Glossariy Adolat


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana08.02.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1178116
  1   2   3
Bog'liq
glossariy 585d742c178d45a675a11642fc3a2473



Glossariy 
Adolat -shaxs va ijtimoiy guruhlar imkoniyatlari va talablari, huquqlari va 
farovonligining me’yorini, jamiyatning shaxc oldiga qo`yadigan talablari 
me’yorini, turli sinflar va ijtimoiy guruhlarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, 
ma’naviy-madaniy voqealarga munosabatini xarakterlovchi ijtimoiy ong 
tushunchasi. Adolat- jamiyat a’zolarining xilma – xil munosabatlaridagi o‘zaro 
tengligini nazarda tutadi. Axloqiy jihati insonlararo muomalada bir xil 
munosabatda bo‘lishni, bir- birining izzat – nafsiga tegmaslikni axloq – odob 
qoidalariga amal qilishlikni bildiradi. 
Alturizm- {frans. Altruisme, lot. alter - boshqa) - egoizmga qarama-qarshi 
axloqiy prinsipbo`lib, u boshqa kishilarga beg‘araz xizmat qilishdan, ularning baxt-
saodati uchun o`z shaxeiy manfaatlarini qurbon etishdan iborat. Adturizm. 
Terminini falsafaga O.Kont kiritgan. Alturizm tushunchasi, odatda, yaqinlarga 
mehr-muhabbat b-n qarash, odamlarning xatolarini kechirish, o`zining qadr-
qimmatini chetlabo`tib, o`y-fikri va xatti-harakatini boshqalar hayotiga bagishlash, 
o`zini tamomila unutishni anglatadi. 
Antropologiya (yun. anthropos - odam va logos - ta’limot) - odamning 
paydo bo`lishi va evolyusiyasi, odam irqlari haqidagi fan. Antropologiya . odam 
tana tuzilishi, kishilar o`rtasidagi salbiy farqlarni o`rganish asosida ish ko`radi. 
Ilmiy antropologiya . mustaqil fan sifatida XIX asrda shakllangan.
Axloq - (arab, xulqning ko`pligi; lot. moralis - xulq atvor) - ijtimoiy ong 
shakllaridan biri. Kishilarning tarixan tarkib topgan xulq-atvori, yurish turishi, 
ijtimoiy va shaxsiy hayotdagi o`zaro, shuningdek, jamiyatga bo`lgan 
munosabatlarini tartibga solib turuvchi barqaror, muayyan norma va qoidalar 
yig‘indisi.Axloq normalari kishilarning xatti harakatlarida o`z ifodasini topadi. 
Bunda ba’zi xatgi-harakatlar, xulq-atvorlar axloqiy , ba’zilari axloqsizlik deb 
baholanadi. Axloqni alohidafal-iy fan - «Etika « o`rganadi.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling