Tuberkulyozning turli shakllari va o'pka surunkali nospetsifik kasalliklarida yo'tal xarakteri. O'pka tuberkulyozi va o'pkaning surunkali nospetsifik kasalliklarining qiyosiy tashxisi


yoki postdural drenaj, allergik bronxit, bronxial astma va yurak astmasida


Download 180.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/24
Sana18.06.2023
Hajmi180.98 Kb.
#1570915
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
Bog'liq
8 - Nazariy materiallar

yoki postdural drenaj, allergik bronxit, bronxial astma va yurak astmasida 
tungi yo'tal tez-tez bronxospazm bilan qo'shilib uchraydi. Agar patologik 
jarayon retseptor sezgirligi yuqori bo'lgan sohada joylashgan bo'lsa ham 
yo'tal uchraydi (bronxopulьmonal limfa tugunlarning kattalashishi, o'pka 
tuberkulyozi va boshqalar). 
Yo'taldagi balg'am xususiyatlari muhim diagnostik ahamiyatga ega. 
Bronxial astma, traxeitda, o'tkir bronxitning boshlang'ich davrida yo'tal 
shishasimon shilimshiq balg'am bilan kuzatiladi. Keyinchalik balg'am 
shilimshiq yiringli bo'lib qoladi. O'tkir o'choqli zotiljamda shilimshiq - 
yiringli balg'am ajraladi (baъzan qon aralash). Krupoz zotiljamda - 
zangsimon balg'am ajraladi. Surunkali zotiljamni bronxoektaz bilan qo'shilib 
kelganda, o'pka abtsessi va gangrenasida balg'am yiringli, ko'pincha bad-bo'y 
hidli bo'ladi sil kavernalari bo'lganda yo'tal yiringli, tangasimon balg'amli 
bo'ladi. O'pka infarkti, tuberkulyoz, bronx o'smasi, o'pkada qon 
dimlanganda, qon aralash balg'amli yo'tal kuzatiladi. Bronx o'smasining 
kechki belgisi bo'lib malina jelatiniga o'xshash balg'amli yo'tal hisoblanadi. 
Tez-tez, kuchli yo'talni uzoq vaqt kuchli xuruj qilishi natijasida, asta-
sekin o'pka ichi bosimi oshib o'pka empiemasi, kichik qon aylanish doirasi 
gipertenziyasi, o'pka yuragi rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Yo'tal 
davomida katta qon aylanish doirasidagi venoz bosimining oshishi natijasida 
baъzan sklerada, bronx venalar tizimida kichik qon quyilishlari paydo qiladi. 
Kuchli yo'tal xurujlari hushdan ketish, yurak ritmining buzilishi bilan 
asoratlanishi mumkin. O'pka bullyoz emfizemasida kuchli yo'tal oqibatida 
alьveolalar yoriladi va pnevmotoraks kuzatiladi. 

Download 180.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling