1. Yonish jarayoni Yonish turlari
Yong'inga qarshi kurash xizmatini tashidl qilish
Download 162.6 Kb.
|
ISSIQLIK AJRATUVCHI JIHOZLAR YONG\'INNI OLDINI OLISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
22. Yong'inga qarshi kurash xizmatini tashidl qilish
Sanoat korxonalarida yong'inga qarshi kurash ishlarini shu korxonalarning yong'inga xavflilik darajasiga qarab, korxona ma'muriyati belgilaydi. Agar sanoat korxonasi yong'inga xavfli bo'lsa, unda yong'inga qarshi kurash bo'limi tashkil qilinadi. Bunday bo'lim o'zining maxsus yong'inga qarshi kurash komandalarini tashkil qiladi. Agar sanoat korxonasining yong'inga xavflilik darajasi past bo'lsa, unda yong'indan muhofaza qilish ishlarining asosiy yo'nalishi yong'in chiqib ketmasligini va chiqqan taqdirda ham kattalashib ketmasligini ta'minlashga qaratilgan ehtiyot chora-tadbirlari hisoblanadi. Hozirgi vaqtda davlat yong'inga qarshi qurash nazoratini ichki ishlar vazirligining yongindan muhofaza qilish boshqarmasi amalga oshiradi. Uning asosiy vazifasi-sanoat korxonalarida yong'in va portlashga olib keladigan sabablarni yo'qotishga qaratilgan tashkiliy va texnik chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirishdan iborat. Bu ishlarni yong'inga qarshi kurash inspektorlari bajaradi. Ular xohlangan vaqtda sanoat korxonalarini, omborlarni, bino va qurilmalarni ko'zdan kechirishi, xohlangan sanoat korxonasi yoki ayrim shaxslardan yong'in xavfsizligiga taalluqli hujjatlar va ma'lumotlarni talab qilishi, binolarda yong'in bo'lgan taqdirda uni tezda bartaraf qilish imkoniyatlarini beradigan yong'inga qarshi kurash birlamchi vositalarining tayyorligini va shuningdek, majburiy qarorlar, qoida va normalar qanday bajarilayotganligini tekshirishi mumkin. Davlat yong'inga qarshi kurash nazorati organlari yong'in xavf sizligi qoida, norma va talablarini bajarmagan va shuningdek, yong'inga qarshi kurashning birlamchi vositalari hamda kerakli asbob-anjomlarni noto'g'ri saqlagani va boshqa maqsadlarda foydalangani uchun sanoat korxonasi rahbar xodimlariga, sex boshliqlari va boshqa javobgar shaxslarga jarima solish huquqiga ega. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR A. Qudratov, T.G’aniev, O’. Yuldashev, G’.Yo. Yormatov, N. Xabibullaev, F.D Xudoev. «Hayot faoliyati xavfsizligi» maruzalar kursi. Toshkent 2005 y 6.Yuldashev O.R., Sapaev Sh.M., va boshqalar «Hayot faoliyati xavfsizligi» fanidan amaly mashg’ulotlar. O’quv qo’llanma. Toshkent 2010 y Т.В. Гитун, А.Г Елисеев и др. «Экстремальная медицина» Полный справочник. Москва 2006 г. О.Р Юлдашев, О.Т Хасанова и др. «Аварийно-спасательные раьоты» Учебное пособие. Ташкент 2008 г. О.Р Юлдашев, О.К Абдурахманов и др. «Безопасность жизнедеятельности» Учебное пособие. Ташкент 2009 г. X.V Salimov. «Ekologiya» Ruscha-o’zbekcha izohli lug’ati Toshkent 2009 y. M.K.Полтев. Oxpaнa тpyдa в мaшиностроении.М.Высшая школа,1980. Caйдаминов C.C. Ocновы oxpaны окружаюшей среди.T.: «O'qituvchi», 1989 r. Yormatmov G.Yo. , Mahmudov R. «Mehnatni muhofaza qilish» Ma'ruzalar to'plami 1-2 qism T., 1995-y. Yormatov G'.Yo. «Hayot faoliyati xavfsizligi» ma'mzalar matni. T., 2000 y. 6. Yormatov G'.Yo., Nasretdinova Sh.Sh. «Sanoat sanitariyasi». O'quv qo'llanma T., 1999-y. Download 162.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling