo bu tizimda ancha kamchiliklar bor, chunki ma`lum uzunlikdagi mahsulotni tarozida tortib, uni ogirlikka bulinadi, ya`ni uzunlik birligiga tugri kelgan ogirlik topiladi, lekin ogirlik birligiga tugri kelgan uzunlik topilsa, mahsulotning nomeri anikrok buladi. Mahsulotning urtacha nomerini tajribalarning urtacha arifmetik kiymati orkali topish ingichkaligi - massasi (razvesi) orkali aniklanadi. Mahsulot kanchalik yugon bulsa shunchalik ogirrok buladi. Yukorida keltirilgan kamchiliklari borligi uchun metrik ulchov tizimidan SI tizimiga, ya`ni teks (tex) tizimiga util-


di.
Massa birligi uchun gramm, uzunlik birligi uchun kilometr kabul kilinadi. Mana shu harakteristika teks deb ataladi. Shunday kilib, SI tizimida ip mahsuloti yugonligini kuyidagi formuladan foydalanib aniklash mumkin:

m 1000*m
T = ----- = --------


L L1

bu erda T - mahsulotning yugonligi , teks


m - mahsulotning massasi, g
L 1- mahsulotning uzunligi, km
L - mahsulotning uzunligi, m
Ip yigiruv fabrikalarida ishlab chikariladigan ip va yarim fabrikatlarning yugonligi har hil bulganligi tufayli yukorida keltirilgan GOST ga asosan teksni katta va kichik birliklarda ham keltirish mumkin bulsa, milliteks (mg/km) ishlatiladi, bunday yugonlikdagi mahsulotlar jumlasiga eng ingichka ip, pishik va tolalar kiradi, agar yugonligi 1000 teksdan katta bulsa, kiloteks (kg/km) da ifodalanadi. Bunday yugonlikdagi mahsulot holst va holstchalar hisoblanadi.
Masalan, 1000 * Tn = T = 0,001 Tk,
bu erda Tm - mahsulotning yugonligi, milliteks;
Tk - mahsulotning yugonlmigi, kiloteks;
Yigiruv fabrikalarida tolalar, iplar va yarim fabrikatlarning ingichkaligi birlik massaga bevosita tugri kelgan uzunlik bilan belgilanadi, boshkacha kilib aytganda, nomer teksning teskari kiymatiga teng:

L m
N = ----- = -----


m L

bu erda, N - mahsulotning nomeri;


m - uzunligi;
Lm- bulgan mahsulotning massasi, g Nomer bilan teks urtasidagi boglanishni topamiz:
1000 1000
N = N yoki T = ----- N = -----
N T
misol: T = 25 teks
N = 40

1000
T = ----- = 25 teks


N
1000
N = ----- = 40
T

Ipning pishikligi dinamometrda aniklanadi. Ipning uzuvchi kuchlar ta`siriga karshilik kursatish xossasi uning pishikligi deb ataladi. Dinamometrda sinashda ipni uzuvchi kuchning topilgan kiymati ipning pishiklik ulchovi kilib kabul kilingan. Ipning uzuvchi kuchlar ta`sirida uzayish xossasi uning chuziluvchanligi deb ataladi.


Ipning pishikligi katta ahamiyatga ega. Shuning uchun uni tugri aniklash lozim. Ipning pishikligi ikki usulda:
1. Yakka iplarni uzib;
2. Kalava iplarni uzib aniklanishi mumkin.
Ipning uzilishi uzunligining kiymati kuyidagi formula bilan
aniklanadi:
P gk
R = ----- [km -----]
T teks

bu erda R - yakka ipning uzilish uzunligi, m,km


R - yakka ipning pishikligi, teks
T - ipning yugonligi, teks

Kalava ipning pishikligi aniklashda puhtalik kiymatidan foy-


dalaniladi. Puhtalik kiymati kuyidagi formuladan topiladi.

Q
D = ----


T

bu erda, D - puhtalik


Q - kalava ipning pishikligi, kg
T - ipning yugonligi, teks

Ipning puhtaligi bilan uzilish uzunligi urtasida kuyidagi


boglanish bor:
R = K * D

bu erda, K - tajriabadan topiladigan koefficient; u 6-6,5 ga teng (ipning sifati ancha yukori bulsa, bu koefficient shuncha katta olinadi) Yakka ipning sifat kursatkichi kuyidagicha aniklanadi:


R
Pk = -----
S(r)

bu erda, R - yakka ipning pishikligi buyicha notekisligi, % S (r) - yakka ipning pishikligi buyicha notekisligi, % Kalava ipning sifat kursatkichi formula bilan topiladi:


Q
Pk = -----


S (N)

bu erda, Q - kaava ipning pishikligi;


S (N) - ipning yugonligi buyicha noteksligi, %Pahta tolasining asosiy xossalari undan olinadigan ipning xossalariga bevosita ta`sir kiladi. Shuning uchun pahta tolasining asosiy xossalari bilan tanishib chikamiz.
Pahta tolasining tuzilishi (strukturasi) uning hamma xossalarini belgilaydi va tolaning pishib etilganlik darajasiga boglik buladi.
Hamma tolalar pishib etilganlik jihatdan 11 guruhga bulinadi: 0,0; 0.5; 1.0; 1.5; 2.0; 2.5; 3.0; 3.5; 4.0; 5.0
Agar pahta tolasi butunlay pishmagan bulsa (ulik tola), devorlari juda yupka uzun naychaga uhshaydi. Bunday tola juda notekis va bush bulib, undan sifatli ip olib bulmaydi, buyokni yahshi olmaydi. Bunday tolaning devori fakat bir kavat - kutikuladan iborat, holos, kutikuladan esa moy - mumli moddalar juda kup, xo’jayra - cellyuloza juda kam buladi. Ulik tolalar bir biriga yopishkok yaltirok, nafis katlamlardan iborat.
Tolaning pishikligi uning ichki kavatidagi yigilgan cellyuloza mikdori bilan belgilanadi. Tola ichida cellyuloza kancha kup bulsa, tola shunchalik etilgan buladi. Chanok ochilgandan keyin tola kuriydi, uning devorlari bir biriga yopishgan lentasimon shaklini oladi, hamda unda jingalaklik hosil buladi. Tolaning etilish darajasi ortadi, shunchalik kup jingalaklanadi. Pahta tolasi pishgan sari uning tashki diametri ichki diametriga nisbatan oshadi va u pishganlik koefficienti deb ataladi.
Ba`zan pishib utib ketgan tolalar ham uchrab koladi. Bunday tolalarning devori haddan tashkari kalin, pishik, biroz dagal buladi. Bunday tolalardan jingalakliklar bulmaydi.
Tolaning pishib etilganligi mikrokimyoviy usulda, polyarizaciya nuri ta`sirida olinadigan rangiga karab, shuningdek mikroskop ostida kurinishi etalonga solishtirib kurib bilish mumkin.
Pahta tolasining uzunligi har hil buladi. Chigitdagi eng uzun tola, bu modalь uzunlik deb ataladi va Lm bilan belgilanadi. Tolaning madalь uzunligidan (3-4 mm) uzunrok tolalar gruppasiga shtapel uzunlik deb ataladi va L sht deb belgilanadi.
Hamma tolalarning urtacha uzunligiga tugri keladigan uzunlik, urtacha uzunlik deb ataladi va Lu bilan belgilanadi.
Tolaning shtapelь uzunligi yigirish va boshka mashinalarga oralik (razvodka) kuyiladi.
Pahta tolasining asosiy xossalari uning pishib etilishi, jingalakligi, tolasining uzunligi, tolaning bir tekisligi, tolaning yugonligi, tolaning pipishikligi va chuziluvchanligi, pahta tolasining namligi, pahta tarkibidagi has-chuplari kiradi.
Pahta tolasining uzunligi kul yordamida shtapelga kilib tekshirish yoki laboratoriyada V.N.Jukov asbobi yordamida aniklash mumkin. Tolaning uzunligi bir tekisligini ifodalovchi kursatkich tolaning bazasi (S%) deb ataladi.
Odatda, ingichka pahta tolasining bazasi 27-35% ni, urta tolali pahta tolasining bazasi 32-38% ni tashkil kiladi.
Har hil uzunlikdagi tolalarni uzaro solishtirib kurish uchun tekislik kursatgichini kiritgan, bu kursatgich modalь uzunlik bilan bazaning kupaytmasiga teng.

S = Lm * S


Pahta tolasining yugonligi, ingichkaligi asosiy xossalaridan biridir. Tola kancha ingichka bulsa, bir hil yugonlikdagi ipning kundalang kesimida shuncha kup tola buladi. Shuning uchun, undan ingichka va pishik ip olinadi. Tolaning kundalang kesimini mikroskop orkali ulchash mumkin. Urta tolali pahta tolasining kundalang kesimi 18-24 mikron, ingichka tolasiniki 6-12, yugon-dagal tolali pahtaniki esa 40 mikrongacha bulishi mumkin.


Tolaning yugonligi teks yoki milliteks bilan ulchanadi. Urta tolali pahta tolasining yugonligi 222-181 mtek (N 4500-5500) gacha, ingichka tolali pahta tolasiniki 167-125 mteks (N 6500-8000) gacha. Tola yoki ipning yugonligini aniklashda kuyidagi formulalardan foydalaniladi:

m g mg
T = ------ ------; -----; teks


L km m

bu erda, T - tolaning yugonligi, teks, m - massasi, g (yoki mg)


L - uzunligi, km (yoki m).
Pahta tolasining pishikligi uning asosiy xossalaridan hisoblanib ip yigirishda katta ahamiyatga ega.
Tolaning chuzuvchan kuchlarga karshilik kursatish kobiliyati uning pishikligi deyiladi. Tola kanchalik pishik bulsa, undan shunchalik pishikip olinadi. Agar tola 5 gk (gramm kuch) ta`sirida uzilsa tolaning pishikligi sortiga boglik bulib, u (dinomometr) yordamida aniklanadi.
Tolaning nisbiy pishikligi kuyidagi formuladan aniklanadi.

Rt
Ri = ------[gk/teks]


Tt

bu erda, Ri - tolaning nisbiy pishikligi, gk/teks;


Rt - tolaning pishikligi (uzuvchi nagruzka), gk
Tt - tolaning yugonligi, teks
Pahta tolasining uzuvchi kuchlar ta`sirida bir oz uzayish xossasi uning chuziluvchanligi deb ataladi va uning mikdori 5-8% ni tashkil etadi. Tola kancha kup chuzilsa (uzaysa), u shuncha elastik buladi va undan shuncha pishik ip olish mumkin:

Rt = Rt * N


bu erda, R - tolaning pishikligi. gk;


N - tolaning nomeri.
SI - tizimida

Rt = Rt [km]


bu erda, T - tolaning yugonligi, teks urta tolali pahtaning uzilish uzunligi 24-25 km, ingichka tolali pahta tolasining uzilish uzunligi esa 32-40 km.


Tolaning pishib etilganligi uning uz uki atrofidan 1800 burilishi natijasida tolalar palmani eslatuvchi shaklni oladi. Tolaning bunday buramligi uning jingalakligi deb ataladi.
Tola kancha jingalak bulsa, shuncha yahshi pishib etilgan buladi, normal pishib etilgan buladi, normal pishib etilgan tolaning 1 sm uzunligiga 70-100 ta jingalaklik tugri keladi.
Pahta tolasining normal namligi yigirish jarayonida muhim rol uynaydi. Pahta tolasida ma`lum mikdorda namlik buladi. Havoning namligi va haroratining uzgarishi pahta tolasi boshka materiallarga nisbatan tezrok "sezadi" . Tolaning namligini uzgartirish xossasi uning gigroskopligi deb ataladi.
Pahta tolasining namligi formuladan topiladi:

Dd - Dk
Wf = -----------* 100%


Dk

bu erda, Wf - namuna pahta tolasining namligi,%


Dd - namuna pahta tolasining dastlabki massasi, g/kg
Dk - namuna pahta tolasining kuritilgandan keyingi massasi,
g/kg
Pahta tolasining namligi kondencion apparat, elektrik nam ulchash asbobi, termovlagometr va boshka asboblar bilan ulchanadi.
Pahtaning hisobiy namligi kuyidagi formuladan topiladi:
______
Wp = (a + b + s) 100 - tk
bu erda, a va b uzgarmas koefficientlar bulib, pahta uchun a- 0.8067; b- 0.02922; s - havoning nisbiy namligi; tk - kuruk termometrning harorati.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Sh.R. Marasulov « Pahta va himiyaviy tolalarni yigirish», Toshkent, 1986 yil, I-kism.
2.N.N. Milovidov , K.I.Badalov « Pryadenie hlopka», M,1972 yil,I-kism
3.B.A. Azimov « Pahta yigirish fabrikalarini loyihalash»,T,1995 yil.
4.N.I. Truevcev «Mehanicheskaya tehnologiya voloknitih materialov», M,1969 yil.
Download 89.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling