1. Yiringli yallig‘lanish jarayonlarini keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlar


Gepatit viruslari: A, B, C, D, E, F, G va Retroviridae oilasi tasnifi, laboratoriya tashxisi


Download 119.76 Kb.
bet9/24
Sana03.12.2023
Hajmi119.76 Kb.
#1797485
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24
Bog'liq
1-27 mavzu

10. Gepatit viruslari: A, B, C, D, E, F, G va Retroviridae oilasi tasnifi, laboratoriya tashxisi.
Yuqumli kasalliklar tabobatning dolzaib muammolaridan biridir. Yer yuzida hozirgi vaqtda milliardlab odamlar u yoki bu yuqumli kasallikni boshidan kechiradi. Tibbiyot xodimlarining sayi harakatlari natijasida ba’zi kasalliklar (poliomielit) butunlay bartaraf qilingan bo‘lsada, ba’zi kasalliklar bilan kasallanish darajasi yuqoriligicha qolmoqda. Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti m a’lumotlariga ko‘ra, dunyoda har yili meningokokkli meningit bilan og‘rigan 300000 nafar holat qayd qilinsa, shundan 30000 nafari o‘lim bilan tugaydi. Vabo kasalligi 2005-yilda Rossiya va boshqa MDH mamlakatlarida ko‘piab qayd qilindi. XXI-asr boshidan parranda grippi epidemiyasi Sharqiy Osiyo mamlakatlari (Xitoy, Laos) hududida qayd qilingan bo‘lsa, 2005-yilga kelib Rossiya va Yevropa mamlakatlarida (Ruminiya, Italiya) tarqaldi. 2006-yilda esa kasallik Turkiya va Ozarbayjonda ro‘yxatga olingan, Turkiyada odamlar orasida kasallanish kuzatilib, o‘lim holatlari qayd qilindi. Yuqumli kasalliklar muammosi tibbiyot xodimlari (vrachlar, hamshiralar) oldida qiyinchiliklar tug'dirmoqda. Oliy o‘quv yurti talabalariga yuqumli kasalliklarni o'qitish muhim masalalardan biridir. Talabalarga bilim berish va o ‘qitishda zamonaviy adabiyotlar va internet ma’lumotlaridan keng foydalanilmoqda, ammo oliy malakali hamshiralar uchun mo'ljallangan adabiyotlar juda kam. Qo'llanma oliy hamshiralik ishi fakulteti talabalari uchun m o‘ljallangan. Risolada yuqumli kasalliklarda hamshiralik ishi o'quv dasturidagi mavzular yoritilgan bo‘lib, kasalliklarning etiologiyasi, epidemiologiyasi, tashxisoti, davosi va profilaktikasi oliy hamshiralik ishi fakulteti talabalariga moslab bayon etilgan. Darslikda o‘quv dasturiga kiritilmagan, ammo hozirgi kunda dolzarb muammo bo‘lgan Qrim-Kongo gemorragikisitmasi va parranda grippi mavzulariga bag‘ishlangan qo‘shimcha ma’lumotlar ham keltirilgan. Biz o‘ylaymizki, ushbu o‘quv adabiyoti oliy malakali hamshiralar fakulteti talabalarining bilim olishida, o‘quv dasturida keltirilgan mavzulami o'zlashtirishida o‘z samarasini beradi. Mualliflar. I bob YUQUMLI KASALLIKLAR HAQIDA MA’LUMOT Yuqumli kasalliklar qadim zamonlardan ma’lum bo'lib, o‘zining ommaviy tarqalishi, og‘ir kechishlari bilan bir necha xil nomlar bilan atalgan. Bu kasalliklami o‘sha zamon donishmandlari har xil «miazmazarrali» moddalar, havoning zaharii buglanishi va ilohiy kuchlaiga bog‘laganlar. Sharqning buyuk namoyandasi, mashhur olim va shifokor Abu Ali ibn Sino (1980-1037) birinchilardan bo‘lib o‘zining «Al - qonun» asarida «o‘lat, chinchechak, qoraoqsoq va boshqa ommaviy tarqaluvchi kasalliklami ko'zga ko‘rinmaydigan jonivorlar qo‘zg‘atsa kerak» deb gumon qiladi va ular epidemiyasiga qarshi chora-tadbirlar ishlab chiqadi. XVI asrga kelib, miazmalar nazariyasi kontagiya bilan almashinib, kontagioz kasalliklar deb yuritila boshladi, chunki bu davrga kelib, italiyalik olim Frakastro ham yuqumli kasalliklami qo‘zg‘atuvchi omili tirik jonivorlar ekanligini aytib, ularni 3 xil yo‘l bilan: kontakt, bemor foydalangan turli buyumlar va havo orqali o'tadi deb ta’kidlaydi. Mashhur fransuz olimi Lui Paster (1822-1885) maxsus tadqiqotlar o‘tkazib, odamlarda yuqumli kasalliklami qo‘zg‘atuvchi mavjudot - mikroorganizm ekanligini to‘la isbotlab berdi. Robert Kox (1843-1920) tomonidan mikroskop kashf etilishi bu nazariyani tasdiqladi. Shunday qilib, XIX asrning birinchi yarmida ba’zi yuqumli kasalliklarning qo‘zg‘atuvchi mikroblari ma’lum boigach, ular haqidagi ta’limot tez rivojlana boshladi. XIX asrning ikkinchi yarmida talaygina kasalliklami qo‘zg‘atuvchi mikroblar ketma-ket kashf etila boshladi. Buning natijasida ichki kasalliklar ichida o'rganilayotgan yuqumli kasalliklar mustaqil fan sifatida o‘rganila boshlandi. Respublika hududida yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish va o‘rganishda 1920- yil Toshkentda Turkiston universiteti qoshida tashkil etilgan tibbiyot fakulteti katta o'rin egalladi. L.M. Isayev 1922-yillarda bezgakni o‘rganish va mutlaqo tugatish sohasida Buxoroda rishta kasalligini tugatishda juda katta hissa qo'shdi. N.I.Ragoza, A.L. Katsenovich va ular rahbarligidagi mutaxassislar respublika hududida qoraoqsoq, qorin tifi kasalliklarini har tomonlama o‘rganib, batafsil yoritdilar. Yuqorida sanab 0‘tilgan infeksiyalar (qoraoqsoq, qorin tifi, bezgak, vabo, virusli gepatitlar, meningokokli infeksiya, gemorragik isitmalar va boshqalar)ni akademik Musaboyev I.K., professorlar Yunusova H.A., Majidov V.M., Jalilov K.J., Saipov S.S., Qodirov G ‘.Q., Nazarov Sh.N. va boshqalar chuqur o'rganib, ularning klinikasi, tashxisoti va davosi sohasida mukammal ilmiy tadqiqot ishlarini ado etdilar. Respublikamiz hududida infektologiyaning rivojlanishida ilmiy tadqiqot institutlari (direktorlar Axmedova M.J., Musaboyev E.I., professorlar Valiyev A.G., Boboxo‘jayev S.N.), tibbiyot akademiyasi va institutlari yuqumli kasalliklar kafedralari (kafedra mudirlari Daminov T.A., Axmedova M.D., Qosimov I A ., Zokirxo‘jayev A.X., Vafoqulov S.H., Mirzayev K.M., Obloqulov A.R., Musaboyev E.I., Ibodova G.A., Kornilov A.I., Qurbonov A.B., Yusupov Sh.R.) xodimlari chuqur izlanishlar olib bormoqdalar. Respublikamizda infektologiyaning rivojlanishida tibbiyot institutlari yuqumli kasalliklar kafedralari, ilmiy tadqiqot institutlari katta rol o'ynaydi. Yuqumli kasalliklar etiologiyasi, epidemiologiyasi, patogene-zi, klinikasi, davosi, tashxisoti va profilaktikasi o‘rganilgan boisada, har yili Yer sharidagi 1 mln. dan ortiq kishi shu kasalliklar bilan og‘riydi va bu faqatgina salomatlikka emas, iqtisodga ham salbiy ta’sir ko‘rsatm oqda. Shuning uchun ham yuqumli kasalliklar muammosini o'rganish zarurdir. “Infeksiya” lotincha so‘z bo'lib, “ifloslanish” ma’nosini bildiradi. Yuqumli kasalliklar - bakteriyalar, viruslar va sodda jonivorlar chaqiruvchi katta guruh kasalliklardir. Infeksion jarayon — mikroorganizm bilan makroorganizmning aniq sharoitlarda bir-"biriga ta’sir qilib, kasallikning u yoki bu shaklini organizm darajasida namoyon qilishidir. Demak, yuqumli kasallikning rivojlanishi uchun awalo organizmga patogen mikrob kirishi kerak. Mikroorganizmlar asosan 3 guruhga bo‘linadi: a) saprofitlar; b) shartli patogen mikroblar; v) patogen mikroblar. Patogen mikrob organizmga teri, shilliq qavatlar, og‘iz, yuqori nafas yo‘llari orqali kiradi. Mikrob bilan organizm o'rtasidagi murakkab munosabat turlicha yakunlanishi mumkin: 1 .Mikrob makroorganizm himoya vositalari ta’sirida parchalanadi; 2.Mikroorganizm o‘ziga qulay sharoit topib, qisman ko‘payib, ma’lum bir darajada patologik jarayonni keltirib chiqaradi. 3. Patogen mikrob organizmda tez sur’at bilan ko‘payadi va uning himoya kuchini engib, kasallikning manifest shaklini keltirib chiqaradi. Umuman olganda, yuqumli kasallikning avj olishida quyidagi omillar: 1) patogen mikrobning miqdori, virulentligi; 2) makroorganizm qarshiligi va chidamliligi; 3) tashqi muhit hal qiluvchi o‘rin egallaydi. Yuqumli kasalliklar boshqa kasalliklardan quyidagi xususiyatlari bilan farqlanadi: I. Har xil turdagi yuqumli kasalliklarni alohida turga mansub mikroorganizmlar chaqiradi. Qo‘zg‘atuvchilaming turiga qarab, yuqumli kasalliklar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: - bakterial, rikketsiyali, virusli, protozoyli, zamburug'li va boshqalar. II. Bemor, o‘z navbatida, kasallik manbai bo'ladi va uni boshqalaiga yuqtirishi mumkin. Buning asosida epidemik jarayon yotadi. Epidemik jarayon - bu populyatsiya darajasida mikroorganizm va makroorganizmning bir-biriga ta’sir qilib, aniq sotsial va tabiiy sharoitlarda turli darajada kasallanishlarni keltirib chiqarishi demakdir. Epidemik jarayon 3 ta zvenodan tashkil topgan: 1) kasallik manbai, 2) kasallikning yuqish mexanizmi va tarqalish yo‘llari, 3) beriluvchan odamlar. 1) Kasallik manbai - qo‘zg‘atuvchining tabiiy qo'nimgohi bo‘lib, uning ko‘payishi uchun xizmat qiluvchi obyektdir. Kasallik manbai kasal odamlar, bakteriya tashuvchilar (rekonvalestsent, o‘tkir, surunkali, tranzitor, sog'lom), kasal hayvonlar hisoblanadi. 2) Kasallikning yuqish mexanizmi va tarqalish yo'llari. Antroponoz kasalliklarda yuqishning 4 xil: najas-og‘iz, havo-tomchi, transmissiv, maishiy muloqot mexanizmi mavjud. Mexanizm 3 bosqichda amalga oshiriladi: a) Bemor najasi, siydigi, so'lagi va boshqa biologik muhitlar bilan mikroorganizmlarning tashqariga chiqarilishi; b) Patogen mikrobning tashqi muhitda saqlanib turishi; v) Sog'lom odam organizmiga kirishi. 3) Epidemik jarayonning uchunchi zvenosi bu yuqumli kasallikka odam organizmining beriluvchanligi. Bu, albatta, odam organizmining qarshiligi, chidamliligiga bog'lik. Qarshi kurash vositalari 2 guruhga bo'linadi: 1) nospetsifik; 2) spetsifik. Yuqumli kasalliklar yuqumliligi bilan bir-biridan farqlanadi. Masalan: eng yuqumli kasalliklarga gripp, chinchechak, qizamiq, tounning o‘pka shakli kabi kasalliklar kiradi. Yuqumli kasalliklarga chalingan odamlaming ko‘p yoki ozligiga qarab epidemiologik jarayonning turli xillari ajratiladi: 1) Sporadik kasalliklar. Kasallikka yo'liqqan kishilarning soni ko‘p bo‘lmaydi va bemorlar onda-sonda uchraydi. 2) Epidemiya-yuqumli kasalliklaming birorta o‘lka yoki mamlakatda keng tarqalib ketishi. Bunda bemorlar soni odatdagidan 5-10 marta ko‘p bo'ladi. 3) Pandemiya - bir vaqtda xalqaro miqiyosda, ya’ni bir necha mamlakat va qit’alarda birorta infeksion kasallikning keng tarqalib ketishi. 4) Endemiya - muayyan hududda birorta yuqumli kasallikning doimiy uchrab turishi. 5) Enzootiya - birorta joyda yashovchi hayvonlar (masalan, kemiruvchilar) orasida biror yuqumli kasalliklarning doimiy uchrab turishi (masalan: o‘lat, leyshmanioz va enzootiyalar). Akademik E.N. Pavlovskiy ana shunday kasalliklami «Tabiiy o‘choqli kasalliklar» deb bir guruhga ajratgan. 6. Epizootiya - hayvonlar orasida birorta yuqumli kasallikning keng tarqalib ketishi. 7. Ekzotik kasalliklar - xorijdan keltirilgan yuqumli kasalliklar, masalan, sharq mamlakatlarida bo‘lib qaytgan o'zbekistonlik kishining bezgak bilan kasallanishi. III. Yuqumli kasalliklarning boshqa ichki kasalliklardan keyingi farqi - bosqichliligidir. Kasallik yashirin, avj olish, kasallikning orqaga qaytishi, rekonvalestsensiya bosqichlarida kechadi. IV. Organizm boshidan yuqumli kasalliklami o‘tkazganidan so‘ng kasallik qo‘zg‘atuvchisi (bakteriya, virus va h.k.) va uning zahariga qarshi immunitet hosil bo‘ladi. Immunitetning ikki turi m a’lum: 1) tabiiy (tug‘ma) immunitet va 2) orttirilgan immunitet. Orttirilgan immunitet bir tomondan, aktiv va passiv, ikkinchi tomondan, tabiiy va sun’iy bo‘lishi mumkin. Yuqumli kasalliklar infeksiya manbaiga qarab, awalo 2 guruhga bo‘linadi: 1. Antroponozlar. Bu kasalliklar faqat odamlarda uchraydi va ular bilan hayvonlar kasallanmaydi (qorin till, ichburug1, gepatitlar, OITS va boshqalar). 2. Zoonozlar. Bu kasalliklar hayvonlarda va odamlarda uchraydi. Odamlarga infeksiya hayvonlardan yuqadi (brutsellyoz, o‘lat, quturish, kuydirgi va boshqalar). L.V. Gramoshevskiy yuqish yo‘llariga qarab, yuqumli kasalliklami 5 guruhga bo'ladi: 1. Ichak yuqumli kasalliklari. Bu kasalliklar najas-og‘iz yo‘l bilan yuqadi va tarqaladi. Bemor ichagidagi patogen mikroblar uning najasi orqali tashqariga chiqariladi. Bu mikroblar har xil yo'llar bilan sog‘lom odamning og‘zi orqali ichagiga tushadi (najas-og‘iz yo‘li orqali yuqishning mohiyati shundan iborat). Ichak yuqumli kasalliklari, o‘z navbatida, 4 ta guruhchalaiga bo'linadi: a) Ti pik ichak yuqumli kasalliklari.


Download 119.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling