gemosiderofaglar-
tsitoplazmasida gemosiderin kiritmalarini saqlovchi alьveolyar makrofaglar
bo'lib, o'pka infarkti, idiopatik o'pka gemosiderozi, yurak etishmovchiligiga
bog'liq o'pka dimlanishlarida, turli genezli qon tuflashlarda uchraydi.
Balg'amda eozinofillar asosan bronxial astmada topiladi. Pirogov-Langxans
hujayralari- ko'p yadroli gigant hujayralar bo'lib, oval yoki yumaloq shaklda
bo'ladi va o'pka tuberkulyozi uchun xos.Balg'amni tsitologik tekshiruv orqali
undagi hujayraviy elementlarga qarab bronx va o'pkadagi kasallikning
faolligi aniqlanadi, infektsion yoki allergik yallig'lanish ustunligi aniqlanadi.
Bronx o'smasi diagnostikasida tsitologik tekshirish ayniqsa yuqori xavf
guruhiga kiruvchi shaxslarni profilaktik tekshirishda ishlatiladi. Balg'amda
yakka yoki to'p holdagi o'sma hujayralarining topilishi o'pkadagi o'sma
jarayonini nafaqat tasdiqlaydi, balki uning gistologik turini ham aniqlab
beradi. Balg'amni mikrobiolgik tekshiruv o'z ichiga mikroskopik tekshiruv,
sof kulьturani olish, ularni dori vositalariga sezgirligini aniqlash va boshqa
tekshiruvlarni oladi. Traxeobronxial sekretdan ko'pincha quyidagilar ajratib
olinadi: patogen- Streptococcus pneumonie, Haemophilus influenzae; shartli
patogen- neklostridial anaeroblar– Staphilococcus aureus, Staphilococcus
epidermis, Streptococcus hemolyticus, Klebsiella pneumoneae, Escherischia
coli. Balg'amni bo'yalgan va bo'yalmagan preparatlarida donador Candida
zamburug'larining topilishi o'pka kandidozi diagnozi uchun etarli emas;
aktinomitset koloniyalarining yiringli massalar bilan birga topilishi
diagnostik ahamiyatga ega.
Bakteroskopiyada tuberkulyoz mikobakteriyalarini aniqlash muhim
ahamiyatga ega, ularni Tsilь-Nilьsen usulida fuksin bilan qizil ranga bo'yab
Do'stlaringiz bilan baham: |