1. yoshida Moskva universitetining internat maktabiga o‘qishga kirgan
Download 47.5 Kb.
|
2-oylik imtihon 2-variant javobsiz
2-VARIANT 1. ……. 11 yoshida Moskva universitetining internat maktabiga o‘qishga kirgan A) Sergey Akopovich Mergelyan B) Aleksandr Griboyedov C) Leo Landau D) Chingiz Aytmatov 2. “Dangasalik har vaqt insonni xor qilur”. Ushbu fikr muallifi kim? A) Abdulla Avloniy B) Alisher Navoiy C) Abdurauf Fitrat D) Mahmudxo’ja Behbudiy 3. Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh Assambleyasi tomonidan “Bola huquqlari to’g’risida”gi Konvensiya qachon qabul qilindi? A) 1989-yil 20-dekabr B) 1989-yil 20-noyabr C) 1990-yil 20-yanvar D)1990-yil 20-mart 4. UNICEF qanday tashkilot? A) BMTning fan, ta’lim va madaniyat bo’yicha tuzilmasi B) Milliy qadriyatlarni ro’yxatga oluvchi tashkilot C) Ayollarni, xotin-qizlarni himoyalovchi tashkilot D) Bolalar muammolarini xalqaro miqyosda hal qiluvchi tashkilot 5. Ekologiya so’zi qaysi tildan olingan? A) Arabcha B) Lotincha C) Yunoncha D) Forscha 6. Harakatlar strategiyasi qachon qabul qilingan? A) 2017-yil 7-fevral B) 2018-yil 18-dekabr C) 2017-yil 17-fevral D) 2019-yil 20-mart 7. Qanday qoidalarga hech qayerda qat’iy yozilmagan bo’lsa ham, ularga insonlar rioya qiladilar? A) Huquqiy qoidalar B) Axloqiy va ma’naviyqoidalar C) Siyosiy va iqtisodiy qoidalar D) Barcha javoblar to’g’ri 8. Insonlarning xatti-harakatlarini ezgulik va yovuzlik, yaxshi yoki yomon oqibatlarga olib kelishi nuqtayi nazaridan baholash va shunga qarab jazolash yoki mukofotlashga nima deyiladi? A) Rostgo’ylik B) Saxiylik C) Vijdon D) Adolat 9. “Adolat davlatning asosi va hukmdorlar shioridir”. Ushbu fikr kimga tegishli? A) Amir Temur B) Z.M.Bobur C) Shayboniyxon D) Abu Nasr Forobiy 10. Prezident Shavkat Mirziyoyev qanday insonlarni bugungi kunning qahramonlari bo’lishi kerakligini ta’kidlagan edi? A) Mehnatsevar insonlarni B) Qonun va adolat uchun kurashadigan insonlarni C) Sahiy va qo’li ochiq homiy insonlarni D) Harbiy xizmatchilarni 11. Abdurauf Fitrat Vatanga qanday ta’rif bergan edi? A) Vatanni sevmoq iymondandir B) Vatan – jon.Jon shirin, ammo Vatan jondan ham shirin. C) Vatan mening jon-u tanim, sajdagohimdir. D) Barcha javoblar to’g’ri 12. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining nechanchi moddasida mahalla haqida, uning boshqaruvi haqida ta’kidlangan? A) 102-moddada B) 105-moddada C) 110-moddada D) 128-moddada 13. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 49-moddasida qanday majburiyat bayon etilgan? A) Fuqarolar O’zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrashga majburdirlar. B) Barcha fuqarolar Konstitutsiyada belgilab qo’yilgan burchlarni bajaradilar. C) Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga majburdirlar. D) Barcha javoblar to’g’ri 14. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining nechanchi sessiyasida Orol muammosiga e’tibor qaratib, undan jabr ko’rgan aholiga amaliy yordam ko’rsatish bo’yicha qabul qilingan maxsus dastur haqida gapirgan edi? A) 70-sessiyada B) 71-sessiyada C) 72-sessiyada D) 74-sessiyada 15. Buyuk mutafakkir bobomiz Abu Ali ibn Sino qayerda tug’ilgan? A) Samarqandda B) Kobulda C) Buxoroda D) Xorazmda 16. Xristian dinining pravoslav yo’nalishi vakillari o‘z joniga qasd qilganlarni nima deb ataganlar? A) Noshukurlar B) Gunohkorlar C) Aqlsizlar D)Nopoklar 17. O‘g‘ridan qo‘rqma, nari borsa molingni olar, qotildan qo‘rqma, nari borsa joningni olar. Ammo befarq, loqayddan qo‘rq, chunki u ikkisiga yo‘l qo‘yib berar. Ushbu fikr kimga tegishli? A) Alisher Navoiy B) Jaloliddin Rumiy C) Ahmad Yassaviy D) Abu Rayhon Beruniy 18. Kimki yurtni sevmasa, u hech kim va hech nimani sevmaydi, deb kim aytgan? A) Mahmud Zamaxshariy B) Mahmud Qoshg’ariy C) Mahmudxo’ja Behbudiy D)Minhojiddin Mirzo 19. Globallashuv so’zi qaysi tildan olingan? A) Yunoncha B) Inglizcha C) Lotincha D) Arabcha 20.Borliq va jamiyat, narsalar, voqealar, hodisalar, inson hayoti, moddiy va ma'naviy boyliklarning ahamiyatini ko'rsatish uchun qo'llaniladigan tushuncha nima deb ataladi? A) Mentalitet B) Urf-odat C) Qadriyat D) G’oya 21. Dorishunoslik atamalarini tartibga solishda katta hissa qo’shgan alloma kim? A) Ibn Sino B) Beruniy C) Luqmoni Hakim D) Forobiy 22. Preziden so’zining ma’nosi? A) Ijro etuvchi B) Oldinda turuvchi C) Qonun chiqaruvchi D) G’amxo’rlik qiluvchi 23. “Zubdatut-tavorix” nomli tarixiy asarning muallifi kim? A) Ibn Arabshoh B) Narshahiy C) Hofizi Abru D) Gerodot 24. Taraqqiyotni ilm va ma’rifatda deb bilgan shaxsga berilgan ta’rifni toping! A) U Toshkentda tug’ilgan B) “Turkiy guliston yohud axloq” asari muallifi C) Otasining nomiga kutubxona ochadi D) Birinchi o’zbek advokati 25. “Hayot yo’lida birinchi masala maktab masalasidir” deya ta’kidlagan shaxsga mos javobni belgilan! A) “Oila yoki oila boshqarish tartiblari” asari muallifi B) “Turkiy guliston yohud axloq” asari muallifi C) Otasining nomiga kutubxona ochadi D) Birinchi o’zbek advokati 26. Quyidagi she’rlardan vatanni jonga o’xshatgan shaxsga tegishlisini toping! A) “Iqror” B) “Dorboz” C) “O’zbekiston D) “Insonqasidasi” 27. Sharq taronalari musiqa festivali necha yilda bir marta o’tkaziladi? A) 2 yilda B) 3 yilda C) 4 yilda D) Haryili 28. “Baxtni sa’y-harakatda, baxtsizlikni esa loqaydlik va dangasalikda, baloni tilda, halovatni sukutda ko‘rdim” deb so’z yuritgan shaxsga ta’luqlisini toping! A) Samarqandda yangi usuldagi maktab ochadi B) “Turkiy guliston yohud axloq” asari muallifi C) “Saydana” asarini yozadi D) Mo’g’ullarga qarshi kurashadi 29. 1997-yilda Xorazm viloyatining necha yilligi nishonlandi? A) 2500 yilligi B) 2700 yilligi C) 2200 yilligi D) 2750 yilligi 30. Kim Alisher Navoiyning Xurosonda 52 ta rabot, 20 ta hovuz, 16 ta ko‘prik, bir qancha masjid-madrasa, to‘g‘on, ariq, hammom va boshqa maishiy binolar qurdirgani haqida asarida qayd etib ketgan? A) Ibn Arabshox B) Xondamir C) Ogahiy D) Bobur 31. Yurtimizda 2009-yil qanday nomlangan? ___________________________________ 32. Toshkentga qaysi tashkilot tomonidan Islom madaniayti poytaxti maqomi berilgan? ______________________________________ 33. Bag’rikenglik, kengfellilik bu? _______________________________ 34. Xorazmga Jaloliddin Manguberdi ordeni berilgan yil yurtimizda qanday nomlandi? __________________________________ 35. Shavkat Mirziyoyev qachondan bosh vazir lavozimini egalladi? _______________________________________ 36. Ksenofobiya qaysi tildan olingan? ___________________________________________ 37. “Oq irqchilik” tashkiloti qaysi voqeadan keyin tashkil qilindi? __________________________________________ 38. Kaltaminor qayerda joylashgan? _______________________________________ 39. Milliy g’oya qachon qabul qilindi? _________________________________________ 40. Missionerlik faoliyatining bir konfessiyaga e’tiqod qiluvchilarni boshqa konfessiyalarga o‘tkazishga qaratilgan shakli nima deyiladi? __________________________________________________ Download 47.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling