1. Yurakning tuzilishi va joylashuvi. Yurak avtomatiyasi, o’tkazuvchi tizimi va vazifalari. Yurak sikli va uning asosiy ko’rsatkichlari
Download 0.73 Mb.
|
11. MA’RUZA. Yurak fiziologiyasi. Reja: 1. Yurakning tuzilishi va joylashuvi. 2. Yurak avtomatiyasi, o’tkazuvchi tizimi va vazifalari. 3. Yurak sikli va uning asosiy ko’rsatkichlari. 4. Yurak faoliyatini tekshirish usullari. 5. Yurak faoliyatining boshqarilishi. Yurak muskulli a’zo bo’lib, ko’krak qafasining ichida, kuks oralig’ining o’rta qismida, to’sh suyagining orqasida joylashgan. Uning 2/3 qismi chap, 1/3 qismi o’ng tomonida qiya holatda joylashgan bo’lib, uchi oldinga, pastga va chapga qaragan. Yurakning chegarasi yuqoridan ikkinchi qovurg’a oralig’ida, o’ngdan to’sh suyagining cheti, o’mrov osti chizig’idan 1 sm ichkarida, chapdan ko’krak bezidan 1 sm chetda, pastdan 5 qovurg’a oralig’ida bo’ladi. Tirik odamda yuraking kengligi 12-15 sm, uzunasi 14-16 sm, ayollarda o’rtacha vazni 250 g, erkaklarda 300 g. Yurak yassilashgan konus shaklida bo’lib, ko’pincha joylashuvi va shakli odamning yoshiga va konstitutsiyasiga, nafas harakat-lari va bajariladigan jimoniy harakatlariga bog’liq. Ma’lumki, eng keng tarqalgan konstitutsional sxemalardan odamlarni tana proportsiyalariga ko’ra braxiomorf, dolixomorf va mezomorf tiplarga ajratish amaliyotda keng qo’llaniladi. Braxiomorf tana tuzilishda yurak diafragma ustida yotib, gorizontal holatni egallaydi. Dolixomorf konstitutsiyali odamlarda yurak tomchi shakli-da bo’lib, tik holatni egallaydi. Mezomorf tana tuzilishda yurak qiya joylashadi. Yurakning kengaygan qismi asos deyilib, yuqorida joylashgan. Bu yerda eng yirik qon tomirlari joylashganligi sababli, yurak osig’lik holatda bo’ladi. Yurakning eng turtib chiqqan va chapga qaratilgan qismi yurak uchi deyiladi. Yurak perikard yoki yurak xaltasi deb ataladigan seroz parda bilan o’ralgan. Yurakda to’sh-qovurg’a, diafrag-mal va o’pka yuzalari farqlanadi Yurakning to’sh-qovurg’a yuzasi to’sh suyagining dastasi bilan III-IV qovurg’a tog’ay qismlarining orqa tomoniga to’g’ri keladi. Yurakning diafragmal yuzasi orqada va pastga qaragan bo’lib, diafragmaning paydan tuzilgan markaziga tegib turadi. Yurakning o’pka yuzalari ikki yonidan joylashgan va o’pkalar yuzasi tomon qaratilgan. Yurak to’rtta bo’limdan iborat, uning asos qismida, yuqorida ikkita yurak bo’lmachasi va ularning ostida ikkita qorinchasi tafovut qilinadi. Yurakning tashqi yuzasida bo’lmachalarni qorinchalar-dan ajratadigan tojsimon egat joylashgan. Qorinchalar esa bir-biridan oldingi va orqa qorinchalararo egatlar bilan ajratilgan. Tojsimon va qorinchalararo egatlarda yurakni oziqlantiruvchi qon tomirlari joylashgan. Yurakning o’ng bo’lmacha va o’ng qorinchadan faqat venoz qon, chap bo’lmacha va chap qorinchadan faqat arterial qon harakat qiladi. Yurakning chap va o’ng qismlari bir-biri bilan tutashmaydi va shu sabali arterial va venoz qon qo’shilmaydi. Yurakning o’ng bo’lmachasi kubsimon shaklda bo’lib, unga yuqoridan yuqorigi kovak vena, pastdan – pastki kovak vena quyiladi. Yurakning o’ng bo’lmachasiga yurak venalarining umumiy oqimi – yurakning tojsimon sinusi quyiladi. Yurakning o’ng quloqchasi yurak bo’lmachasining bo’rtib chiqqan bir qismi bo’lib, konus shakliga ega va bo’lmacha bo’shlig’iga qo’shilib, uning hajmini ancha oshiradi. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling