Tuberkulyozning turli shakllari va o'pka surunkali nospetsifik kasalliklarida yo'tal xarakteri. O'pka tuberkulyozi va o'pkaning surunkali nospetsifik kasalliklarining qiyosiy tashxisi


yo'llaridan tashqarida joylashgan retseptorlarning taъsirlanishi oqibatida


Download 180.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/24
Sana18.06.2023
Hajmi180.98 Kb.
#1570915
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
8 - Nazariy materiallar

yo'llaridan tashqarida joylashgan retseptorlarning taъsirlanishi oqibatida 
kelib chiquvchi yo'tallar ajratiladi. 
Nafas yo'llaridagi yo'talga ko'proq sezuvchan refleksogen zonalar mavjud 
bo'lib, ularga hiqildoq usti tog'ayi orqa yuzasi, ovoz burmalari va burma osti 
sohasi, shuningdek traxeya bifurkatsiyasi va bo'lak bronxlarning bo'linish 
joylari kiradi. Bronxlar diametrining kamayishi bilan retseptorlar miqdori 
parallel ravishda kamayib boradi va segmentar bronxlarning shoxchalari 
taъsirotlarga kam sezuvchan bo'lib koladi. Plevraning refleksogen zonalari 
ildiz atrofi sohalarida va qovurga-diafragmal sinuslarida joylashgan, lekin 
yo'tal refleksi uning boshqa qismlarining taъsirlanishidan ham kelib chiqishi 
mumkin. Tajribada o'pka to'qimasining o'zini taъsirlab yo'tal refleksi 
chaqirilmagan. O'pka to'qimasida joylashgan chegaralangan patologik 
jarayonlarda yo'tal yirik bronxlarga etarli mikdorda balg'am tushishi yoki 
plevraning patologik jarayonga tortilishi oqibatida yuzaga keladi. 
Sinusit yoki rinitda burun ajralmalari xalqumning orqa devori bo'ylab 
oqqanda yoki oshqozon-qizilo'ngach reflyuksida yo'tal sababi uzoq muddat 
aniqlanmasligi mumkin. Nafas yo'llarishilliq qavatining uzoq vaqt
taъsirlanishi natijasida yallig'lanish, sezuvchanlikning oshishi va yo'tal 
kuchayishi kuzatiladi. 
Yo'talning boshqa sabablari bo'lib- nafas yo'llari shilliq qavatining 
yallig'lanishi va infilьtratsiyasi, ularning bosilib qolishi va bronxospazmi 
hisoblanadi. 
Yallig'lanish (odatda, infektsiya tufayli) o'tkir va surunkali bronxitda, 
bronxoektazlarda 
kuzatiladi. 
O'tkir 
bronxitdan 
so'ng 
bronxlarning 
sezuvchanligi oshishi hisobiga yo'tal bir necha xafta davomida saklanib 

Download 180.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling