1. Yuksak ma’naviyat madaniyatning bir bo’lagi sifatida. Bo‘lajak o‘qituvchilar ma’naviyatini shakllantirish masalalari


Demak, bugungi kunda yosh avlodni yuksak ma’naviyatli shaxs sifatida shakllantirish ta’lim-tarbiya tizimida dolzarb vazifa sanaladi


Download 62.49 Kb.
bet2/5
Sana25.03.2023
Hajmi62.49 Kb.
#1295155
1   2   3   4   5
Bog'liq
8-mavzu

Demak, bugungi kunda yosh avlodni yuksak ma’naviyatli shaxs sifatida shakllantirish ta’lim-tarbiya tizimida dolzarb vazifa sanaladi.

Demak, bugungi kunda yosh avlodni yuksak ma’naviyatli shaxs sifatida shakllantirish ta’lim-tarbiya tizimida dolzarb vazifa sanaladi.

Ma’lumki, yuksak ma’naviyatli shaxs deganda ham aqliy, ham axloqiy, ham jismoniy kamol topgan, moddiy va ma’naviy hayot uyg‘unligini o‘zida mujassam etgan, mustahkam milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ulariga ega ma’naviy jasorat egasi tushuniladi. Bunday insonning ulg‘ayishi va kuch-qudrati manbaini- ma’naviyat tashkil etadi.

O‘zbekistonning birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlab o‘tganlaridek,- “Albatta, «ma’naviyat» tushunchasining ilmiy, falsafiy, adabiy yoki oddiy tilda ifodalanadigan ko‘plab ta’riflarini keltirish mumkin.”

1.«Ma’naviyat – inson axloqi va odobi, bilimlari, iste’dodi, qobiliyati, amaliy malakalari, vijdoni, iymoni, e’tiqodi, dunyoqarashi, mafkuraviy qarashlarining uzviy bog‘langan, jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta’sir etadigan mushtarak tizimdir» (E.YUsupov).

2. «Ma’naviyat shaxs va millatning «aqli, qalbi»ni ifoda etadigan, tarix taqozosiga binoan uning turli tomonlari namoyon bo‘ladigan, tabiat, jamiyat va insonning insoniylashuv darajasini bildiradigan ruhiy idrok, ziyrak qalb olamidir» (T.Mahmudov).

3. «Ma’naviyat ijtimoiy ongning nisbatan umumiy (umummilliy) ahamiyat kasb etgan, e’tiqod va qadriyatlar darajasiga ko‘tarilgan sobit ehtiroslari, tushunchalari, me’yorlari, ijtimoiy mo‘ljallari, amallaridir; ularning badiiy, ilmiy falsafiy, diniy merosda, urf-odatlarda ob’ektivlashgan tizimi hamda millatni muayyan maqsadlarga erishish uchun yo‘naltiradigan milliy iroda, milliy g‘urur va or-nomusdir. U jamiyatda qaror topgan va insonning asl mavjudligini ta’minlaydigan aqliy va hissiy, ruhiy va mafkuraviy muhitdir» ( A.Erkaev).

4.”Ma’naviyat – bu kishining egallagan foydali bilimlari amaliy hayotida sinalib, ko‘nikma va malaka darajasiga o‘tgan va qalbiga singib, hayot tarzida aks etadigan ijobiy ijtimoiy sifatlar majmuidir.(B.Ziyamuhammedov).


Download 62.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling