Yurak qon tomir tizimi


Download 116.72 Kb.
bet1/3
Sana23.06.2023
Hajmi116.72 Kb.
#1651549
  1   2   3
Bog'liq
YURAK QON TOMIR TIZIMI


YURAK QON TOMIR TIZIMI

Yurak qon -tomir tizimi homilalikda, shu tizimni murtakchasi paydo bo’lish paytidan, toki bola balog’atga yetguncha morfologik va fiziologik jixatdan muttasil o’zgarib boradi. Yurakning rivojlanishi homilalikning ikkinchi - uchinchi haftasidan, ikkita aloxida joylashgan yurak murtakchasining paydo bo’lgan vaqtidan boshlanadi.
Puls. Bolalikning hamma yoshida puls kattalarga nisbatan tez bo’ladi. Bu holat bolalarda modda almashinuvining jadal kechishi va ma’lum darajada vagus ta’sirining kech rivojlanib borishi bilan tushuntiriladi. Sog’lom bolalarda bir daqiqada puls tezligi o’rtacha quyidagicha: chaqaloqlarda 135-140 ta,1 yoshda 120-125 ta, 5 yoshda 98 - 100 ta,10 yoshda 78 -85 ta, 14 yoshda 72-78 ta.
Bolalarda yoshga qarab tomir urushining kamayib borishi parasimpatik nerv tizimsi tonusining oshishi va modda almashuv darajasining pasayib borishi bilan tushuntiriladi.
Arterial qon bosimi. Kichik yoshdagi bolalarda arterial qon bosimi nisbatan past bo’lib, bu yurak qon haydash kuchining kamligi, qon tomirlarning kengligi, hamda kengayishga moyilligi bilan tushuntiriladi. Bolaning yoshi kattalashgan sari arterial qon bosimi ko’tarilib, bunda sistolik (maksimal) qon bosimining, diastolik (minimal) qon bosimiga nisbatan jadalroq o’sib borishi kuzatiladi. Katta maktab yoshida arterial qon bosimining o’zgarishiga, endokrin tizimsining takomillashishi, ayniqsa buyrak usti bezi faoliyatini oshishi va mineralokortikoid, katexolaminlarning ko’p ishlab chiqarilishi bilan bog’liq bo’ladi.
Bolalarda me’yordagi arterial kon bosimi turli mualliflarning kursatgichlariga karaganda uzaro katta farklanadi. Yangi tugilgan bolalarda maksimal kon bosimi 66-76 mm, minimal kon bosimi 34-36 mm simob ustuniga tengdir. Bir yoshgacha maksimal kon bosim darajasi xar oyda urtacha 1 mm simob ustuniga kupayadi.
Bir yoshdan katta bulgan bolalarga V.I.Molchanov (1970) bo’yincha arterial qon bosimi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
X = 80 + 2p
Bunda X-maksimal qon bosimi
80-bir yoshdagi bolaning maksimal qon bosimining o’rtacha ko’rsatkichi p- bolaning yoshi
Minimal qon bosimi maksimal qon bosimining 1/2 - 2/3 qismini tashkil qiladi.


Kattalarda qon aylanish tizimi.

Download 116.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling