1. Yonish jarayoni Yonish turlari
Download 162.6 Kb.
|
ISSIQLIK AJRATUVCHI JIHOZLAR YONG\'INNI OLDINI OLISH
2. Yonish turlariYonish jarayonini shartli ravishda quyidagi turlarga bo'lish mumkin: Chaqnash-yonuvchi aralashmaning bir lahzada yonib-o'chishi. Bunda yonishning davom etishi uchun aralashma tayyor-lanishining imkoniyati yo'q. Qizdirish natijasida yonishning vujudga kelishi. Alangalanish-yonishning alanga olib davom etishi. O'z-o'zidan yonish-moddalar ichida asosan organik mod-dalarda ro'y beradigan ekzotermik reaksiyalar natijasida, tashqaridan qizdirishsiz yonuvchi aralashmaning o'z-o'zidan yonib ketishi. O'z-o'zidan alangalanish o'z-o'zidan yonishning alanga bi-lan davom etishi. Portlash-o'ta tez yonish kimyoviy jarayonining bosim va energiya hosil qilish bilan o'tishi. Yonuvchi modda ma'lum haroratlarda o'zidan yonuvchi bug'lar ajratib chiqarishi natijasida alangalanish ta'minlansa, bu harorat alangalanish harorati deb yuritiladi. Ba'zi bir, asosan organik moddalar (torf, qipiq paxta, ko'mir mahsulotlari, qora mollarning chiqindilari) o'z-o'zidan yonib ketish xususiyatiga ega. Chunk ular g'ovak asosga ega, oksidlanishi mumkin bo'lgan yuzasi juda katta bo'lganligidan, bu moddalar ochiq joylarda ma'lum miqdorda tushib qolsa, ob-havo sharoiti ta'sirida qizib yonib ketadi. Buning asosiy sababi organik moddalar namlanganda uning ichki qismida mikroorganizmlar rivojlanadi va ularning rivojlanishi natijasida issiqlik ajralib chiqadi, bu hodisani organik moddalarning o'z-o'zidan qizish jarayoni deb ataladi. Bunday hodisalar ba'zi bir kimyoviy moddalarda ham bo'lishi mumkin. Masalan, ishqoriy yer metallar, kalsiy karbid, so'ndirilmagan ohak uncha ko'p bo'lmagan suv ta'siridan qizib alangalanib ketishi mumkin. Bunday hodisalar ko'pincha yong'in chiqishiga bevosita sababchi bo'ladi. Yonish jarayoni yonuvchi modda molekulalarining kislorod molekulari bilan birikish hodisasi hisoblanadi. Yonish jarayonini akdemik N.N.Semyonov zanjirli reaksiya nazariyasi asosida tushuntiradi. Oksidlanish reaksiyasi odatda is-siqlik ajralish bilan boradi va bu hodisa ma'lum sharoitda tezlashib ketishi mumkin. Oksidlanishning mana shu tezlanish davri yon-ishga o'tgan davriga to'g'ri kelib, bun o'z-o'zidan alangalanish hodisasi deb yuritamiz. O'z-o'zidan alangalanish issiqlik ta'sirida yoki zanjir tartibda yuz berishi mumkin. O'z-o'zidan yonish issiqlik ta'sirida bo'lganda reaksiya natijasida ajralib chiqayotgan issiqlik tashqi muhitga tarqalayotgan is-siqlikdan katta bo'lgan taqdirdagina vujudga keladi. Zanjir tartibi esa molekulalar zanjiri uzluksiz davom etishi va zanjirning tarmoq-lari keskin ortib ketishi natijasida sodir bo'ladi. O'z-o’zidan yonib ketishning issiqlik ta'sirida ro'y berish holatini ko'rib chiqamiz. Faraz qilaylik idishda V hajmida yonuvchi gaz yoki bug'lanib yonuvchi gaz holatidagi kelgan suyuqlik havo bilan biiga tuldirilgan bo'lsin. Shu xonadagi harorat va atmosfera bosimida havo bilan to'ldirilgan yonuvchi gaz yoki bug'langan suyuqlik o'rtasida hech qanday reaksiya bo'lmaydi. Ma'lumki reaksiya jarayoni faqatgina harorat ko'tarilishi bilan ro'yobga chiqadi. Agar biz idish haroratini asta-sekin ko'tara borsak, ya'ni idishni qizdirsak unda aralashma harorati ham ko'tarila boradi, bu bilan reaksiya tezligi ham ortabo-radi va o'z navbatida reaksiya natijasida ajralib chiqayotgan issiqlik ham orta boradi. Berilayotgan issiqlikka nisbatan ajralib chiqayotgan issiqlik miqdori quyidagi formula asosida bo'ladi: Q1 =QVKCVeE/(RT) bu yerda, q1 — issiqlik ajralish tezligi: Q-gaz yonganda ajraladigan issiqlik; V— yonuvchi aralashmaning hajmi; K— reaksiya tezligi konslantasi; S— reaksiyaga kirishuvchi moddalar konsentratsiyasi; v— reaksiya tartibi; E— aktivatsiya energiyasi; R— gazning universal o'zgarmas miqdori: T— aralashma harorati. Kimyoviy reaksiya tezligi sifatida ma'lum hajmdagi moddaning birikish miqdori qabul qilingan. Aktivatsiya energiyasi molekulalar o'rtasidagi bog'lanishni o'zgartirishga sarflanishi zarur bo'lgan energiya miqdoridir. Kimyoviy birikish eski moddadagi molekulalar tizimidagi asoslar o'rtasidagi bog'lanishni buzib, yangi molekulalar bog'lanishdagi tizimni vujudga keltiradi. Shuning uchun ham moddaning bir turdan ikkinchi turga aylanishini ta'minlovchi reaksiya uchun eski atomlar orasidagi bog'lanishni buzishga ma'lum miqdorda aktivatsiya energiyasi sarflanadi. Shuning uchun ham reaksiyaga kirishga sarflanishi kerak bo'lgan energiya miqdori ma'lum miqdorda yig'ilgandagina paydo boladi. Bu energiya asosan atom va molekulalar o'rtasidagi bog'lanishlami uzish yoki susaytirish uchun sarflanadi. Molekulalanli uzilish holatiga olib keladigan energiya miqdori aktivatsiya energiyasi deb yuritiladi. Reaksiya natijasida ajralib chiqayotgan issiqlik yonuvchi aralashmaning qizishiga olib keladi. Aralashmaning harorati idish devorlari haroratidan ko'payib ketsa, unda ajralayotgan issiqlik atrofmuhitga tarqala boshlaydi. Ma'lum vaqt birligida idish devorlari orqali tarqalayotgan issiqlik miqdori, idish devori va aralashma harorati orasidagi ayirmaga to'g'ri proporsional bo'ladi, ya'ni: q2 = S (T1 - To), bunda, q2 — idish devori orqali tarqalayotgan issiqlik tezligi; — issiq tarqatish koeffitsiyenti; S—idish devorlari yuzasi; T1- aralashma harorati; To—idish devori harorati. 74-rasmda yuqorida keltirilgan formulaning grafik ko'rinishi aks ettirilgan. 74-rasm. O’z-o'zidan yonishni ifodalovchi chizma. R1— egri chiziq sistemalari reaksiyaga kirishayotgan gazlar aralashmasining boshlang'ich konsentratsiyasiga bog'liq bo'lgan kimyoviy reaksiyalarning har xil tezliklariga mos keladi. Reaksiya egri chiziq bo'ylab borganda o'z-o'zidan alangalanish bo'lmaydi. Bu holat moddaning bir maromda oksidlanish jarayoniga mos keladi. Agar reaksiya egri chiziq asosida bo'lsa, bunda issiqlik ajralishi tarqalayotgan issiqlikka nisbatan hamma vaqt ko'p bo'ladi. Bu holatda aralashmaning issiqligi ko'tarila boradi va natijada o'z-o'zidan alangalanish boshlanadi. Reaksiyaga kirishuvchi moddalarning ajralayotgan issiqligi bi-lan tarqatayotgan issiqligi orasidagi mutanosiblik qizdirish egri chizigi bo'ylab borganda kuzatiladi. Bunda qizdirilishning va issiqlik tarqatishning tenglashgan holati V nuqtaga to'g'ri keladi. Ammo bu tenglashish turg'un holat emas. Bu holatda uncha katta bo'lmagan qizdirish ham moddalardan ko'plab issiqlik ajralishini ta'minlash va o'z-o'zidan alangalanishga olib kelishi oson. Demak, bu ikki chiziqning kesishgan nuqtasi V ni issiqlik ajralishi va tarqa-lishi tenglashgan holat deb qarash mumkin. Mana shu tenglashgan holatdagi haroratni o'z-o'zidan alangalanish harorati deb yuritiladi. Har xil moddalar uchun o'z-o'zidan alangalanish harorati har xil bo'ladi va ba'zan keskin farq qiladi. Masalan, A-72 benzinining o'z- o'zidan alangalarini harorati 255 °C ga, qayin yog'ochiniki-400 °C, linoleumniki-411 °C ga teng. Download 162.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling