Glossariy Adolat


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana08.02.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1178116
1   2   3
Bog'liq
glossariy 585d742c178d45a675a11642fc3a2473

Axloqiy qadriyatlar - kishilarning xulq-atvorida asrlar davomida shakllangan 
o‘zaro munosabatlar, yurish-turish qoidalari: xushxulqlik, xushmuomalalik, 
kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, halollik, pokizalik, ezgulik, mehnatsevarlik
insonparvarlik, vatanparvarlik. 
Axloqiy tafakkur - axloq masalalariga bag‘ishlangan fikrlar, qarashlar 
g‘oyalar, har bir insonnning axloqiy meyorlar va qadriyatlarni anglash, ilmiy 
mushohada qilish jarayoni. 
Badiiy obraz - har qanday ijodkorni o`z asarida voqelikni aks etgishining 
badiiy vositasi.Inson o`zining sezgisi, idroki, tasavvuri, tushunchasi orqali tashqi 
dunyoni badiiy obraz . shaklida biladi. Badiiy obraz .manbai «jonli hayot «, 
voqelikni nafosatli qaytaanglashdir. San’atkor his-tuyg‘ulari, kechinmalari,rejalari 
manbai bo`lgan voqea-hodisalar, turli vaziyatlar, to`qnashuvlar Badiiy obraz .ning 
tashqi (ob’yektiv)tomoni. B. o. inson ehtiyojlariga mutanosiblikdaaks etadi, ya’ni, 
hayotni nafosatli qadriyat sifatida ifodalaydi. 
Bioetika — hozirgi zamon etikasining muhim yo‘nalishlaridan biri — inson 
hayotini eng oliy axloqiy qadriyat sifatida qaraydi. Shu b-n birga, inson hayotini 
saqlash muammosini yaxshilik va yomonlikni farqlashning muhim mezoni, deb 


hisob-laydi. Hoz. zamon fanida B. tirik mavjudotlar, shu b-n birga, insonga ham 
bo‘lgan munosabatlarning axloqiy regulyativi, deb qaraladi. 
Go‘zallik - narsa hodisalarning nafisligi va nafosatini ijtimoiy ma’naviy 
jihatdan baholovchi mezon, ijtimoiy ma’naviy hayotda biron bir narsa yoki kishiga 
xos xususiyatlarning shaklan va mazmunan uyg‘unligini anglatadigan, turli 
shakllarda namoyon bo‘ladigan va insonda yoqimli tuyg‘u, zavq, kuchli hayrat 
hissini hosil qiladigan tushuncha. 
Gumanizm - (lot. insonparvar) insonga muhabbat, uning qadr-qimmatini 
hurmat qilish, kishilar farovonligi va ularda yuksak ma’naviy sifatlarni 
rivojlantirish g‘oyalariga asoslanuvchi dunyoqarash. 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling