Demak, Ollohning o‘zi bizga buyurgan komil inson bo‘lish, halollik va adolat bilan hayot kechirish kabi olijanob fazilatlarning ma’no-mazmunini nafaqat chuqur anglash, balki ana shunday xususiyatlarga ega bo‘lish, ularga amal qilib yashash - odamzotning ma’naviy boyligini belgilab beradigan asosiy mezondir. Odamning ichki dunyosi va irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qilish ma’naviyatning yana bir muhim xususiyatidir: Vijdon pokligi va bedorligi asrlar, zamonlar osha inson ma’naviyatining tayanch ustunlaridan biri bo‘lib kelmoqda. Jamiyat hayotida adolat va haqiqat, mehr-shafqat, insofu diyonat kabi tushunchalarni qaror toptirishda aynan mana shu omilning o‘rni va ta’siri beqiyosdir. Vijdoni uyg‘oq odam yon-atrofida bo‘layotgan voqealarga, yordam va ko‘makka muhtoj insonlarning muammolariga, adolatning toptalishiga befarq qaray olmaydi. Ayniqsa, el-yurt manfaatiga zarar etkazadigan yovuz xatti-harakatlarga hech qachon chetdan jim qarab turolmaydi, o‘z yurti va xalqiga nisbatan xiyonat va sotqinlikni aslo qabul qilolmaydi. Bunday holatlarni ko‘rganda vijdoni qiynaladi, doimo yonib-kuyib yashaydi, qanday qilib bo‘lmasin, ularni bartaraf etishga intiladi, kerak bo‘lsa, bu yo‘lda hatto jonini ham fido qiladi. Adabiyotlar ro‘yxati Adabiyotlar ro‘yxati 1.Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat - engilmas kuch. –T.: Ma’naviyat nashriyoti, 2008 y. 2.Karimov I.A. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. T.1997 y. 3.Шавкат Миромонович Мирзиёев. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб xалкимиз билан бирга курамиз. T-2017 4.Mavlonova R.A., To‘raeva O.T., Holikberdiev K.M. Pedagogika, T., O‘qituvchi, 1999 5.Yo‘ldoshev J.G‘., Usmonov S. Ilg‘or pedagogik texnologiyalar. – T.: O‘qituvchi, 2004. 6.Tolipov O‘., Usmonboeva M. Pedagogik texnologiyalarning tadbiqiy asoslari – T.: 2006. – 260 b.
Do'stlaringiz bilan baham: |