1. Yonish jarayoni Yonish turlari
Zanjirsimon o'z-o'zidan alangalanish
Download 162.6 Kb.
|
ISSIQLIK AJRATUVCHI JIHOZLAR YONG\'INNI OLDINI OLISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Gazsimon moddalarning yonish va portlash xususiyatlari
Zanjirsimon o'z-o'zidan alangalanish. Tabiatda shunday aralashmalar uchraydiki, ularning haroratini oshirmagan holda kimyoviy jarayonlar ro'y berishi va bu jarayonlar o'z-o'zidan tezla-shishi (albatta uncha ko'p bo'lmagan birlamchi issiqlik hisobiga) va o'z-o'zidan alangalanish hodisasini vujudga keltirishi mumkin.
Bunday hodisalarni zanjirli kimyoviy jarayonlar deb yuritiladi. Bu hodisaga asosiy sabab aralashma holidagi yonuvchi moddalarda, ma'lum sharoit taqozosi bilan, harorat o'zgarmagan holda, bir yoki bir necha markazda moddaning aktiv atomlari hosil bo'ladi va bu atomlar modda tarkibidagi molekulalar bilan aktiv reaksiyaga kirishadi, buning natijasida yonuvchi modda molekulalari parchalanadi hamda parchalangan molekulalar yangi aktiv markazlar hosil qiladi. Agar zanjirsimon reaksiyaning markazi bitta bolsa, unda zanjir reaksiyasi sust kechadi. Bu tarmoqlanmagan zanjir reaksiyasi deb ataladi. Agar markaz bir necha bo'lsa, bunda reaksiya keskin ku-chayadi, o'zoczidan alangalanish jarayoniga olib keluvchi bu reaksiya tarmoqlangan zanjir reaksiyasi deb yuritiladi. Buni xlor bilan vodorod molekulalarining o'zaro birikishi misolida tushuntirish mumkin. Xlor molekulalari yorug'lik ta'sirida Cl22Cl Atom holidagi xlor vodorod bilan yengil birikadi H2+2Cl=2HCl+H Atom holidagi vodorod Cl2, ni yana prachalaydi H+Cl2=HCl+Cl. Bularni o'zaro qo’shsak CI+H2+CI2=CI+2HC1 hosil bo'ladi Bundan ko'rinib turibdiki, zanjirsimon reaksiya markazlari tugamaydi va davom etaveradi. Zanjirsimon reaksiyaning o'z-o'zidan alangalanishga olib keluvchi xususiyati harorat ko'tarilganda tezlashadi. 3. Gazsimon moddalarning yonish va portlash xususiyatlari Har qanday gazsimon modda, umuman yonuvchi gazlar va bug'larning yong'inga hamda portlashga xavfliligi ularning alangalanish chegaralari, yonish harorati va alanganing normal tarqalish tezligi bilan belgilanadi. Gazning havo bilan aralashib yonishi aralashma hosil bo'lgandagina vujudga keladi. Shuning uchun ham aralashmalar-ning alangalanish chegaralari quyi va yuqori chegaralar sifatida belgilanadi. Bunda quyi chegara deb gazning minimal miqdor alanga hosil qilgan holati tushuniladi va mana shu chegara sanoat korxonasining yong'inga va portlashga xavflilik toifasini belgilovchi omil hisoblanadi. Havoning gaz bilan aralashmasi, yonish uchun yetarli miqdorda yiqilgan bo'lsa, u ma'lum haroratgacha qizdinlganda alangalanib ketadi, mana shu harorat yonish harorati deb ataladi.Bu harorat yonuvchi aralashma holati va boshqa omillar ta'silida juda katta diapazonni tashkil qilishi mumkin (450— >2000 °C). Yonuvchi aralashma yonayotgan vaqtida alangani tarqalish tezligi aniqlanadi. Bunda yonayotgan zonaga o'tish tezligi ma'lum yuzadagi yonuvchi aralashma ma'lum vaqt birligida yonib, tutash zonaga o'tishi belgilanadi. Ko'pgina gazlarning aralashmalarining yonish tezligi ular aralashmalarining miqdoriga va gazning xususiyatiga bog'liq bo'ladi. Gazlarning yonish tezligi asosan 0,3—0.8 m/s ni tashkil qiladi. Bundan vodorod bilan asetilen gazi mustasno bo'lib, ularning yonish tezligi 2,76 va 1,56 m/s dan iborat. Alanganing normal tarqalish tezligi gazlardagi fizika-kimyoviy xususiyat bo'lib, ma'lum o'zgarmas miqdor sifatida belgilanadi, chunki bu tezlikning nihoyatda ortib ketishi portlashni belgilovchi omil hisoblanadi. Yonishning tez kechishi portlash deyiladi. Yonish qancha qisqa muddatda amalga oshsa, poitlash kuchi shuncha katta bo'ladi. Suyuqliklarda yonish faqat uning gazsimon (ya'ni bug'ga aylangan) fazasida bo'ladi. Byg'ga aylanish jarayoni va tezligi suyuqlikning fizik va kimyoviy xususiyatlariga bog'liq. Shuningdek, bunga aylanish jarayoni tashqi muhit haroratiga ham bog'liq bo'ladi. Ma'lum harorat va bosimdagi suyuqlik bug'i hosil bo'ladi. Shu bug' miqdori harorat ofczgarmagan holatda ortib yoki kamayib ket-maydi. Bu miqdordagi bug'ni to'yingan bug' deb ataladi. To'yingan bug'lardan bug'ga aylanayotgan molekulalar soni, suyuqlikka ay-lanayotgan molekulalar soniga teng bo'lganligidan, uning miqdori havo muhitida bir xil saqlanib turadi. Bunday holatdagi suyuq-likning havo muhitiga nisbatan zichligi miqdoriy bosim deb yuriti-ladi. Ya'ni agar havo tarkibidagi to'yingan bug' miqdori 20 foizni tashkil etsa, unda bu aralashmaning miqdoriy bosimi 0,20 P deb qabul qilinadi. Bunda P0-atmosfera bosimidir. Agar to'yingan bug'ning miqdoriy bosimi ma'lum bo'lsa, ana shu haroratdagi havo muhitida bo'lgan zichligini aniqlash mumkin. Ck= Pk 100%. P0 bunda, Pk— to'yingan par bosimi; P0— atmosfera bosimi. Odatda to'yingan bug'ning bosimi ma'lum haroratlar bo'yicha 'har xil suyuqliklar uchun ma'lumotnomalarda beriladi. Havo muhitida bug'larning, shuningdek, gazlarning yonishi, ma'lum diapazon zichlikdagina ro'y berishi mumkin. Havodagi yonuvchi bug' va gazning miqdori, umuman to'yingan holatdagi miqdordan ko'p bo'lishi mumkin emas, shu-ning uchun bu moddaning yonish chegarasini faqat harorat bilangina belgilash mumkin va bu miqdor yonuvchi modda alan-galanishining yuqori chegarasi deb yuritiladi. Ammo suyuqlik va gazlarning havo muhitidagi zichligi to'yinish nuqtasidan past bo'lgan hollarda ham ma'lum haroratda alangalanish hodisasi ro'y berishi mumkin. Shuning uchun ham har xil yonuvchi moddalar uchun zichlikning alangalanish chegarasini yonuvchi modda minimal miqdorda bo'lgan holat uchun ham alangalanish harorati aniqlanadi va bu miqdor modda alangalanishining quyi chegarasi deb yuritiladi. Demak, har qanday yonuvchi suyuqlikning yonish jarayoni bo'lishi uchun suyuqlik ma'lum haroratgacha qizdirilishi (bu harorat, albatta, alangalanishning quyi chegarasidan kam bo'lmasligi kerak) va bu vaqtda suyuqlikdan ajralib chiqayotgan bug'lar miqdori alangani davom ettira oladigan miqdorda bo'lishi kerak. Suyuqliklarning ana shu xususiyatlari asosida suyuqliklar uchun chaqnash va alangalanish tushunchalari kiritiladi. Uncha katta bo'lmagan haroratdagi suyuqlik yuzasida suyuqlik bug'larining havo bilan aralashmasi hosil bo'ladi va bu aralashmaga tashqaridan uchqun berilsa, yonib ketadi. Bu chaqnash harorati deb aytiladi. Bunda muqim yonish jarayoni davom etmasligi mumkin. Agar yonib ketgan suyuqlik bug'larining ajratgan issiqligi suyuqlikning yonish uchun ajralishi kerak bo'lgan bug' miqdori uchun yetarli bo'lsa, yonish davom etadi, aksincha, o'chib qoladi. Mana shu xoccara asoslangan holda suyuqliklar ikki turkumga bo'linadi: 1) Agar suyuqlikning chaqnash harorati 61 °C ga teng yoki ki-chik bo'lsa, bunday suyuqliklar yengil alangalanuvchi suyuqliklar (HAS) deb ataladi. Ularga spirtlar, aseton, benzin va boshqa suyuqliklar kiradi. 2) Agar suyuqlikning chaqnash harorati 61 °C dan katta bo'lsa, bunday suyuqliklar yonuvchi suyuqliklar (YoS) deb ataladi. Ularga yog'lar, mazut, glitserin va boshqalar kiradi. Alangalanish harorati deb suyuqlikning minimal haroratdagi chaqnash hodisasi suyuqlikdan yetarli darajada bug'lar ajralib chiqishini ta'minlashi natijasida alangalanish davom etadigan holatiga aytiladi. Yengil alangalanuvchi suyuqliklar uchun bu harorat V chaqnash haroratidan 1—5 °C yuqoriroq bo'ladi, yonuvchi suyuqliklar uchun esa 30-35 °C ga borishi mumkin. Gazlar va suyuqlik bug'larining havo bilan aralashmasi portlash xususiyatiga ega. Portlash ma'lum sharoit bo'lganda amalga oshadi. Ya'ni portlash bo'lishi uchun aralashmadagi yonuvchi gaz yoki bug'ning miqdori, aniq foiz miqdorni tashkil qilishi kerak. Buni 75-rasmda ko'rsatilgan chizma bilan ifodalash mumkin. Chizma-dan ko'rinib turibdiki, agar portlovchi modda miqdori A ga yetsa, portlash boshlanadi va V gacha davom etadi. Eng kuchli portlash modda miqdori S ga yetganda sodir bo'ladi. Shuni ham aytib o'tish kerakki, portlash berk xona yoki idishda yuz beradi. 75-rasm. Portlash mohiyatini tushintirish chizmasi. Download 162.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling