balg'am ajralishi (nam yo'tal) yoki ajralmasligini (quruq yo'tal)baholaganda
ortib boradi. Yo'talning bir martalik kuchli xuruji tutun yoki boshqa
qitiqlovchi moddalar bilan nafas olganda, nafas yo'llariga yot tanachalar yoki
ovqat moddalari tushganda kuzatiladi. Doimiy kuchsiz yo'tal tomoq,
hiqildoqning
surunkali
kasalliklarida,
dimlanishli
bronxit,
yurak
kasalliklarida, o'pka tuberkulyozida, kuchi bo'yicha turlicha yo'tal –
surunkali traxeit, bronxitda kuzatiladi. Surunkali traxeobronxitda yo'tal
retseptorlarining qo'zg'atuvchilarga bo'lgan sezgirligi oshadi, bunda yo'tal
kam qo'zg'atuvchi hidlar taъsirida yoki havoning namligi va harorati
o'zgarishlarida ham vujudga keladi. Davriy yo'tal o'tkir respirator
kasalliklarda, hamda chekuvchilarda, alkogoliklarda, bronxial astma bilan
kasallangan bemorlarda kuzatiladi.
Jarangdor dag'al (akillovchi) yo'tal ko'pincha o'tkir laringitda, bolalarda-
bo'g'mada kuzatiladi. Bunday yo'tal odatda tovushning xirillashi va afoniya
bilan birga kuzatiladi. Yo'tal traxeobronxit, plevrit, pnevmoniyada ancha
kuchli bo'ladi. Tovushsiz yo'tal tovush burmalari falajida yoki emirilishida
kuzatiladi (afoniya bilan birga kuzatiladi), shuningdek traxeostomada, bemor
juda holsiz bo'lganda ham kuzatiladi. Shovqinsiz kuchsiz yo'tal surunkali
obstruktiv bronxit, o'pkaning asoratlangan emfizemasiga xos. Tumoroz
bronxoadeniti mavjud bolalarda bitonal yo'tal paydo bo'ladi, bunda dag'al
asosiy tonga musiqiy yuqori oberton qo'shilib keladi
Tutqanoqli yoki konvulьsiv yo'tal ko'pincha kechqurun, xuruj bilan
boshlanuvchi o'ziga xos xususiyatga ega. Tutqanoqli yo'tal ketma-ket
keluvchi yo'tal turtkilari va ular orasidagi uzun va jarangdor nafas olishlar
Do'stlaringiz bilan baham: |