Glossariy Adolat
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
glossariy 585d742c178d45a675a11642fc3a2473
FORIG‘LANISH-KATARSIS - bu tushunchani mohiyatan diniy ma’noda
qo‘llagan edi. Arastu esa uni san’atga nisbatan ishlatadi. Forig‘lanish, Arastu talqiniga ko‘ra, san’at o‘z oldiga qo‘ygan maqsad, xususan, fojea (tragediya)ning maqsadi. U mohiyatan qo‘rquv yoki achinish tufayli inson qalbini salbiy hissiyotlardan forig‘lantiradi. Natijada inson, bir tomondan, taqdir ko‘rgiliklariga xotirjam qaray boshlasa, ikkinchi tomondan, baxtsizlik girdobiga tushganlarga o‘zida hamdardlik hissini tuyadi. Ya’ni, san’at insonni olijanob qilish, yaxshilash, go‘zallashtirish xususiyatiga ega. Kulgililik — insonning voqea va hodisalarga o‘ziga xos munosabatlaridan biri. Dunyoga kulguli nigoh b-n qarashdir. Bunday qarashni mavjud voqe-lik va uning beo‘xshov tomonlari tashkil etadi. Fojealilik — estetika kategoriyasi; hayotning chuqur ziddiyatlari va to‘qnashuvlari. Unda hayot va o‘lim, erkinlik va zarurat, aql va tuyg‘u, qonun va burch, shaxsiy va ijtimoiy tomonlar namoyon bo‘ladi. Estetika (yun. aisthetikos — xissiy idrok, sez-gi) -- 1) voqelikni hissiy- ta’sirchan, emotsional o‘zlashtirish; 2) estetik faoliyat qonuniyatlari to‘g‘risidagi fan Estetik did — voqea-hodisalarning estetik si-fatlarini idrok etish va baholash jarayonida oli-nadigan qoniqish yoki qoniqmaslik tuyg‘usi Estetik ong — olamni estetik anglash, dunyoga inson munosabatining sub’ektiv tomoni Estetik his-tuyg`ular — olamni estetik ang-lash asosida shakllangan xds- tuyg‘ular; ular umu-man inson ongining ajralmas tomoni bo‘lib, na-fosatli ong sohasida maxsus o‘rin tutadi. Ezgulik-insonga eng kuchli ma`naviy lazzat bagishlaydigan, uni ijtimoiy shaxsga aylantirib, xaqiqiy baxtga olib boruvchi fazilat Shaxsni komillikka, jamiyatni esa yuksak taraqqiyotga etkazuvchi yuksak qadriyat Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling