1. Yorug’likning yutilishi. Buger-Beer qonuni. Dispersiyaning elektron nazariyasi


Download 114.34 Kb.
bet1/3
Sana19.06.2023
Hajmi114.34 Kb.
#1600127
  1   2   3
Bog'liq
12-mavzu


12-mavzu:Yorug’likning yutilishi. Buger-Beer qonuni.
Dispersiyaning elektron nazariyasi
Reja
1. Yorug’likning yutilishi.
2.Buger-Beer qonuni.
3.Dispersiyaning elektron nazariyasi
4.Xulosa

Moddalardan yorug’lik nuri o‘tganda yorug’lik to‘lqinining elektromagnit maydoni ta’sirida modda elektronlari tebranadi, ya’ni bu to‘lqin energiyasining bir qismi elektronlarning tebranishiga sarf bo‘ladi. Boshqacha aytganda yorug’lik nuri biror moddadan, masalan suyuqlikdan o‘tganda uning intensivligi kamayadi va yorug’likning yutilishi sodir bo‘ladi. Tajriba ko‘rsatadiki yorug’likning yutilishi moddaning tabiatiga va tushuvchi yorug’likning to‘lqin uzunligiga bog’liq bo‘lar ekan.


Faraz qilaylik yorug’lik qalinligi (d) ga teng bo‘lgan suyuqlik qatlamidan o‘tsin.

Bu qatlamni xayolan bir-biriga teng bo‘lgan (dx) elementar qatlamlarga bo‘lib chiqamiz. Har bir elementar qatlamda yorug’likning yutilishi tufayli intensivlikning kamayishi quyidagicha bo‘ladi.
(1)
yoki
(2)
(2) tenglikni integrallasak, (0 dan d gacha) butun qatlamdan o‘tgan yorug’likning intensivligini topgan bo‘lamiz, ya’ni
(3)
yoki
(4)
(4) formulaga Buger formulasi deyiladi.
Bu yerda k– yutilish koeffisiyenti
d – qatlam qalinligi
I0; I esa – tushuvchi va o‘tgan yorug’lik intensivligi.
Tekshirishlar shuni ko‘rsatadiki yutilish koeffisenti (k) to‘lqin uzunligiga bog’liq bo‘lar ekan. Quyidagi rasmda (k) ni (λ) bog’liqlik grafigi keltirilgan.
k
λ1 = 4000 A0
λ2 = 6000 A0
λ3 = 6400 A0
λ λ4 = 8000 A0

(4) formulani kichik konsentrasiyali eritmalar uchun ishlatish mumkin, katta konsentrasiyali eritmalarda bu qonundan chetlanish mavjud bo‘ladi.


Agar yorug’likning eritma tarkibidagi eruvchi modda yutsa va erituvchi modda yutmasa, u holda
k = Ac (5)
bo‘ladi. A – konsentrasiyaga bog’liq bo‘lmagan va yutuvchi modda molekulasi uchun xarakterli bo‘lgan kattalik.
c – eritmaning konsentrasiyasi
(5) ni hisobga olgan holda Buger qonunini yozsak
I = I0e-Acd (6)
(6) formulaga Buger – Ber formulasi deyiladi.

Download 114.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling