Mavzu: Xavoni konditsiyalash tizimining prinsipial sxemalari


Download 27.29 Kb.
Sana21.02.2023
Hajmi27.29 Kb.
#1217381
Bog'liq
havoni tozalash


Mavzu: Xavoni konditsiyalash tizimining prinsipial sxemalari.
Havoni konditsirlash tizimlari uchun konditsi-oner va unga tegishli jihozlar 20-asr oʻrtalaridan zavodlarda ishlab chiqarila boshlagan.Havoni konditsirlashning markaziy va mahalliy tizimlari bor. Markaziy tizimda bir necha binoni, mahalliysi bitta bino yoki uning bir qismini havo bilan taʼminlaydi. Markaziy tizimlar tashqaridan keltiriladigan issiqlik eltuvchi (issiq suv, bugʻ, gaz yoki elektr orqali) va haydash nasoslari, ven-tilyatorlar, kompressorlarning dvi-gatellarini harakatlashtirish uchun elektr energiyasi bilan taʼminlanadi. Mahalliy tizimlarga xususiy sovuq bilan taʼminlash manbalari qurilishi mumkin. Quruq va issiq iqlimli hududlarda suvning buglanishi hiso-biga havo sovutkichlari ishlatiladi. Ventilyatorlar hosil qiladigan havo oqimi bosimiga koʻra, past (1 kN/m-), oʻrtacha (1—3 kN/m2) va yuqori (3 kN/m2 dan yuqori) bosimli tizimlar boʻladi. Markaziy va mahalliy tizimlar bir va ikki kanalli boʻladi. Bir kanal-li, past bosimli tizimga (rasmga q.) havo tayyorlash qurilmasi — konditsi-oner, konditsiyalangan havoni haydash hamda ishlangan havoni chiqarib yuborish kanali va qurilmasi, avtomatik rostlash, uzoqdan turib nazorat qilish hamda boshqarish asboblari kiradi.Koʻp qavatli maʼmuriy binolar va mehmonxonalarda oʻrtacha bosimli, bir kanalli tizim keng tarqalgan. Ikki kanalli tizimda bir kanaldan sovuq, ikkinchisidan issiq havo kelib, har qaysi xonaga oʻrnatilgan aralashtir-gich ularni aralashtirib beradi. Temir yoʻl vagonlari, avtobus, avtomobil, samolyotlarga bir kanalli tizim, kemalarga bir va ikki kanalli tizimlar oʻrnatiladi. Havoni konditsirlash qurilmalari binolar qurilishi va rekonstruksiyasi harajatlarini oshiradi, lekin sanoat binolarida bu harajatlar mehnat unumdorligining ortishi, mahsulot sifatining yaxshilanishi va boshqa hisobiga tezda qoplanadi. Koʻpgina sanoat korxonalari (mas, toʻqimachilik, tamaki, aniq asboblar, far-matsevtika va boshqalar) da Havoni konditsirlash tizimisiz ishlash mumkin emas. Havoni konditsirlash borgan sari taraqqiy etadi. Havo parametrlarini muntazam ushlab turishni talab qiladigan ishlab chiqarishning yangi sohalarining rivojlanib borishi; sanoat korxonalarini, ilmiy tadqiqot va konstruktorlik tashkilotlarini toʻgʻri va toʻxtovsiz ishlashi uchun maʼlum temperatura va namlik talab qiladigan aniq asboblar, mexanizmlar va kompyuterlar bilan jihozlanishi; koʻplab odamlar uzoq vaqt turishi (oʻtirishi) mumkin boʻlgan katta jamoat binolari hajmining ortib borishi va ulardan yil davomida samarali foydalanish zaruriyati; binolarda katta yuzaga ega boʻlgan oynaband sirtlarning qoʻllanishi; baʼzi sanoat binolarida deraza va fonarlarning yoʻqligi Havoni konditsirlash tizimining yanada kengayishiga olib keladi.O'zbekiston bo'yicha hozirgi davrda bir yilda 60,5 mlrd m3 dan ortiq tabiiy gaz qazib olinadi, ya'ni 1992- yilga qaraganda 1,4 marta ko'p. Asosiy konlar bo'Jib Muborak, Sho'rtan va Ko'kd~maloq hisoblanadi, bulardan tashqari boshqa kichik konlar ham mavJud. O'zbekiston iqlimi sharoitida fuqaro va sanoat binolarining havosini yangilash va talab etilgan mikroiqlimni ta'minlash juda katta ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatga ega, chunki bunga odamlaming sog'lig'i, mehnatning unumdorligi, texnologik jarayonlarini to'g'ri amalga oshirilishi kabi masalalar bevosita bog'liqdir. Hozirgi vaqtda ventilatsiya va havoni konditsiyalash texnologiyasida ulkan o'zgarishlar bo'lib o'tmoqda. Bunga asosiy sabab - ventilatsiya va havoni konditsiyalash tizimlariga enyergiyani tejash, boshqarishni soddalashtirish, jihozlar egaIJaydigan maydonlami kamaytirish, montaj qilishni osonlashtirish, havo almashinish samaradorligini ko'tarish nuqtayi nazaridan qo'yiladigan talablaming keskin oshishidir. Zamonaviy talablarga ko'ra ventilatsiya va havoni konditsiyalash tizimlari xonalarga minimal miqdorda, ya'ni faqat sanitar-gigiyenik talablarga yyetarli darajada tashqi havoni berishi lozim. Chunki xonalarda havoni haddan tashqari ko'p miqdorda yangilash tashqi havoga ishlov berish uchun enyergiya sarflanishini keskin oshiradi. Shunga qarab, hozirgi kunda ventilatsiya va havoni konditsiyalash tizimlarini takomillashishining quyidagi asosiy YO'nalishlarini ajratib ko'rsatish mumkin: ortiqcha yuklamalardan ventilatsiya tizimlarini xoli qilish; iste'mol darajasi bo'yicha havo almashishini joriy sozlash; ventilatsiya va havoni konditsiyalash tizimlarini maksimal ravishda mahalliylashtirish (desentralizasiyalash); xonaning ventilatsiya rejimini mahalliy boshqarish; xonadagi havoni yangilash uchun qizdirilmagan (yoki sovitilmagan) tasfiqi havodan foydalanish; havoni minimal qizdirish uchun elektr kalorifyerlaridan foydalanish; tashqariga chiqarib yuboriladigan havoning issiqligi (sovuqligi)ni qayta ishlatish (utilizatsiya qilish); havoni harakatga keltirish uchun tabiiy kuchlardan maksimal foydalanish; zam~nav!y yuqori samarali ventilatsiya jihozlarini qo'llash; ventIiatslya va havoni konditsiyalashga qO'yiladigan me'yoriy talablami aniqlashtirishMarkazlashtirilgan issiqIik ta'minoti tizimlarida issiqIik binolami isitishga, ventilatsiya va havoni konditsiyalash qurilmalarida xonalarga uzatiladigan havoni qizdirishga, issiq suv ta'minotiga, shuningdek, san oat korxonalarida past haroratli (300-350"C gacha bo'lgan) texnologik jarayonlarga sarflanadi [2, 7, 8, IO}. Yil davomida issiqlikni iste'mol qilish rejimiga ko'ra yuqorida qayd etilgan iste'molchilar ikki turga bo'linadi: Mavsumiy iste'molchilar. 2 Yil davomidagi iste'molchilar. Mavsumiy iste'molchilar issiqlikni tashqi havoning haroratiga bog'liq bo'lgan holda sarflaydi. Masalan, isitish va ventilatsiyaga bo'lgan issiqlik yuklamalar tashqi havoning haroratiga va boshqa shart-sharoitlarga (quyosh radiatsiyasi, shamol tezligi, havo namligi) bog'liqdir. Agar tashqi havoning harorati isitilayotgan xonadagi havoning haroratiga teng yoki undan yuqori bo'lsa, u holda isitish va ventilatsiyaga issiqlik enyergiyasi talab etilmaydi. Demak, isitish va ventilatsiya tizimlarida yil davomida faqat tashqi havoning past haroratlarida sarflanadi. Shuning uchun bunday iste'molchilar mavsumiy deyiladi. Yil davomidagi iste'molchilar issiqJikni yil davomida tashqi havoning haroratiga deyarli bog'Jiq bo'lmagan holda sarflaydi. Masalan, issiq suv ta'minoti tizimlari" va turIi xii texnologik jarayonlarga issiqlik yuklamalar tashqi havoning haroratiga bog'liq bo'lmaydi. Shuning uchun bunday iste'molchilar yil davomidagi iste 'mo/chi/ar deyiIadi. Issiqlik iste'mol qilish bo'yicha binolami 3 guruhga bo'lish mum kin. Turar joy binolari, jamoat binolari va ishlab chiqarish korxonalari. Turar joy binolari uchun isitish, ventiIatsiya mavsumiy iste'moli bo'Isa, issiq suv ta'minoti yil davomidagi iste'moli bo'Iadi. Turar jo~ binolari uchun xonalarga havo ventilatsiya orqali hamda oyna va tashql to'siqning tirqishlaridan kiradi. Havoni tozalash - uy-joy, jamoat va sanoat binolaridagi havoni texnik vositalar yordamida chang va boshqa zararli moddalardan tozalash; havo ventilyatsiya va havoni konditsirlash tizimlari yordamida tozalanadi. sanoat korxonalarida texnologik jarayonlar vaqtida ajralib chiqadigan va ifloslangan havo atmosferaga chiqarishdan oldin tozalanadi.Havoni tozalash vositalari havoning ifloslik darajasiga va tozalashga qoʻyiladigan talabga qarab tanlanadi. Binolarga beriladigan havoni tozalashda koʻplab qoʻllanadigan qurilmalardan biri — havo filtrlaridir. Bunday qurilmalar ventilyatsiya va konditsirlash tizimlari tarkibiga kiradi. Ular yordamida binolardan atmosferaga chiqarib yuboriladigan (retsirkulyatsion) havoni ham tozalash mumkin. Retsirkulyatsion havo tarkibida chang koʻp boʻlsa, u avval chang yutkichlarda tozalanadi.Sanoat binolarida texnologik jarayonlar natijasida ifloslangan havoni tozalash va zararsizlantirish uchun turli filtrlar, chang va gaz tutkichlar, chang choʻktirgich kameralar, sik-lonlar va boshqa uskunalar qoʻllanadi. If-loslangan havo tarkibidagi qattiq zar-ralar (mas, uchuvchi kullar)ni tutish uchun mexanik kul tutkichlar — sik-lonlar, multitsiklonlar hamda nam kul tutkichlardan foydalaniladi. Sik-lonlarning foydali ish koeffitsiyenti (f.i.k.) 40—70%, qarshiligi 70– 80 mm suv ustuniga teng, tuzilishi sodda, ishlatishi qulay, biroq biroz qoʻpolroq. Multiiiklonlar ancha ixcham, ishi ham samarali. Nam kul tutkichlar xavoni yaxshi tozalaydi, ammo ish jarayonida koʻp suv talab qiladi. Аtmоsfеrа hаvоsini chаngdаn tоzаlаsh usullаri. Atmosfera havosiga chang asosan ikki yul bilan tushadi – tabiiy jаrаyonlar natijasida va insonlarni ishlab chiqаrish faoliyatlari natijasida. Tabiiy jаrаyonlarga - vulqonlarning otilishi, o’rmоn yonginlari, kosmik changning yogilishi va x.k. Changni havoga tushiruvchi ishlab chiqаrish korxonalariga quyidаgilar kiradi: kurilish ashyolari ishlab chiqaruvchi korxonalar - 34,7 % IЕS - 29,5 % avtotransport - 15,8 % kora metallurgiya - 12,4 % kimyo sanoati - 4,6 % rangli metallurgiya - 2,2 % neftni qayta ishlash korxonalari - 0,5 % Changning asosiy xossalari. 1. Chаng zаrrаchаlаrini zichligi -Haqiyqiy zichlik,-Sоchiluvchаn zichlik ,-Nisbiy zichlik 2. Zаrrаchаlаrni dispеrsligi (shakli, o’lchamlari). Zarrachalarning yopishuvchаnligi -O’rta yopishuvchi chаnglаr -Yaхshi yopishuvchаn chаnglаr 4 Аbrаzivlik хususiyati Zаrrаchаlаrni хo’llаnish хususiyati -Аbsоlyut gidrоfоb -Gidrоfоb mаtеriаllаr -Gidrоfil zаrrаchаlаr 6. Gigrоskоpiklik хususiyati 7. Chаng qаtlаmini elеktr o’tkаzuvchаnligi 8. Elеktr zаryadlаnish хususiyati 9. Zаrrаchаlаrning o’z-o’zidаn yonish vа hаvо bilаn pоrtlоvchi аrаlаshmаlаr hоsil qilish хususiyatlаri Sanoat korxonalaridan atmosferaga tashlanayotgan changlar turli shaklga, o’lchamga, zichlikka еga bo’lgаnligi uchun, ularni turli usullar yordamida tozalab olinadi. Hаvoni changdan tozalashning quyidаgi usullari mavjuddir, gravitatsion usu quruq inertsion va markazdan kochma kuch asosida tozalash usudi xo’llash usuli filtrlash usuli еlektrostatik usul tovush va ultratovush yordаmidа koagullash usuli. Gravitatsion usul bilan changni tozalash uchun cho’ktirish (gravitatsion) kameralaridan foydalaniladi. Ushbu moslama yordаmidа o’lchami 50 dan 500 mkm.gacha bo’lgаn chang zarrachalarini tozalab olinadi. Moslama tuzilishi juda oddiy bo’lib, lekin mayda chang zarrachalarini tozalay olmaydi. Inertsion chang tutgich moslamalar mayda chang zarrachali havoni to’siqlarga kelib urilishi yoki yo’nalishini keskin o’zgarishi xisobiga tozalanishiga asoslanib ishlaydi. Ular quyidаgi tuzilishli moslamalarga bo’linadi: Ushbu moslamalarning samaradorligi 65 - 80% gacha, ulchamlari 45 mkm. bo’lgаn chang zarrachalari tozalashga muljallangandir. Markazdan kochma kuch asosida changni tozalash tsiklonlarda olib boriladi: tsiklonlar yordаmidа changning ulchamlari 4-5 mkm bo’lgаn zarrachalar ham tu-tib olinadi va ularning samaradorligi 98 % gachadir. 1. Xo’llash usuli bilan changni tozalash moslamalari bir vaqtning uzida havoni ham changdan ham zaxarli gazlardan tozalash imkonini beradi. Xo’llash usuli bilan havoni tozalash moslamalari – “yuvuvchi minora” dеb ataladi va quyidаgi tuzilishga еgadir: 1.-yuvuvchi minora qobig’i 2 -nasadka qavati 3 -suv purkagich. Havoni gazdan va changlardan xo’llash usuli bilan tozalovchi jixozlarga gaz-yuvgichlar (tekis, nasadkali, tarelkali), markazdan qochma kuch va urilish inertsiya kuchi ta’sirida ishlovchi (rotatsiklonlar) tezlikli gazyuvgichli (Benturi naychasi) misol bo’la oladi. Ushbu moslamalarning hammasi suyuqlik tomchilari yoki suyuqlik plenkasida gaz va changni yutilishiga asoslanib ishlaydi. Ularni kontakt yuzasini oshirish maqsadida suyuqlik va gaz qarama-qarshi yo’nalishda xarakatlanib xuyuqlik yuqoridan purkaladi. Xo’llash usuli bilan chang yutish samaradorligi asosan chang. xo’llanishhususiyatiga bog’liqdir. Yuqorida tekis, nasadkali yuvuvchi minora keltirilgan. Uning tozalash samaradorligi 75-85 % bo’lib, naaadka sifatida “Rashig” xalqalari, koks va kvarts bo’laklari ishlatiladi. Havo gaz va korxonalarning zararli chiqindilardan tabiatning shamol, yomg‘ir, qor kabi tabiiy jarayonlari hisobiga tozalanadi. Yopiq inshootlarda bunday "tozalash tizimi" ko‘zda tutilmagan, shu bois bino ichidagi havo tashqaridagidan iflosroq bo‘lishi mumkin. Yopiq inshootlarda changdan tashqari, mebel, qurilish materiallari va maishiy kimyo vositalaridan ajraladigan zararli moddalar to‘planadi.Inshootlardagi mikroiqlimni oddiy xona gullari yordamida yaxshilash mumkin. Ma'lum bir o‘simlik turlari havo namligini oshirib va ifloslantiruvchi moddalar konsentratsiyasini kamaytirib, biofiltr kabi ta'sir ko‘rsatadi. Don't Panic nashri havoni tozalashda maxsus qurilmalardan-da samarali 10 o‘simlik turi haqidagi ma'lumoti bilan bo‘lishd.Uydagi boshqa narsalar singari, tizimli blok chang kompyuterni yopib qo'yishi mumkin. U nafaqat uning yuzasida, balki uning ichiga joylashtirilgan komponentlarda ham paydo bo'ladi. Tabiiyki, uni muntazam tozalash kerak, aks holda qurilmaning ishlashi har kuni yomonlashadi. Agar siz hech qachon kompyuterni yoki noutbukni tozalamagan bo'lsangiz yoki buni olti oydan ko'proq vaqt oldin qilgan bo'lsangiz, qurilmangiz qopqog'i ostiga qarashingizni tavsiya qilamiz. U erda juda ko'p miqdordagi changni topishingiz ehtimoli katta, bu esa kompyuterning ishlashini pasaytiradi.Kompyuterning chang bilan ifloslanishining asosiy oqibati - sovutish tizimining buzilishi, bu qurilmaning alohida komponentlarini ham, umuman butun tizimni doimiy qizib ketishiga olib kelishi mumkin. Eng yomon holatda, protsessor yoki video karta yonib ketishi mumkin. Yaxshiyamki, rahmat zamonaviy texnologiyalar Bu juda kamdan -kam hollarda bo'ladi, chunki ishlab chiqaruvchilar o'z mahsulotlarida yuqori haroratda favqulodda o'chirish funktsiyasini tobora ko'proq amalga oshirmoqdalar. Biroq, bu kompyuterning ifloslanishiga e'tibor bermaslik uchun bahona emas.Sizda qanday qurilma borligi juda muhim omil. Gap shundaki, noutbukni tozalash kompyuter bilan o'xshash jarayondan tubdan farq qiladi. Ushbu maqolada siz har bir turdagi qurilmalar uchun ko'rsatmalarni topasiz.Ish stoli kompyuterini changdan tozalash jarayoni bir necha bosqichlardan iborat bo'lib, bu bo'limda muhokama qilinadi. Umuman olganda, bu usul juda murakkab emas, lekin uni oddiy deb ham bo'lmaydi. Agar siz ko'rsatmalarga to'liq amal qilsangiz, unda hech qanday qiyinchiliklar bo'lmasligi kerak.Agar, albatta, siz o'z qobiliyatingizga ishonchingiz komil bo'lsa, qutini grafik adapterdan olib tashlashga va uni tozalashga, shuningdek, termal pastani almashtirishga urinib ko'rishingiz mumkin. Ammo ehtiyot bo'ling, chunki bu quril ma juda nozik.Havoni changdan tozalashni xonaga tashqi havoni etkazib berish orqali ham, undan changli havoni olib tashlash orqali ham amalga oshirish mumkin. Birinchi holda, ishlab chiqarish binolarida ishchilarni himoya qilish, ikkinchisida - atrofdagi atmosferani muhofaza qilish ta'minlanadi.Hamma turdagi changga va har qanday boshlang'ich kontsentratsiyaga mos keladigan yagona o'lchamli chang yig'ish moslamasi yo'q. Ushbu qurilmalarning har biri ma'lum turdagi changga, dastlabki konsentratsiyaga va kerakli tozalash darajasiga mos keladi.Changni tozalash uskunalari ishlashining muhim ko'rsatkichi formulada aniqlanadigan havoni tozalash omilidirHavoni changdan tozalash qo'pol, o'rta va mayda bo'lishi mumkin. Havoni qo'pol tozalashda qo'pol chang (zarracha kattaligi> 100 mkm) saqlanib qoladi. Bunday tozalash, masalan, ko'p bosqichli tozalashda yuqori changli havo uchun dastlabki sifatida ishlatilishi mumkin. O'rta tozalashda zarracha hajmi 100 mikrongacha bo'lgan chang saqlanib qoladi va uning oxirgi tarkibi 100 mg / m3 dan oshmasligi kerak. Nozik tozalash - bu tozalash vositasi bo'lib, unda juda nozik chang (10 mikrongacha) saqlanadi va yakuniy tarkibi 1 mg / m3 gacha bo'lgan havoda va qayta aylanish tizimlarida saqlanadi.Changni tozalash uskunalari chang yig'uvchilar va filtrlarga bo'linadi.Chang yig'uvchilar. Chang yig'uvchilar - bu chang zarralarini yotqizish uchun tortishish yoki inertlik kuchiga asoslangan qurilmalar bo'lib, ular tezlikni (changni yig'ish kameralarida) va uning harakat yo'nalishini (bitta va akkumulyatorli siklonlar) havo oqimidan ajratib turadi. , inertial va aylanadigan chang yig'uvchilar hisoblanadi.
Download 27.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling