1. Yoyiq burchak. Burchak gradusi. 30, 45, 60, 90 gradusli burchaklarni transporter yordamida o‘lchash


Download 363.29 Kb.
bet4/4
Sana16.06.2023
Hajmi363.29 Kb.
#1515040
1   2   3   4
Bog'liq
3-ma`ruza

o’tkir burchak deb ataladi. Gradus o'lchovi 90° dan katta va 180° dan kichik bo'lgan burchakka o'tmas burchak deyiladi. 4.a-rasmda o’tkir, 4.b-rasmda esa o'tmas burchak tasvirlangan.
Transporter yordamida berilgan gradus o’lchoviga ega bo’lgan burchaklarni ham yasash mumkin.
Misol. Bir tomoni OA nurdan iborat bo'lgan 70° li burchak yasang.
Yechish. Yasash quyidagicha amalga oshiriladi:
1. Transporter asosidagi chizg'ichni berilgan OA nurga transporter markazi O nuqta bilan ustma-ust tushadigan qilib qo 'yamiz (5.a- rasm).
2. Transporter shkalasidagi 70° ga mos chiziqcha to'g'risida B nuqtani belgilaymiz.
3. OB nurni o'tkazamiz (5.b- rasm). Hosil bo'lgan AOB burchak 70° li bo'ladi.
Burchak gradus o'lchovining yana boshqa minut va sekund deb ataluvchi o'lchov birliklari ham bor. 1 gradus 60 minutdan, 1 minut esa 60 sekunddan iborat. Bu 1° = 60 ', 1' = 60" tarzida belgilanadi.
1) 1° nima? Burchaklarning asosiy o'lchov birligi nima?
2) Qanday burchaklar o'zaro teng deyiladi?
3) Qanday burchakka o'tkir burchak deyiladi? O'tish burchagi deb-chi?
4) Burchaklar qanday asbob yordamida o’lchanadi?
11°, 101°, 90°, 35°, 94°, 180°, 145° burchaklardan qaysilari:
1) o'tkir; 2) toʻgʻri; 3) o'tmas; 4) yoyiq?

12-rasmda tasvirlangan soatlarning soat va minut millari orasidagi burchaklarni belgilang. Eng katta burchak qaysi rasmda tasvirlangan? Eng kichik burchak qaysi rasmda tasvirlangan? Qaysi rasmlarda teng burchaklar tasvirlangan?





13- rasmda tasvirlangan burchaklarni belgilang va barchasini yozing.


13-rasm rasmda tasvirlangan burchaklar orasidan to'gri burchakni toping?



Download 363.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling