Tuberkulyozning turli shakllari va o'pka surunkali nospetsifik kasalliklarida
yo'tal xarakteri. O'pka tuberkulyozi va o'pkaning surunkali nospetsifik
kasalliklarining qiyosiy tashxisi.
Yo'tal (tussis) – reflektor akt bo'lib, nafas va yordamchi mushaklarning ovoz
yorig'i yopiq paytida taranglashishi va keyinchalik uning ochilishi hamda
“turtkisimon” nafas chiqishi, natijada nafas yo'llaridagi moddalarningfaol
ajralishi bilan xarakterlanadi. Normal sharoitda chang zarrachalari,
bakteriyalar, biroz shilliq, nafas yo'llariga tushganda, traxeya va
bronxlarning shilliq qavatidagi hilpillovchi epiteliyning faol harakati tufayli
chiqariladi. Yo'talning fiziologik ahamiyati nafas yo'llarini nafas olganda
tushgan yoki kichik bronxlar peristalьtik harakati va yirik bronxlar hamda
traxeya kipriksimon epiteliysi faoliyati etarli darajada drenajlashni bajara
olmaganda endogen hosil bo'lgan yot moddalardan tozalashdan iborat. Tez-
tez, nisbatan doimiy yoki turg'un qaytariluvchi yo'tal ko'p hollarda nafas
olish aъzolari bilan bog'liq patologik jarayonning simptomi hisoblanadi.
Nafas yo'llariga yot jism tushganda yoki ularda nafas tizimining
kasalliklari tufayli yig'ilgan shilliq, yiring yoki qon reflektor ximoya akti
hisoblanuvchi yo'tal bilan chiqariladi. Xalqum, hiqildoq, traxeya va yirik
bronxlarning shilliq qavatida joylashgan adashgan nerv va til osti nerv
oxirlarining taъsirlanishi oqibatida ham reflektor akt sifatida yo'tal
kuzatilishi mumkin. Eng kichik bronxlarda va alьveolalarda bunday nerv
oxirlari yo'qligi sababli yo'tal akti chaqirilmaydi. Xalqum orqa devori, ovoz
yo'li ,traxeya va plevra yo'tal zonalarining taъsirlanishi natijasida ko'p
Do'stlaringiz bilan baham: |