Amfibiya teri hosilasi
Download 0.65 Mb.
|
AMFIBIYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hazm qilish
- Qon aylanish
- Nerv sistemasi
AMFIBIYA Teri hosilasi Baqaning terisi ya!ang'och bo’lib, unda shox suyak tangachalari bo’lmaydi. Epidermisida ko’p hujayrali shilimshiq modda ishlab chiqaruvchi bezlar ko’p bo’ladi. Shilimshiq modda terini qurib qolishidan saqlaydi. Terisi muhim nafas olish organi hamdir. Baqaning terisi boshidan oyog'igacha gavdaga yopishmagan b ladi, shu joylarda limfa bilan to’ldirilgan bo’shliqlar bo’ladi. Hazm qilish Dumsizlarda o`ljani sekin yurib sakrash yoki poylash orqali ushlanadi. O`ljani tiliga yopishtirib oladi yoki jag’lari bilan tutadi. Oziq avval serbar og’iz bo`shlig’iga tushadi va undan qizilo`ngachga o`tadi. Tishlari mayda konus shaklida bo`lib, jag’-oraliq, ustki jag’, dimog’ va ba`zilarida hatto tanglay suyaklarida joylashgan. Qurbaqalarda tish bo`lmaydi. Dumli va oyoqsizlarning go`shtli tili og’iz-halqum bo`shlig’ining tagiga birikadi va og’izdan ma`lum darajada chiqib turish qobiliyatiga ega. Dumsizlarda til og’iz bo`shlig’inig tubida joylashadi va tashqariga ancha cho`zilib chiqa oladi. Tilning asosi og’iz tubining oldingi qismiga birikkan bo`ladi, tinch holatda uning uchi orqaga, ya`ni halqumga qarab turadi .Tanglayning oldingi qismida og’iz-halqum bo`shlig’iga juft ichki burun teshiklari -xoanalar ochiladi. Og’iz-halqum bo`shlig’ining tepa qismida so`lak bezlari bor. So`lak bezining tarkibida ovqatni parchalovchi fermentlar yo`q, bu bez og’iz bo`shlig’ini ho`llash va oziqni yutishini osonlashtirish uchun xizmat qiladi. Oziqni yutishda ko`z ham yordam beradi. Uncha uzun bo`lmagan qizilo`ngach oshqozonga ochiladi. Oshqozondan o`n ikki barmoqli ichak boshlanadi va ingichka ichakka ulanadi, ingichka ichak o`z navbatida serbar to`g’ri ichakka o`tadi. To`g’ri ichak kloakaga ochiladi. Amfibiyalarning ichak nayi gavda uzunligidan 2-4 marta uzun bo`ladi. Uch pallali jigarning o`rta pallasida o`t pufagi bor. O`t yo`li o`n ikki barmoqli ichakka ochiladi. Oshqozon osti bezi oshqozon bilan o`n ikki barmoqli ichak orasida joylashgan, buning chiqarish yo`li o`t yo`lini o`rab oladi va sekretlari qo`shiladi. Oshqozonning pastki uchiga taloq joylashadi va taloqda qon hosil bo`ladi. Amfibiyalarning sutkalik oziq ratsioni gavda massasining 10-40% ini tashkil qiladi. Oziqning hazm bo`lishi uchun 8-12 soat vaqt talab qilinadi. Past temperaturada amfibiyalar bir yilgacha och yashay oladi. Qon aylanish Arterial konusning qorin tomonidan juft aorta yoylari chiqadi. Bular 2-juft jabra yoylariga gomolog hisoblanadi. Aorta yoylari o`zidan ensa-umurtqa va o`mrovosti arteriyalarini ajratadi, bular qorin muskullari va oldingi oyoqlarni qon bilan ta`minlaydi. Aorta yoylari umurtqa pog’onasi ostida o`zaro qo`shilib, orqa aortani hosil qiladi. Orqa aorta o`zidan kuchli hazm qilish nayi – tutqich arteriyani ajratadi. Orqa aortaning boshqa tarmoqlari bilan qon boshqa organlarga va keyingi oyoqlarga boradi. Arterial konusning qorin tomonidan umumiy uyqu arteriyasi chiqadi va tashqi hamda ichki uyqu arteriyalariga bo`linadi. Uyqu arteriyasi 1-jabra yoylariga gomolog hisoblanadi Nerv sistemasi Yarimsharlarning ichida mustaqil bo`shliqlari -qorinchalari bo`ladi. Oldingi miya yarimshar-larining rivojlanganligi faqat kattalashganida emas, balki yon qorinchalarning tubidan tashqari yon devorlari bilan ustki tomonida ham miya moddasi borligida ko`rinadi, ya`ni amfibiyalarda haqiqiy miya gumbazi hosil bo`ladi. Hidlov bo`laklari miya yarimsharlaridan bilinar-bilinmas darajada chega-ralangan. Oraliq miyaning ustki tomonini miyaning boshqa bo`limlari salgina qoplab turadi. Uning ustki tomonida epifiz joylashadi. Oraliq miyaning tubidan miya voronkasi chiqadi, gipofiz shu miya voronkasiga birikadi. O`rta miya suyakli baliqlarning o`rta miyasiga nisbatan biroz kichik. Miyachaning yaxshi taraqqiy etmay qolgani gavdaning birmuncha oddiy harakat qilishi bilan bog’liq. Bosh miyadan baliqlardagiga o`xshash, faqat 10 juft bosh miya nervlari chiqadi, chunki XII juft nerv (tilosti nervi) miya qutisidan tashqarida turadi. XI juft nerv (qo`shimcha nerv) esa umuman taraqqiy etmagan. Orqa miya biroz yalpoqlashgan bo`lib, hamma umurtqalilardagidek yelka va chanoq nerv chigallarini hosil qiladi. Orqa miyadan 10 juft nervlar chiqadi. Barcha amfibiyalarda simpatik nerv sistemasi yaxshi taraqqiy etgan hamda ikkita nerv ustunidan iborat. Ular umurtqa pog’onasining ikki yonida yotadi va tortqichlar bilan bir-biriga qo`shilgan hamda orqa miya nervlari bilan tutashgan nerv tugunlari zanjiridan tashkil topgan bo`ladi. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling