Asoratlar
1-
venoz oqimining kamayishi tufayli hushdan ketish.
2-
emfizematoz pufakchalar yorilishi natijasida pnevmotoraks hosil
bo'lishi.
3-
Kovurg'aning sinishi
Davolash
Yo'talni bartaraf etish uchun asosiy patologik jarayonni davolash kerak.
Agar yo'talning sababi nomaъlum bo'lsa unda ko'rik yo'talni qoldirish
narkotik yo'tal qoldiruvchi vositalar qo'llash mumkin (kodein 15-30 mg
kuniga 4 mahal) yoki nonarkotik (dekstrimetarfin 15 mg kuniga 4 maxal).
Maъlum miqdordagi ajralayotgan balg'amli produktiv yo'talni to'la qoldirish
shart emas. Adekvat gidratatsiya va nafas olinuvchi xavoni ulьtratovushli
sochuvchi moslama bilan namlash orqali balg'am sifatini yaxshilash mumkin.
Bronxial astma va surunkali bronxitda yodlangan glitserin juda ham foydali
bo'lishi mumkin.(30mg dan 4 maxal). O'tkir yoki surunkali bronxitda
guanfenzin (100mg kuniga 3 mahal) yaxshi natija berishi mumkin.
Turlicha tabiatli yo'talni terapevtik davolashning asosiy vazifasi kasallikni
tuzatish hisoblanadi. Yo'tal bu bronxlarning effektiv drenaj funktsiyasi bo'lib,
uni to'xtatish kerak emas, aksincha uni drenajlovchi xossalarini yaxshilash
kerak. Uzluksiz yo'talni qoldirish uchun narkotik preperatlar beriladi ,lekin
bu dorilarni opiy guruhiga (kodein, dionin,gidrokodon va tekodin)
kirishini,ularga o'rganib qolish va nafas markazini tormozlovchi xossasini
hisobga olish kerak. Agar yo'talga qarshi preparatlar uzoq vaqt berilishi
kerak bo'lsa, unda nonarkotik dorilar berish maqsadga loyiq. Bu preparatlar
yo'tal retseptorlariga taъsir etadi (glausin, libeksin).
Balg'am (sputum) yo'talganda ajralib chiqadigan traxeobronxial shilliqning
Do'stlaringiz bilan baham: |