1. Yuksak ma'naviyatli yoshlarni tarbiyalashda O'rta Osiyo allomalari fikrlari


Beruniy xalqlar o’rtasidagi do’stlikni va ilmiy hamkorlikni yuksak qadrlaydi. Uni


Download 279.14 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana03.12.2023
Hajmi279.14 Kb.
#1806401
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-4 rasm uchun

Beruniy xalqlar o’rtasidagi do’stlikni va ilmiy hamkorlikni yuksak qadrlaydi. Uni 
eng insoniy-axloqiy sifat deb maqtab, amalda o’zi ko’rsatgan. Bir necha yil 
Hindistonda yashagan 45 yoshli olim qadimgi hind-sanskrit tilini o’rganib, bu tilgan 
Evklidning “Elementlar”, Ptolomeyning “Almajistiy” asarlarini tarjima qildi va hind 
olimlarni yunon ilmi va falsafasi bilan tanishtirdi. O’zi esa hindlarning ilmi, 
adabiyoti, falsafasi va axloqini o’rgandi. 
Bu haqida Beruniyning o’zi shunday deb yozadi: “O’zimni ... ularning munajjimlari 
huzurida, ustoz huzurida turgan shogirddek ta’zim bilan tutar edim... So’ng hisob ilmining 
haqiqiy yo’llarini ularga ravshanlashtiradigan bo’ldim... ularning kattalari meni o’z tillari 
bilan “Daryo” deb maqtar edilar”. 
Beruniy fikricha, kishilar uchun dunyoda turli hollar bor. Bu maqtaluvchi – yaxshilik va 
qoralanuvchi – yomonlikdir. Maqtaluvchi yaxshi hollar bo’lib, ularning tayanchini poklik 
va tozalik deb ko’rsatdi. 
Beruniy o’z davrining eng ko’zga ko’ringan ilm-fan homiysi edi. U mamlakat ravnaqini 
fan, ma’rifat ravnaqida ko’rgan. Ilm-fan, ma’rifat sahovatli xizmatni o’tashi mumkin deb 
hisoblaydi. U shunday yozadi: “Mening butun fikru-yodim, qalbim – bilimlarni targ’ib 
qilishga qaratilgan, chunki men bilim orttirish lazzatidan bahramand bo’ldim. Buni men 
o’zim uchun katta baxt deb hisoblayman”. 
Insonning oliy fazilati boshqalar haqida, ayniqsa, kambag’allar haqida g’amxo’rlik 
qilishdan iboratdir. Beruniy doimo xalqlarning do’st, inoq, ittifoq bo’lib yashashi uchun 
kurashib keldi. U insonga, u yaratgan madaniyatga qirg’in keltiruvchi urushlarni qoraladi. 


Beruniy madaniy hamkorlik va ilm-ma’rifatning keng tarqalishiga katta e’tibor bergan 
allomadir. 
Jahon madaniyati va ma’rifatiga katta hissa qo’shgan, Sharq va Evropada “Shayx-ur-rais – 
olimlar boshlig’i” unvoniga ega bo’lgan alloma Abu Ali ibn Sinoning (980-1037) ilmiy 
merosi biz uchun bebaho xazinadir. U o’z umri davomida 450 dan ortiq asarlar yaratgan. 
Uning “Tib qonunlari” nomli 5 jilddan iborat kitobi asrlar davomida Sharq va Evropada 
medistina bo’yicha asosiy qo’llanma bo’lib xizmat qilib kelmoqda. 
Ibn Sino yoshligida zo’r mehnat, 
izlanish
, g’ayrat bilan ilmlarni o’rganishga kirishgan. U 
bu haqida shunday yozadi: “Uyquga ketgan vaqtimda ham o’ngimdagi masalalarni 
ko’rardim. Shu holatda ko’p masalalar tushumda menga ayon bo’lardi... shu zaylda 
hamma ilmlarni, mustahkam egallay oldim. Insonning imkoniyat darajasida egallaydigan 
darajada bilimni egallab oldim. Aristotelning “Metafizika”sini “qirq bir marta qayta 
o’qidim”. U menga hatto yod bo’lib ham qoldi. Lekin shunday bo’lishiga qaramay, men 
uni va uning maqsadlarini tushuna olmasdim”, - deb yozadi u tarjimai holida. Ibn Sino bu 
muammoni Farobiyning Aristotel “Metazifika”siga yozgan sharhini o’qib hal qiladi. 
Ibn Sino umrining ko’p qismini sarsonlikda o’tkazishga qaramay – matematika, 
astranomiya, fizika, kimyo, biologiya, farmakologiya, psixologiya, filologiya, falsafa va 
tabobat sohasida barakali ijod qilgan mutafakkirdir. Uning asarlaridan 100 tachasi 
bizgacha etib kelgan, xolos. Ular qatoriga o’rta asr ilmining barcha muhim sohalarini o’z 
ichiga olgan, xususan – mantiq, fizika, matematika, metafizikani to’liq qamrab olgan 
“Kitob ash-shifo”, 20 tomdan iborat “Kitob ul-insof”, “Donishnoma”, “Lison ut-tayr”, 
“Solomon va Ibsol”, “Hayy ibn Yaqzon” kabi asarlari kiradi. U o’zining falsafiy-axloqiy 
asarlarida hukmdorlarni qonunsizliklarga qarshi kurashishga, xalqning talablariga quloq 
solishga, adolat yuzasidan ish yuritishga chaqiradi. Adolatni inson xatti-harakatining eng 
yaxshi bezagi deb ko’rsatadi. 

Download 279.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling