2. Yoyiq burchak. Varaqqa AB tog’ri chiziq chizing. Unda O nuqtani belgilang. Shunda to’g’ri chiziq umumiy O uchga ega bo’lgan ikkita nurga ajraladi. To’g’ri chiziq tekislikni ikkita qismga ajratadi. Shu qismlarning har biri yoyiq burchakdir (25-rasm).
3.To’g’ri burchak. To’g’ri burchak tushunchasi bilan oldindan tanishsiz.
Bir shakl ikkinchisiga qachon teng bo’ladi degan savolga javob beraylik.
Agar bir shaklni ikkinchisining ustiga ular o’zaro joylashadigan qilib qo’yish mumkin bo’lsa, bunday shakllar teng deyiladi.
Varaqni AO va OB nurlar ustma-ust tushadigan qilib buklang. So’ng varaqni oching. Buklash chizig’i yoyiq burchakni ikkita teng qismga ajratganini ko’rasiz. Bu qismlarning har biri to’g’ri burchakdir. Chizmada to’g’ri burchak, odatda, kvadratcha bilan ko’rsatiladi.
25-rasm 26-rasm
Yoyiq burchakning yarmiga teng bo’lgan burchak to’g’ri burchak deyiladi. (26-rasm)
AOC va BOC – to’g’ri burchaklar. Ular teng: varaqni OC chiziq bo’ylab buklasak, BOC va AOC ustma-ust tushadi.
Quyidagi tasvirlangan burchaklarning: 1) uchini; 2) tomonlarini ayting. Shu burchaklarni yozing va o’qing.
Ushbu rasmda tasvirlangan burchaklarni yozing. Qaysi nur bu burchaklar uchun umumiy tomon bo’ladi?
Uchburchakning uchta burchagi kesib tashlansa, nechta burchakli shakl hosil bo’lishi mumkin? Mos rasmlarni chizing.
Kvadratning 4ta burchagi kesib tashlansa, nechta burchakli shakl hosil bo’lishi mumkin? Mos rasmlarni chizing.
30, 45, 60, 90 gradusli burchaklarni transporter yordamida o’lchash.
Do'stlaringiz bilan baham: |