Sug‘urta kompaniyalarining moliya bozorlaridagi operatsiyalari Reja: Xalqaro sug`urta bozori Xalqaro sug`urtaning turlari Yevropa sug`urta bozori Sug`urta kompaniyalarining investitsiyalari
Download 1.25 Mb.
|
1 2
Bog'liqMOLIYA BOZORI
- Bu sahifa navigatsiya:
- AQSHda 9130 dan ortiq sug’urta kompaniyalari faoliyat yuritadi va sug’urta to’lovlari aholi jon boshiga 1999 yilda 2334 EKYuni tashkil qilgan.
Sug‘urta kompaniyalarining moliya bozorlaridagi operatsiyalari Reja: 1. Xalqaro sug`urta bozori 2. Xalqaro sug`urtaning turlari 3. Yevropa sug`urta bozori 4. Sug`urta kompaniyalarining investitsiyalari1. XALQARO SUG’URTA BOZORI Sug’urta moliyaning integratsiyalashgan shakllaridan hisoblanadi. Dunyoning yirik sug’urta kompaniyalari, birgalikda sug’urtalash va qayta sug’urtalash operatsiyalarini amalga oshirish uchun birlashadilar. Ko’pgina mamlakatlarda xorijiy sug’urta kompaniyalarini milliy bozorlarga kirishiga ruxsat etilgan. Masalan, 1992 yildagi Maastrixt shartnomasiga asosan, Yevropa mamlakatlarida xorijiy kapitalni cheklash bo’yicha barcha to’siqlar olib tashlandi va Yevropada yagona sug’urta bozorini shakllantirishga qaratilgan tadbirlar boshlandi. Shunday bo’lsada, milliy sug’urta bozorlari o’ziga xos xususiyatlarni saqlab qolmoqda. Bu xususiyatlar birinchidan, sug’urta sohasining tarkibi va taklif etilgan sug’urta himoyasining turlariga taalluqlidir. Masalan, hayotni sug’urtalash, sug’urta bo’yicha yig’iladigan badallarning 77 foizini tashkil etsa, bu ko’rsatkich Yevropada - 47 foiz, Shimoliy Amerikada - 42 foizni tashkil etadi. Bunday tafovutning yuzaga kelishiga asosiy sabab, davlat tomonidan ijtimoiy himoya past bo’lgan mamlakatlarda, aholining pensiya ta'minotini o’zlari hal qilishidir (G’arbiy Yevropa sug’urta bozorining tarkibini 1-jadvaldan ko’rish mumkin). AQSHda 9130 dan ortiq sug’urta kompaniyalari faoliyat yuritadi va sug’urta to’lovlari aholi jon boshiga 1999 yilda 2334 EKYuni tashkil qilgan. Axoli jon boshiga sug’urta to’lovlari eng yuqori bo’lgan mamlakat - Lyuksemburg bo’lib, 1999 yilda u aholi jon boshiga 2800 EKYuni tashkil etgan. Sababi, Lyuksemburgni nemislar, belgiyaliklar va boshqa mamlakatlardan kelgan mexmonlar bu erni kapital joylashtiriladigan «soliq jannati» deb atashadi. Buyuk Britaniyada eng erkin sug’urta tizimi barpo etilgan. Bu yerda xattoki, sug’urta kompaniyalarini nazorat qiladigan maxsus organ ham yo’q. Nazorat sanoat departamenti tomonidan amalga oshiriladi. Sug’urta badallarini o’rnatish va sug’urta qilish qoidalari erkinligiga qaramasdan, bu yerda ko’rsatilayotgan xizmat sifati boshqa mamlakatlardagidan ancha yuqori, narxlari esa, past darajada. Tarixan tarkib topishiga ko’ra, Britaniya sug’urta bozori ikkita mustaqil qismga bulingan: London va boshqa barcha hududlar. London bozori, odatda, xorijiy mijozlarni, dengiz kemalarini, neft kompaniyalarini, TMKlarni sug’urtalaydi. London bozorida hukmronlik qiluvchi Lloyd sug’urta kompaniyasi oxirgi yillardagi qiyinchiliklardan, faqatgina, jiddiy tashkiliy islohotlarni amalga oshirish bilan chiqmoqda. Ushbu qiyinchiliklar mamlakat ichkarisidagi mijozlarni sug’urtalovchi - ichki sug’urta bozoriga ta'sir etmadi. Germaniyada qayta sug’urtalash keng rivojlangan. Bu - Birinchi Jahon urushidan keyin, to’g’ri sug’urtalash bilan shug’ullanayotgan nemis sug’urta kompaniyalariga xorijda faoliyat yuritish ta’qiqlanishi natijasida yuzaga keldi. Chunki, ushbu ta’qiqlar qayta sug’urtalovchilarga taalluqli emasdi va sug’urta kapitali yillar davomida ushbu sohaga oqib utdi. Nemis bozorining eng muhim tomoni - bank sug’urtalashdir, ya'ni sug’urta kompaniyasi o’z savdo shoxobchasida nafaqat sug’urtalash bilan, balki bank xizmatlarini ko’rsatish bilan ham shug’ullanadi. Frantsuz sug’urta bozori hayotni sug’urtalash va avtomobil sug’urtasiga ixtisoslashgan. Ayniqsa, avtomobil va avtotransport egalari javobgarligini sug’urtalash kuchli darajada rivojlangan. Birinchi Jahon urushidan so’ng, ko’pgina yirik korxonalar va banklar singari sug’urta kompaniyalari milliylashtirilgan edi va uzoq vaqt davlat ixtiyorida bo’ldi. 2. XALQARO SUG’URTANING TURLARI Yevropa iqtisodiy hamkorlik tizimida qabul qilinishicha, sug’urta tashkilotlari ixtisoslashgan va ixtisoslashmagan asosda o’z faoliyatlarini tashkil qiladilar. Ixtisoslashmagan sug’urta tashkilotlari sug’urtaning bir necha turlari bo’yicha o’z ishlarini olib boradilar. Ixtisoslashgan sug’urta tashkilotlari 1-2 yo’nalishlarda ixtisoslashgan holda faoliyat yuritadilar. EHTda sug’urta guruhlari quyidagi ikki xilga bo’linadi: uzoq va qisqa muddatli umumiy sug’urta turlari. Uzoq muddatli sug’urta turlariga quyidagi etti xil sug’urta yo’nalishlari kiradi: • hayotni va annuitentini sug’urtalash; • nikoh va farzand tavalludini sug’urtalash; • sog’liq uzluksizligini sug’urtalash; • tonting sug’urtasi; • kapitalni qayta sug’urtalash; • pensiya sug’urtasi; • boshqa turdagi uzoq muddatli sug’urtalar. Yuqoridagi uzoq muddatli sug’urta turlaridan boshqa xalqaro amaliyotda quyidagi sug’urta yo’nalishlari mavjud: Fuqarolarni qo’shimcha pensiyaga sug’urta qilish -sug’urtachi bilan sug’urtalanuvchi o’rtasida shartnoma tuzishdan boshlanadi. Bunday shartnomalar 25 yildan 60 yilgacha erkaklar va 20 dan 55 yilgacha bo’lgan ayollar bilan faqat ularning foydasini ko’zlab tuziladi. Kushimcha pensiyaga sug’urtalangan fukaro, faqat sug’urta muddati davomida hamda qo’shimcha pensiya olish davrida baxtsizlik hodisalaridan ham sug’urtalangan hisoblanadi. Pensiyaga chiqqungacha o’tgan davr sug’urta muddati deb ataladi. Bu muddat tugagach, agar sug’urta shartnomasi bo’yicha hamma badallar to’langan bo’lsa, sug’urtalanuvchi pensiya yoshiga tulgandan so’ng, ularga umrlari oxirigacha qo’shimcha pensiya to’lanadi. Baxtsiz hodisalardan sug’urtalash hayotni aralash sug’urtalash qoidalari asosida shakllanib, shu bilan birga, alohida sug’urta sifatida ham amalga oshiriladi. Sug’urta shartnomasi amal qilgan davrda sug’urta hodisasi sodir bo’lib kolsa, bu holda tekshirish o’tkazilib, hujjatlar asosida sug’urta koplamasining miqdori aniqlanadi. Agar sug’urta shartnomasining muddati tugasa, baxtsiz hodisa sodir bo’lishi munosabati bilan sug’urta koplamasi to’lansa, sug’urtalangan shaxs vafot etsa, sug’urtalangan shaxs doimiy ishlash uchun chet elga ko`chib ketsa, sug’urta shartnomasi bekor qilinadi. Shuni aytish kerakki, sug’urta idoralari baxtsizlik hodisalari sababini chuqur o’rganish va uni aniqlash maqsadida sug’urtalanuvchining tibbiy kurikdan o’tishi uchun mutaxassis shifokor xuzuriga borishlari shart Xalqaro sug’urta bozoridagi operatsiyalar. Sug’urta bozori bir necha sug’urta tashkiloti tashabbusi bilan shakllanib, bir shaxar, mamlakat miqyosida emas, balki bir necha mamlakat doirasida, xalqaro sug’urta bozori sifatida shakllanadi, qayta sug’urtalash tadbirlarini amalga oshirishga yordam beradi. Bozor sharoitida faoliyat yurituvchi sug’urtalovchining qayta sug’urtalashga bo’lgan ehtiyojlari hozirgi kunda hech kimga sir emas. Uziga katta riskni oluvchi, lekin yetarli darajadagi rezerv va zahira fondlari bo’lmagan sug’urta tashkilotlari ob'ektiv yondoshgan holda qayta sug’urtalashni rivojlantirish uchun shart-sharoirt yaratib, shu yo’l bilan o’zlarining moliyaviy ahvollarini barqarorlashtiradilar. Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling